Agar mendan sizni nima qiynaydi?


Download 24.47 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi24.47 Kb.
#250409
Bog'liq
KIRISH


KIRISH
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb so‘rasangiz, farzandlarimizning ta’lim va tarbiyasi deb javob beraman.

Shavkat Mirziyoyev
Keyingi yillarda respublikamizning oliy ta’lim muassasalarida “qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash”, “gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash”, “melioratsiya va suv xo‘jaligi”, “gidrotexnika inshootlaridan foydalanish” hamda qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha 8 ming nafardan ortiq muhandis-texnik kadrlar tayyorlandi.

Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash tizimini o‘rganish va tahlillar kadrlar tayyorlashga real ehtiyojni aniqlash, o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liqligini kuchaytirish, ilmiy-metodik bazani ishlab chiqishda oliy ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘qituvchilar tarkibi malakasini oshirish masalalarida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, tarmoq korxonalari va ixtisoslashgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud emasligini ko‘rsatmoqda, bu esa kadrlar tayyorlash, ayniqsa qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida kadrlar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun muhandis-texnik kadrlar tayyorlash sifatini tubdan oshirish, ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va ilmiy-texnik salohiyatini yanada mustahkamlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy-pedagog kadrlar va mutaxassislarning tizimli ravishda malakasini oshirish hamda qayta tayyorlashni tashkil etish maqsadida:

1. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari , quyidagilar

agrar sohasida zamonaviy qishloq xo‘jaligi va meliorativ texnikasi, mashina va mexanizmlari, suv tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash va joriy etish bo‘yicha strategik vazifalarni samarali echishga qodir, qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali, talab yuqori bo‘lgan muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash;

ilg‘or xalqaro tajribani va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va modernizatsiya qilishning strategik vazifalarini hisobga olgan holda, qishloq va suv xo‘jaligi sohasining muhandis-texnik yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari, ilmiy-metodik adabiyotlarini ishlab chiqish;

zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etish hisobiga yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga oid ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlar va ishlanmalarni olib borish, talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va bitiruvchilarni ishga joylashtirishda tarmoq korxonalari bilan hamkorlik qilish va ko’plab vazifalarni oldimizga aniq belgilab o’tadi.

Shuni ta’kidlash zarurki men tanlagan mavzu Daraxt va shox-shabalarni kesuvchi buta kesgich mashinalarni loyihasini tuzish mavzuning bugungi kun uchun dolzarblik darajasi o’rtacha ekanligni ko’rsatadi. Birok irrigatsiya tarmoqlaridagi suvning ortiqcha sarfi va tezligni, tarmoq eko sistemasining yomonlashishi va bir qator noqulayliklarni tug’dirishi bilan tobora Daraxt va shox-shabalarni kesuvchi buta kesgich mashinalarni bo’lgan talabni dolzarblik darajasiga ko’tarilib kelayotganini ko’rsatadi. Shu masalani o’z vaqtida va tizimli hal qilish bir qaor noqulayliklar va ko’ngilsizliklarni oldini oladi.









Download 24.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling