Agar tekis harakat qilib 18 km masofani 0,5 soatda o’tkanligi ma’lum bo’lsa uning tezligi qancha(m/s)


Download 37.67 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi37.67 Kb.
#1221272
Bog'liq
1-kurs 1-v


1-variant



Agar tekis harakat qilib 18 km masofani 0,5 soatda o’tkanligi ma’lum bo’lsa uning tezligi qancha(m/s)
A) 72 B) 10 C) 36 D) 20


Shar yerdan 200 m balandlikka ko’tarilishi bilan birga shamol uni g’arbga tomon 150 m eltib yubordi. Shar o’tgan yo’lning ko’chishiga nisbatini toping.
A) 25/30 B) 15/21 C) 60/45 D) 14/10


Harakatlanayotgan poezd tormozlanib to’xtaguncha 200 m masofa bosib o’tdi. Agar tormozlanish 20 s davom etgan bo’lsa poezdning tormozlanish boshidagi tezligi topilsin.
A)10 m/s B)15 m/s C)25 m/s D)20 m/s


Daryo bo’yida joylashgan ikki shahar orasidagi masofa 60 km ga teng. Karter oqim bo’yicha harakatlanganda shu masofani 2 soatda, oqimga qarshi esa 6 soatda bosib o’tadi. Karterning turg’un suvdagi tezligini toping(km/soat).
A) 18 B) 20 C) 16 D) 19


Ikki parallel yo’ldan uzunligi 360 m, tezligi 54 km/soat bo’lgan yuk poyezdi va uzunligi 140m, tezligi 90 km/soat bo’lgan passajir poyezdi bir tomonga harakatlanmoqda. Qancha vaqt davomida ikinchi poyezd birinchi poyezdni quvib o’tadi(s)?
A) 10 B) 12 C) 50 D) 22


Velosipedchi va yo’lovchi bir nuqtadan bir tomonga harakat boshlaganda, 1 minutdan so’ng ular orasidagi masofa 240 m ni tashkil qildi. Qarama – qarshi tomonga harakat boshlaganlarida 2 minutdan keyin ular orasidagi masofa 720 m ga teng bo’ldi Yo’lovchining tezligi velosipedchinikidan necha marta kichik?
A)8 B) 5 C) 4 D) 3,5


Daryoning kengligi 330 m. Qayiq oqimga tik yo’nalishda 1,5 m/s tezlik bilan suzmoqda. Oqimning qirg’oqqa nisbatan tezligi 0,8 m/s. Qayiq daryoning narigi sohiliga qancha vaqtda o’tadi? Oqim qayiqni quyi tomon qanday masofaga eltadi?
A) t=3 min 20 sek, S=172 m
B) t=3 min 40 sek, S=176 m
C) t=2 min, S=176 m
D) t=2,5 min, S=220 m




Jism bir vaqtda o’zaro 120° burchak xosil qilib yonalgan ikki tekis harakatda qatnashdi. Ikkala harakat tezliklari 3 m/s ga teng. Natijalovchi harakat tezligini toping.
A) 3 B) 6 C) 1,5 D) 3


Agar avtomobil g’ildiragining eng yuqori nuqtasining yerga nisbatan tezligi 72 km/soat bo’lsa, avtomobil tezligini toping(m/s).
A) 72 B) 10 C) 36 D) 20


Jism yo’lning birinchi yarmini o’zgarmas 9 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarmini ikki marta kichik tezlik bilan bosib o’tdi. Uning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping(m/s).
A) 2 B) 4 C) 6 D) 8


Motosiklchi birinchi ikki soatda 90 km yo’l bosdi. Qolgan uch soatda 50 km/soat tezlik bilan yurdi. Uning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping(km/soat).
A) 35 B) 48 C) 57 D) 70


Yo’lovchi 3 km/soat tezlik bilan harakatlanib, vaqtning uchdan ikki qismini sarfladi. Qolgan vaqtda 6 km/soat tezlik bilan harakatlandi. Yo’lovchining o’rtacha tezligini toping(km/soat).
A) 5 B) 4 C) 6 D) 4,5


Ikki jismning harakat tenglamalari x1=2t2-10-3t va x2=-10+3t. Bu jismlar qancha vaqtdan keyin uchrashadilar?
A) 2 s B) 3 s C) 4 s D) 5 s


Moddiy nuqtaning harakat tenglamasi
ko’rinishiga ega. Bu nuqta tezligining X o’qqa proyeksiyasi vaqtga qanday bog’langan?
A) -4+3t B) -4+6t C) 4-6t D) 10-4t


Jismning tezlik-vaqt grafigi berilgan. Jismning o’rtacha tezligini toping.

A) 15 m/s B) 5 m/s C) 12 m/s D) 24 m/s


R asmda shtrixlab ko’rsatilgan yuza nimani ifodalaydi?

A) A va B jismlar orasidagi masofa


B) A va B jismlar tezliklari farqi
C) A jismning o’tgan masofasi
D) B jismning o’tgan masofasi




Yuqoriga tik otilgan va yerga qaytib tushgan jismning harakat grafigini ko’rsating.




Agar jismning harakat tenglamasi X=4t(3+2t) bo’lsa, uning boshlang’ich tezligini toping.
A) 8 m/s B) 16 m/s C) 12 m/s D) 4 m/s


Rasmda ko’rsatilgan 1-mashina 2-mashinaga urilib ketmasligi uchun 2 mashina qanday eng minimal tezlanish bilan harakatlanishi kerak?

A) 2 m/s2 B) 4 m/s2 C)0,5 m/s2 D)1 m/s2


Agar avtomobil tekis tezlanuvchan harakat boshlab, 5 s da 25 m yo’l o’tgan bo’lsa, u 100 m masofani qancha vaqtda bosib o’tadi(s)?
A) 20 B) 10 C) 7 D) 15


Jism tekis tezlanuvchan harakat qilib, 5- sekundda 18 m yo’l bosdi. Uning 10 s da bosib o’tgan yo’lini toping(m).
A) 100 B) 150 C) 125 D) 200


Erkin tushayotgan jism oxirgi sekundda 45 m yo’l o’tgan bo’lsa, jismning butun harakati davomidagi o’rtacha tezligini toping.
A) 20 m/s B) 25 m/s C) 26 m/ D) 30 m/s


Jism 40 m/s tezlik bilan vertical yuqoriga otildi. U 5 s davomida necha metr yo’l o’tadi?
A) 85 B) 80 C) 75 D) 100


Jism 125 m balandlikdan erkin tushmoqda. Harakat boshidan 3 s o’tgach jism yerdan qanday balandlikda bo’ladi?
A) 45 m B) 20 m C) 80 m D) 30 m


Ikki jism biri 20 m balandlikdan, ikkinchisi esa 5 m balandlikdan mos ravishda 10 m/s va 20 m/s tezliklar bilan otildi. Ularning gorizontal yo‘nalishda bosib o‘tgan yo‘llari x1 va x2 ga teng. (g=10 m/s2)
A) 0,25 B) 0,5 C) 1 D) 2


Gorizontal otilgan jismning tezlik vektori gorizont bilan hosil qilgan burchagining tangensi 4 s dan keyin 2 ga teng bo’lgan bo’lsa, uning otilish tezligini toping. (g=10 m/s2)
A) 30 m/s B) 25 m/s C) 20 m/s D) 15 m/s


Gorizontal otilgan jismning uchish uzoqligi va tushish balandligi teng bo’lib, 2 s da yerga tushsa, u qanday tezlik bilan otilgan(m/s)? g=10 m/s²
A) 16 B) 12 C) 14 D) 10


Agar jismning parvozi mobaynidagi minimum tezligi 15 m/s, otilish tezligi esa 30 m/s bo’lsa, otilish burchagini toping. (g=10 m/s2)
A) 450 B) 300 C) 600 D) arccos 0,96


Gorizontga burchak ostida 20 m/s tezlik bilan otilgan jismning uchish davomidagi minimal tezligi 10 m/s bo’lsa, u qanday balandlikkacha ko’tarilgan? g=10m/s².
A) 5 B) 15 C) 20 D) 10


Gorizontga burchak ostida otilgan jism 8 s uchganligi malum bo’lsa uning maksimal ko’tarilish balandligini toping?
A) 10 B) 20 C) 40 D) 80




Download 37.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling