Agrar bozorni boshqarish va tartibga solish mexanizmi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Download 31.6 Kb.
|
Agrar bozorni boshqarish va tartibga solish mexanizmi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh., 2019-yil 23-oktabr, PF-5853-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoniga 1-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan STRATEGIYASI 1-bob. Umumiy qoidalar O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini istiqbolda barqaror rivojlantirish sohada davlat siyosatini yangicha yondoshuvlar asosida yuritishni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ushbu vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Mazkur Strategiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishda davlat siyosatini tubdan takomillashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi: aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash; qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish; soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash; davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish; qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish; qishloq hududlarini rivojlantirish; tarmoq statistikasining shaffof tizimini ishlab chiqish. Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi mazkur Strategiyaning 1- va 2-ilovalarida belgilangan asosiy ko‘rsatkichlar va indikatorlarga erishishga asoslanadi. Strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlari bo‘yicha har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilga mo‘ljallangan dastur ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Download 31.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling