Agrar munosabatlar va agro biznyes


Download 7.3 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi7.3 Kb.
#1627143
Bog'liq
Agrar munosabatlar va agro biznyes

Agrar munosabatlar va agro biznyes

Reja:

  • Reja:
  • 1. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari.
  • 2. Renta munosabatlari
  • 3. Agrosanoat integratsiyasi va uning asosiy ko’rinishlari

Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni.

  • Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni.
  • Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning xususiyatlari
  • Ma‘lumki, agrar sohadagi ishlab chiqarish ko’pincha yer bilan bog’liq bo’ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish hamda o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi.
  • Qishloq xo’jaligidagi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, bu yerda iqtisodiy qonunlar bilan tabiiy qonunlar bevosita bog’lanib ketadi, chunki agrar sohadagi ishlab chiqarish tirik mavjudotlar – yer, o’simlik, chorva mollari bilan bevosita bog’liqdir. Bu yerda yer - mehnat ashyosi (predmeti) va asosiy ishlab chiqarish vositasi, xo’jalik yuritish ob‘ekti bo’lib, u eskirmaydi, yeyilmaydi, unga munosabat yaxshi bo’lsa, uning unumdorligi yaxshi bo’ladi.
  • Uzoq yillar davomida tabiiy o’zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o’simlik “oziqlanishi” mumkin bo’lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi.
  • Agrar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta‘siri natijasida, ya‘ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun‘iy yo’l bilan (masalan, yerni organik va kimyoviy o’g’itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug’orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda shu kabi yo’llar bilan) amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi.

Renta munosabatlari

  • Renta munosabatlari
  • Yer rentasi - yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirish (realizatsiya qilish)ning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko’rinishlari mavjud. Masalan, uch shaklida bo’lgan barshina (ishlab berish), obrok berish (natura soliq) va pul solig’i shakllaridan feodal rentalaridan iboratdir. Hozirgi vaqtda renta quyidagi turlarga bo’lingandir:
  • 1. Absolyut yer rentasi;
  • 2. Differentsial (tabaqalashgan) renta I va II;
  • 3. Monopol renta;
  • 4. Qazilma boyliklar rentasi;
  • 5. Qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan renta.
  • Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik - tadbirkorlar o’rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo’shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo’jalik yuritish uchun yaroqli bo’lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo’lmasligida o’z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi – yerga boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob‘ekti yoki xo’jalik yuritish ob‘ekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko’p mamlakatlarda qishloq xo’jaligidagi kapital uzviy (organik) tuzilishi, ya‘ni doimiy va o’zgaruvchi kapital o’rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi.
  • Differentsial renta II xo’jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya‘ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g’itlarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog’liq holda vujudga keladi. Keltirilgan misolda yerga qo’shimcha 5ming so’m xarajat sarf qilish natijasida qo’shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo’shimcha olingan 10 ming so’m daromad differentsial renta II ni tashkil etadi.
  • Intensiv rivojlantirishni amalga oshirish qishloq xo’jaligi taraqqiyotida bosh yo’l hisoblanadi. Buni amalga oshirmasdan kengaytirrilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a‘zolarining o’sib borayotgan talabini qondirib bo’lmaydi. Buning uchun qishloq xo’jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo’uish. Intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim. Hozirgi vaqtda qishloq ho’jaligi sanoat asosida intensiv rivojlantirilmoqda
  • Agrobiznesning asosiy shakli va bo’g’ini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. chunki bu xo’jaliklar bevosita qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Fermer va dehqon xo’jaliklar o’z yerida yoki ijaraga olingan yerd ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a‘zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanishlari ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishni yuqori samaradorligini ta‘minlaydi va ular bozor kon‘yuktura (holati)siga tez moslashaoladilar. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas‘uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida zarar ko’rib ishlash natijasida og’ir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylntirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan hozirgi uyushgan va mulkka ega bo’lgan fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlantirilmoqda. Fermer xo’jaliklarining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat yerida faoliyat ko’rsatadi.

E’tiboringiz uchun tashakkur!!!.


Download 7.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling