Agregatlarni ishlatishda energiya va yoqilg’i sarfi. Reja: Agregatlarning soatli ish unumi va unga ta’sir qiluvchi omillar


MASHINA TRAKTOR PARKINI REJALASHTIRISH


Download 71.05 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi71.05 Kb.
#1531498
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maruza № 15

MASHINA TRAKTOR PARKINI REJALASHTIRISH
Qishloq xo’jalik maxsulotlarini ko’plab ishlab chiqarish va mehnat unumdorligini oshirish, qishloq xo’jaligining material texnika bazasining yanada mustaxkamlanishiga, kompleks mexanizatsiyalashtirish xar qaysi tabiiy iqtisodiy zona sharoitlariga javob beradigan texnik – iqtisodiy ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan mashinalar tizimining joriy qilinishiga bog’liq. O’zbekiston paxtachilik fermer xo’jaliklarida MTPning tarkibi son jixatdan ishlab chikarishni kopleks mexanizatsiyalashtirish masalalarini xali to’la qoniqtirmaydi.
SHuning uchun xozirgi vaqtda eng muxim masala qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirish umumiy kompleksida orqada qolgan protsesslarni (g’o’zani o’sish davrida sug’orish, begona o’tlarini yo’qotish, paxtani yerdan terib olish, hosil qoldiqlarini yig’ib – terib olish) va boshqalar. Mexanizatsiyalashtirish, barcha ishlab chiqarish protsesslarini potok usulda bajarilishi ta’minlashdan iborat. Xo’jalikning texnikaga bo’lgan xaqiqiy extiyojini aniqlash kapital mablag’lardan oqilona foydalanishga va sanoatda ishlab chiqarilishi lozim bo’lgan eng zarur mashinalar soni, sifati va vazifasini aniqlashga imkon beradi.
Mexanizatsiyalashtirilgan ishlarning yillik rejasi, mashina traktor parki tarkibini va uning nagruzkasini aniqlashda quyidagilar boshlang’ich ma’lumot hisoblanadi: rejalashtiriladigan va keyingi yillardagi ekin maydonlarining strukturasi (almashlab ekish sxemasi bilan berilsa yaxshi bo’ladi); qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiya-lashtirishda ishlatiladigan mashinalar tizimi va xo’jalimkning mashina traktor parki xaqidagi ma’lumotlar; fermer xo’jalik (agrofirma) ning tabiiy ishlab – chiqarish sharoitlari xarakteristikasi: rejalashtirilgan qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish va yig’ib terib – olish texnologik xarakatlari, shuningdek almashlab ekish maydonlaridan tashqari (yaylovlar, bog’lar, polizlar va boshqalar) bajariladigan ishlar ro’yxati: qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini va uni tashkil etish me’yorlari, mexanizatsiyalashtirilgan dala ishlari shuningdek ilmiy tekshirish muassasalarining. Paxtachilik xo’jaliklaridagi mashina traktor parkining tarkibini aniqlashda va uning ishini rejalashtirishda paxta va boshqa yo’nalishdagi ekinlar (beda, makkajo’xori va boshqalar) ishlab chiqarish texnologik xaritalari asosiy xujjat bo’ladi. Barcha qishloq xo’jalik ishlarini bajarish uchun zarur bo’lgan mashina traktor agregatlar soni quyidagi formula yordamida aniqlanadi.



bu yerda: Wm – mexanizatsiyalashtirilgan ishlar xajmi, shartli etalon.ga; Wism – agregatning smenada bajaradigan ish me’yori, shartli etalon. ga/smena; Da – ko’rib chiqilayotgan ishni bajarish agrotexnika muddati, uchun. Ksmsmenalilik koeffitsiyenti, smena/kun.

Traktor va qishloq xo’jalik mashinalarini turli ekinlar bo’yicha bajariladigan ishlar bilan band bo’lishini kelishib olish va xo’jalikni texnikaga bo’lgan extiyojini aniqlash uchun traktorlarga nagruzka berish grafigi ko’riladi.


Texnologik xaritalar asosida mashinadan foydalanish grafiklari tuziladi. Abtsissa o’qida ishning kalendar muddatlari ordinata o’qida traktor va mashinalarning kerakli miqdori belgilanadi. Grafiklardan raqamli ko’rsatkichlar kasrlar bilan ifodalangan: suratda texnologik operatsiyaning tartib nomeri, maxrajda mashinalarning kerakli miqdori ko’rsatiladi.
Mashinadan foydalanish grafigida traktorda bajariladigan o’rtacha ish xajini (moto-soat yoki sarflangan 1 kg yonilg’i xisobiga) o’sib boruvchi yakun bilan ko’rsatadigan integral egri chiziqlar ko’rish tavsiya etamiz. Grafik integral egri chiziq bir traktorga ma’lum vaqt ichida o’rtacha xisobda to’g’ri keladigan shartli.etalon. ga xisobida ifodalangan ish xajmlari asosida ko’riladi. Grafikda ish xajmlari ma’lum masshtabda o’sib boruvchi yakun tariqasida belgilanadi.
Integral egri chiziqning xarakteriga qarab traktorni bajaradigan ishlarning qaysi mavsumda qizg’in bo’lishini aniqlash mumkin. Egri chiziqning gorizontal uchastkalari yilning bu davrida ish yo’qligini ko’rsatadi.
Kerakli traktorlar sonini aniqlash uchun grafikni zichlash yo’li bilan erishamiz. Zichlanish mazmuni quyidagilardan iborat:

Qayta ishlangan mashinalardan foydalanish grafigiga asoslanib xo’jalikning ro’yxatdagi tratorlar soni aniqlanadi.

Bunda: Mker – mashinalardan foydalanish grafigidan olingan traktorlar soni: ,t,t – parkning texnik tayyorgarlik koeffitsiyenti.
Qolgan traktorlarni xammasini yuqoridagiday aniqlanadi. Pluglarga bo’lgan extiyoj xo’jalikdagi chopiq traktorlari soniga qarab bitta traktorga bitta plug aniqlanadi. Boshqa tirkalma va o’rnatma mashinalarga bo’lgan extiyoj traktorlar nagruzkasi grafigi bo’yicha aniqlanadi.
Paxta terish mashinalari parki paxta ochilish muddatlari to’g’ri keladigan qizg’in davrda vujudga keladigan maksimal yig’im-terim ishlar xajmi va paxta terish mashinalariga qizg’in davrda yig’iladigan ekinlar nagruzka me’yori bo’yicha xisoblab topiladi.
Paxta terish mashinalariga bo’lgan extiyoj tabaqalangan iqtisodiy jixatdan asoslangan bo’lishi va paxta xosildorligi, ish uchastkalarining o’lcham hamda boshqa faktlarga asoslanib aniqlash kerak.

Download 71.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling