Agressiya va zo'ravonlikning


Download 1.05 Mb.
Sana26.01.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1124649
Bog'liq
Agressiya va zõravonlik


Agressiya va zo'ravonlikning
Agressiya va zo’ravonlik o`zaro boglik tushunchalar bo`lib, inson kayfiyatida agressiv xolatlarning o`sib borishi va tuplanishi oqibati sifatida zo’ravonlikka olib kelishi mumkin. Lotin tilida agressiya “ xujum qilish” ma’nosini anglatadi. Agressiya inson xarakterida tug`ma va tabiiy bir element sifatida, xuddi shuningdek, agressiyadan asli uzoq odamning favqulodda vaziyatda o`z emotsiyalarini tuta bilmasligi, ularni nazorat qila olmasligi oqibatida vujudga kelishi mumkin.Konfliktli vaziyatlarda ko`pchilik o`z instinktlari va xissiyotlari asosida o`zini tutishga o`rganib kolgan. Bunday xolni ko`pchilikkabo`l qiladi va aynan mana shu yul tugri deb biladi. Shu bois, konfliktli vaziyatda zo’ravonlik ishlatilsa, birovning xayotigataxdid solinsa, jismoniy kuch ishlatish kullanilsa, ko`pchilik, ziddiyat mavjud ekanligini xisobga olgan xolda, bu vaziyatlarda “kechirimli bo`lish" lozimligini, bunday xolatning kelib chiqqanligini anglash mumkinligini ta’kidlashadi. Ammo, xar qanday vaziyatda xam birovning xayoti, uning sogligiga zo’ravonlik o`tkazib bo`lmasligini unutishadi.
Zo’ravonlik aslida inson xarakterining qusuri, uning kamchiligi xisoblanadi. Odam o`z xissiyotlari ustidan nazorat o`tkaza olmasligi, yoki o`zini tiya bilmasligi uning zo’ravonlikka ruju kuyishiga asos bo`lib xizmat qiladi. Zo’ravonlik insonning kuchli ekanligini emas, balki aksincha uning kuchsiz va irodasiz ekanligini kursatadi. Shu bois, o`qituvchi o`z o`quvchilariga zo’ravonlik o`tkazganda, bunday zo’ravonlik irodasizlik belgisi sifatida baxolanishi tabiiydir.
Zo’ravonlik kullanilganda konfliktning yaratuvchanlik xususiyati emas, balki vayron etish xususiyati faol bo`ladi. Konfliktning vayron etish xususiyati esa insonni stress, depressiya, uzgalardan o`zini olib kochish, xayotdan bezish, o`z kuchiga xaddan tashkari ishonch, boshqa tarafdan o`z kuchiga ishonmaslik, doimiy jaxldorlik, jizzaqilik, tajanglik, besabrlilik, besaromjonlik kabi xolatlarga olib keladi.
Zo’ravonlik ishlatgan insonlar ko`pchilik xollarda ma’naviy jixatdan tula shakllanib bo`lmagan, ma’lum “kompleks"larga ega bo`lgan, ma’naviy majrux odamlardir. Ular aslida uzlarini juda past baxolashadi, ular uzlarining “ nosoglom” ekanliklarini intuitiv tarzda anglashadi, shu bois bu xususiyatlarning mavjud ekanligini kursatmaslik, oshkora etmaslik, birovlar mazkur “past” baxolanishni bilib kolmasmasligi va sezmasligi uchun, tashki kurinishda va muomalada, z^favonlik yulini, agressiv usulni, jaxl va taxdidga asoslangan “o`zini tutish” yunalishini tanlashadi. Ular aynan zo’ravonlik orkali uzlarining kuchlarini kursatmokchi bo`ladilar, ammo ruxan bunday odamlar ruxiy majrux va psixologiyasi murt odamlardir.
Pedagogika va psixologiya bilan oz-moz tanish bo`lganlar darrov mana shu agressiya ortida insonning uziga ishonchi mavjud emasligini bilib olishadi. Demak, o`zini zo`ravon va jaxldor qilib tutayotgan odamlar aslida uzlari xarakterida mavjud bo`lgan “uziga ishonmaslik" ni yashirishga xarakat qilayotgan odamlardir. Ular bu narsalarni tan olmasligi, yoki anglamasligi xam mumkin. "Men “zur’man, shuning uchun xamma narsani qilaveraman", degan akidaga ishonishi xam mumkin. Ammo zo’ravonlik xarakatlari ortida turgan barcha maqsadlar, aslida, insonning ma’naviy bushligi, yetuk emasligi, tulakonli ma’naviy shakllanmaganligi, uning o`z emotsional xolatini va o`z xarakatlarini nazorat qila olmasligi, irodasiz va bushligining yorkin natijasi va namoyishi xisoblanadi
Zo`ravonlik va konfliktologiya soxalari o`zaro boglangan masalalardan xisoblanadi. Aslini olganda konfliktologiyaning mustaqil fan soxasi sifatidagi shakllanishi va rivojlanib kelayotganligiga ko`p bo`lganicha yuk. Shu bois inson xarakteri va amallariga xos bo`lgan zo’ravonlik xam yangi urganilayotgan va tan olinayotgan soxalardan xisoblanadi.
Ko`pchilik xollarda konfliktni tushunish uchun mavjud zo’ravonlik sabablarini anglash lozim bo`ladi. Chunki xayotda oilaviy zo’ravonlik ko`prok uchrab turadi(5-ilova). Zo’ravonlik nima oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilgan odam uni yengillik bilan, uylamay kullamaydi. Zo’ravonlikdan voz kechish - konfliktda ijobiy natijaga asos bo`ladi. Eng muximi, zo’ravonlik -zidsiyatning yechimi bo`la olmasligi, zo’ravonlik zidsiyat xamda muammoni xal etmasligini anglash darkor. Xar qanday kuchli konflikt xam, tomonlarning juda qattik o`zaro to`qnashuvi xam zo’ravonlikni ishlatish va kullash uchun asos bo`la olmaydi. Shu bois, kattik to`qnashuv, ya’ni ziddiyat zo’ravonlikka olib keladi, deb uylash xato va notugridir.
Ba’zi insonlar tug`ilishidanok o`zining xarakterida agressiyaga moyillikni namoyon eta boshlaydi. Birok bunday insonlar xam bolaligidanok ma’naviy, pedagogik-psixologik nuktai nazardan yaxshi va tugri tarbiya qilinsalar, ular uzlarini agressiyani cheklash xamda birovlarga taxdid solmaslik darajasida ushlab turishga erishadilar. Ma’naviy yetuklik — zo’ravonlikka qarshi karatilgan va uni yenga oladigan yul xisoblanadi.
Tabiiy agressiyaga moyillik o`zini turlicha namoyon qiladi. Masalan, qariyalarning xayotdan charchashi oqibatida yaqinlari, karindoshlariga nisbatan
bo`lgan agressiyasi, tajribasiz yosh o`qituvchi o`quvchilariga avtoritar uslubda yondashgan xolda, xar doim o`z topqirliklarini majburiy bajarishga va buyrug`ona fikrlarini o`quvchilarga singdirishga xarakat qilishi va er o`z xotinini vaqti-vaqti bilan urib turishni uni “tarbiyalash" usuli sifatida baxolashi va o`z “ falsafasi'ga ishonishi, rashk oqibatidagi agressiya(5-ilova), 14-15 yoshli ugil bolalarning kuchama-kucha jang uyushtirishlari, tapaba-yoshlar urtasida bir-birini kura olmaslik oqibatida - bo`lar turli agressiya kurinishlaridir. Mana shu xamma xolatlarda o`zini oshkora qilayotgan bosh xususiyatlardan biri o`z fikri va karashlarini zo’ravonlik oqibatida boshqalarga tushuntirish, o`zini kursatish, o`z manfaatalarini singdirishga sayi-xarakat xisoblanadi. Demak, zo’ravonlik o`z manfaatlarini kuch va tazyik orkali uzgalarga o`tkazishga urinishdnr. YA’ni, ba’zi odamlar o`z fikrini boshqalarga singdirishning zo’ravonlik va agressiyadan boshqa usullarini bilmaydilar va qo`llay olmaydilar xam. Shuninguchun ular uchun o`z manfaatlarini muxofaza qilish - zo’ravonlik yuli bilan amalga oshiriladi.
Tabiatan agressiv odam — xayotda doimiy va abadiy konfliktogen xisoblanadi. Konfliktogen odam o`z kayfiyati, xis tuyg`ularini jilovlashni umuman bilmaydi, shu bois o`z muammolarini uzgalar xisobiga yechib, o`z agressiyasini tarkatish, boshqalarga berish orkali bu xolatdan chikishga urinadi. Bunday odam odatda “vampir” deb ataladi. "Vampir”lar boshqa odamlarning emotsiyalarini, xis-tuyg`ularini yeyish, ularni boshqarish va uziga ogdirish xisobiga kun kuradi. Ular boshqalarga kattik emotsional taxdid solish va ularni azoblash xisobiga o`z agressiyalaridan ozod bo`ladilar. Shu bois, agressiv odam o`z atrofidagilarga juda ko`p kulfatlar olib keladi.
Agressiv kayfiyat batamom yomonmi yoki uning foydali tomonlari xam mavjudmi?! Ma’lum darajadagi ijobiy agressiya, biror-bir maqsadga yetish, o`zini muxofaza qilish, biror bir narsani amalga oshirishdagi kat’iylik — zaruriy xolat xisoblanadi. Kdsd qilmasdan turib biror-bir maqsadga erishib bo`lmaydi. YA’ni, ma’lum bir darajada kat’iylik insonga zarur bo`lgan xislatlardan xisoblanadi. Umuman agressiv bo`la olmaydigan odam xaraktersizlikda, landovurlikda, bushlik, kat’iyatsizlik, o`zini muxofaza qila olmaslikda ayblanadi.
Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling