Agro Inform N2 [4] 2022 80
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
zamonaviy-materialshunoslikning-istiqbollari-va-uning-qishloq-xo-jaligidagi-ahamiyati
N2 [4] 2022
81 Agro Inform borilmoqda. Ayni ushbu materiallardan foydalanish natijasida: hisoblash texnikasi va kompyuter- lashtirishda, uzoq masofalar bilan aloqa qiluvchi texnika sohasida, ma’lumotlarni saqlash va uzatish usullarida, informatsion texnologiyalarni takomillashtirishda, energiyani bir turdan boshqa turga aylantirish jarayonida, foydali ish koeffitsienti samaradorligining yuqori qiymatiga erishishda, ishlab chiqarishni avtomotlashtirishda, yangi - qayta tiklanuvchi va ekologik toza energiya manbalarini yaratishda va maishiy texnikalarini elektronika asosiga o‘tkazishda zo‘r taassurot qoldiradigan, muttasil rivojlanish yutuqlariga erishishni amalga oshirish imkoniyati tug‘ildi. Ushbu masalalarni yechish, tez va o‘ta tez sodir bo‘luvchi jarayonlarni ya’ni qatttiq jismlardagi elektr zaryadlarini, elektr va magnit maydonlarini optik va tovush to‘lqinlarini ko‘chishi va o‘zlarini tutishini belgilangan darajada va tartibda o‘zgartirish yo‘llarini amalga oshiruvchi; texnika sohasi: elektronika, mikro va nanoelektronikani asosiy mohiyatini tashkil etadi. XX asrning 40 yillari oxirigacha bu vazifalarni vakuum qurilmalarida, qiyin eriydigan metall katodlarini sirtidan erkin zaryad tashuvchilar emissiyasi natijasida hosil qilinib, anodga tomon yo‘naltirilgan harakati, qo‘yilgan elektr maydonini o‘zgartirish natijasida boshqariluvchi vakuum elektronikasi tomonidan bajarilgan. Hisoblash texnikasi, radio va televizion qurilmalarning rivojlanishi bois, avtomatik vositalarning harakat tezligi va xizmat qilish davrini uzaytirishga bo‘lgan talablar tezlik bilan ortib, shu bilan birga elektron sxemalardagi qurilmalar soni ham oshib bordi. Ushbu sharoitda vakuum elektronikasiga tegishli quyidagi kamchiliklar yaqqol ko‘zga tashlana bordi: kichik (past) harakat tezligi (millisekundan katta bo‘lmagan), foydali ish koeffitsientining past darajada ekanligi ( 2-5%) va shu bilan birga ko‘p energiya iste’mol qilishi va narxining yuqorililigi, qurilmalarning o‘lchamlarini juda kichkina qilishga xalaqit qiluvchi ko‘p miqdorda issiqlik ajralishi hamda ba’zi bir qurilmalarning xizmat qilish vaqtining chegaralanganligi (4000-5000 s) va boshqalar. Shunday qilib, texnikani rivojlanishi zaryad tashuvchilarni tiplari va harakatini, turli tipdagi fizik maydonlarning o‘zini tutishini boshqarishning yangi yo‘llarini izlab topishga turtki bo‘ldi. Bu izlanishlar XX asrning 40 yillari oxiri va 50 yillari boshida yangi qurilma, ya’ni turli xil ishorali zaryadlarni tashilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qattiq jismda yuz beruvchi tranzistorni ixtiro qilinishiga sabab bo‘ldi. Natijada, vakuum elektronikasidan, nafaqat vakuum elektronikasidagi kamchiliklarnigina yo‘qotib qolmasdan, balki bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan qattiq jism elektronikasiga o‘tish yuz berdi. Oxir oqibat, yarim o‘tkazgichli materiallarni yaratilishi - sintezi, elektronikaning rivojlanishida odatdan tashqari istiqbolli vaziyat yaratilishiga sabab bo‘ldi. Kremniy, germaniy yarimo‘tkazgich elementlari hamda birikmalari asosida qattiq eritmali materiallarni olinishi va zamonaviy yarimo‘tkazgich qurilmalarni yaratilishi ushbu soha rivojlanishiga ya’na ham kuchli turtki bo‘lib xizmat qildi. Endi zaryad tashuvchilarni konsentratsiyasini bir necha tartibga o‘zgartirib - elektr o‘tkazuvchanlikni maqsadli o‘zgartirish imkoniyati tug‘ildi. Qattiq jism turli xil o‘tkazuvchanlikka ega zaryad tashuvchilarini bevosita tegib turuvchi sohasini yaratish amalga oshirildi (p-n-o‘tish), bu o‘z navbatida toklarni to‘g‘rilash uchun, elektr signallarini registratsiya qilish va kuchaytirish uchun xizmat qiladi. p-n- o‘tishlar qattiq jism elektronikasi keng ko‘lamdagi qurilmalarining asosini tashkil etadi. Agar bunga yana vakuum elektronikasi qurilmalari bilan solishtirganda qattiq jism elektronikasi asosida yaratilgan qurilmalarning ishlash tezligi nano- va piko- sekundlarda (10-9 va 10-12 s) ishlashini qo‘shsak, ushbu soha imkoniyatlari qanchalik kengligini anglab etamiz. Bu qurilmalarning foydali ish koeffitsentining ancha yuqoriligi va qurilmalarni o‘ta kichraytirish (miniatyutr) imkoniyati tug‘ilganini hisobga olsak, qattiq jism elektronikasi asosida yaratilgan qurilmalarni, vakuum elektronikasi asosida yaratilgan qurilmalar oldida tenglashtirib bo‘lmaydigan ustunligini yaqqol his qilishimiz mumkin. Hozirgi paytda va yaqin kelajakda muhim sanalgan va sanoatda ko‘p miqdorda ishlab chiqarilayotgan, elektronikani turli sohalarida keng qo‘llanilayotgan material bu kremniydir (er qobig‘ining 30% ga teng). Dunyo bo‘yicha polikristall kremniy yarim o‘tkazgichini ishlab chiqarish yildan yilga ortib bormoqda va hozirgi vaqtda u yiliga 15 ming tonna atrofida, monokristall kremniy eng ko‘p ishlatiladigan va muhim soha elektronikaning-miktoelektronika sohasi bo‘lib u yiliga 10 ming tonna atrofida ishlab chiqariladi. Mikroelektronika va uning rivojlanishi bilan kompyuterlash, informatika, televideniya, aloqa vositalari (shu qatorda uzoq oraliqdagi), maishiy va maxsus texnikalarni muvoffaqiyatlari chambarchas bog‘liqdir. Yuqorida ta’kidlanganidek yarimo‘tkazgichli birikmalarni: GaAs, GaP, CdTe, CdS, ZnS va boshqalarning - sintezi qattiq jism elektronikasida katta ahamiyat kasb etadi ushbu birikmalarni to‘rtinchi guruh elementlari yarimo‘tkazgichlar Удалить Водяной Знак Wondershare PDFelement |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling