Agrobiznesda Innovatsion Faoliyat


Download 23.03 Kb.
bet1/5
Sana08.03.2023
Hajmi23.03 Kb.
#1253538
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kursavoy akam (1)


Agrobiznesda Innovatsion Faoliyat

Respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizatsiyalash sharoitida agrar sektorni tizimli va uzluksiz taraqqiyotini ta'minlash uchun uning tarmoqlarida innovatsion faollikni jadallashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni izchillik bilan joriy etish asosida samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoev “Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi. Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak”, deb ta'kidlaganlar.


Darhaqiqat, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlar strategiyasida “... tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish” lozimligi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish borasida ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash ko‘p jihatdan respublikamiz qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda innovatsion faoliyatni tashkil etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi 5853-sonli farmonida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning birqator ustuvor strategiyalari belgilab berilgan. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish, qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha belgilangan ustuvor yo‘nalishlar aynan agrobiznesda innovatsion faoliyatga e'tibor qaratish zaruratini keltirib chiqaradi.
Agrobiznesni rivojlanishi ko‘p jihatdan fan va texnika yutuqlarini kengroq joriy qilish bilan bog‘liq. Chunki innovatsion taraqqiyotga asoslangan iqtisodiyotga yanada chuqurroq kirib borar ekanmiz, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining raqobatbardoshligining ahamiyati yanada oshib boraveradi.
Raqobatbardoshlik– bu sifatning yuqoriligi va tannarxning pastligidir. Bunga faqat fan yutuqlari, yuqori hosilli va sifatli nav, zamonaviy texnologiyani joriy qilish bilangina erishiladi. Shuni ta'kidlash lozimki, so‘nggi yillarda xo‘jalik yuritish va mulkchilik shakllarining o‘zgarishi va xo‘jaliklar yer maydonlari xajmlarini kichiklashishi fan-texnika yutuqlarini joriy qilishda o‘ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqargan edi. Bularga mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan ilmiy izlanishlarga mablag‘ ajratish mexanizmi ham ishlab chiqilmaganligi sababli, ular tomonidan ilmiy izlanishlarga mablag‘ ajratilmaganligi, davlatning yetarlicha mablag‘ ajratmaganligi sababli,tayyor ilmiy yechimlarni sotib olish va ularni joriy qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yilmaganligi, avval mavjud bo‘lgan vazirlik va tashkilotlardagi fan-texnika yutuqlarini joriy qilish bo‘yicha tarqatilgan tarkibining o‘rniga tuzilgan tarkiblarning qishloq xo‘jaligi sohasiga kam e'tibor qaratayotganligi va shu kabilar misol bo‘ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda agrobiznesda innovatsion faoliyatni iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish kerak bo‘ladi.
Innovatsiya faoliyati – yangi ishlab chiqarish bazasida raqobatbardosh mahsulotlarni chiqarish jarayoni bo‘lganligi sababli, fikr tug‘ilishidan boshlab uni qo‘llash va tashkil etish – ishlab chiqarishni o‘zlashtirishgacha, mahsulot ishlab chiqarish-sotish va shuningdek iqtisodiy unumdorlikka erishishni ham o‘z ichiga oladi. Innovatsiyalash iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiyaviy kapital qo‘yilmalarning natija berishi bilan xarakterlanib, texnikalarning yangilanishiga va ishlab chiqarish texnologiyasining yanada samaraliroq bo‘lishiga, ularning ekologik jihatdan toza va resurslarni tejaydigan ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlanishi darajasining oshishida ko‘rinadi. Sohada fan-texnika yutuqlaridan foydalanish bir mujassamlashgan tizimga solinmaganligi har yili qishloq xo‘jaligi sohasidagi yakunlangan ilmiy yechimlarning 80 foizi foydalanilmasdan qolishiga olib kelmoqda. Shuni hisobga olib qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni boshqarishning alohida tizimini yaratishga ehtiyoj sezilib qolmoqda
Agrobiznesda innovatsion faoliyatini ilmiy asosga qo‘yishning iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bunday iqtisodiy mexanizm agrar sohadagi ilmiy yechimlarni samaradorligini oshirish va umuman agrosanoat majmuini, buning asosi bo‘lgan qishloq xo‘jaligini samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Bozor iqtisodiyotini rivojlanib borishi sharoitida qishloq xo‘jalik tarmog‘ini rivojlantirish, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish, ishlab chiqarish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlashni zamonaviy talablar asosida, ya'ni, xo‘jaliklarda ishni tashkil etishni ilmiy asoslarini yaratish lozimligini taqozo etmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida qishloq xo‘jalik korxonalarining iqtisodiy jihatdan yanada baquvvat bo‘lishini ta'minlashi, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo‘jalik tarmog‘ini o‘rnini oshirishga zamin yaratadi.



Download 23.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling