Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati, rivojlanish bosqichlari
Download 130.4 Kb.
|
kurs ishi
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati, rivojlanish bosqichlari
Ma’lumki, har bir davlat boshqa davlatlar bilan mahsulot ayirboshlashni yo’lga qo’ymasdan turib, iqtisodiy faoliyat yurita olmaydi. Tovar ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanishi xalqaro savdo munosabatlarini keltirib chiqardi. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etishi, bir tomondan, ishlab chiqa-rish hajmini kengayishga olib kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, mamlakatlararo xo’jalik aloqalarining yanada chuqurlashuviga imkon tug’dirdi. Bu, o’z navbatida, yoqilg’i, turli xildagi xom ashyolarga, mashina, asbob-uskunalarga bo’lgan talabni keskin oshirib, tashqi savdo-sotiqni rivojlantirish, mahsulotlar ayirboshlashni muhim ekanligini taqozo qiladi hamda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishni zaruriyatga aylantiradi. Hozirgi sharoitda tashqi iqtisodiy munosabatlar yanada muhim ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Fan-texnika taraqqiyoti iqtisodiyotdagi strukturaviy o’zgarishlar rivojlangan mamlakatlarda yangi tarmoqlar, ishlab chiqarishlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Bu esa ba’zi xom ashyo turlari, yoqilg’i-energetika mahsulotlari importini ko’payishiga, mahsulotlar sotish bozorlarini milliy chegaralardan ko’ra kengaytirishga olib keldi. Umuman olganda, jahon ishlab chiqarishining va jahon savdosining asosiy o’sishi XX asrning II yarmiga to’g’ri keladi. Agarda 1900-1950 yillar ichida jahon yalpi ichki mahsuloti va savdo 3 martaga ko’paygan bo’lsa, keyingi o’n yilliklarda (1950-2000 yy.) jahon ishlab chiqarish va eksporti mos ravishda 6 va 11 martadan ko’proqqa oshdi (1-jadval). Tashqi iqtisodiy omil rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodi-yotida muhim rol o’ynamoqda. Bu mamlakatlar jahon xo’jaligiga o’zlarining tabiiy resurslarini, arzon ishchi kuchlarini etkazib berish bilangina cheklanib qolmay, yangi texnologiyalarni o’zlashtirib, o’z xo’jaliklarini intensiv rivojlantirib boradilar. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning predmeti ikki muhim tarkibiy qismdan: xalqaro iqtisodiy munosabatlar va ularni amal-ga oshirish mexanizmidan iborat. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar jahon xo’jaligi tizimida tez-tez takrorlanib turuvchi har xil darajadagi kompleks, alohida olingan bir mamlakat va ularning hududiy birlashmalari va sub’-ektlari, alohida tashkilotlar (transmilliy, ko’p millatli korpo-ratsiyalar) o’rtasidagi aloqalarni o’z ichiga oladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mexanizmiga huquqiy nor-malar va ularni amalga oshirish vositalari (shartnomalar, kelishuvlar, bitimlar, rezolyutsiya va konventsiya) xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan yo’lyo’riqlarni amalga oshirishni muvo-fiqlashtiruvchi xalqaro iqtisodiy tashkilotlar kiradi. XIM strukturasi quyidagilarni o’rganishni taqozo qiladi: 1. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; 2. Kapital va chet el investitsiyalarining xalqaro harakati; 3. Ishchi kuchlarning xalqaro migratsiyasi; 4. Xalqaro valyuta-moliya munosabatlari; 5. Xalqaro iqtisodiy integratsiya. XIM ob’ektlariga quyidagilar oid hisoblanadi: moddiy shakldagi tovarlar: xom ashyo va ishlab chiqarish tovarlari, tayyor buyumlar, sanoatda qayta ishlanadigan mahsulotlar, ma-shina, asbob-uskunalar, mahsulot; xizmatlar: xalqaro injiniring, konsalting, audit, lizing, turizm, tashish, hisob-kitoblar va boshqalar; texnologiyalar: patentli va patentsiz litsenziyalar, tovar bel-gilari; kapital: to’g’ridan-to’g’ri va portfelli chet el investitsiyalari, xalqaro kredit; ishchi kuchlari. XIM sub’ektlari (kontragentlari) sifatida quyidagilar ishtirok etadi: xalqaro iqtisodiy va tashkilotlar; hukumat nomidan milliy davlatlar; investitsiya qurilishini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilotlar; tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi davlat organ-lari va tashkilotlari; tadbirkorlar birlashmalari; xalqaro korporatsiyalar; firmalar. XIMning ob’ektiv asosini xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jaligi tashkil qiladi. Lekin XIM jahon xo’jaligi vujudga kel-masidan avval ham mavjud bo’lgan. Hozirgi zamon jahon xo’jaligi milliy iqtisodiyotlar yig’indisidan iborat bo’lgan global iqtiso-diy organizm bo’lib, bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga, xalqaro mehnat taqsimotiga, ishlab chiqarish va kapitalning xalqaro ahamiyatga ega bo’lish jarayoniga bo’ysunadi. Hozirgi zamon jahon xo’jaligining xususiyatlari: globallashuv; rivojlanishning birligi va qarama-qarshiligi; raqobatning keskinlashuvi va ayni paytda global hamkorlikning rivojlanishi; ishlab chiqarish tarmoqlari dunyoning turli mamlakatlarida joylashtirilgan xalqaro ishlab chiqarish tizimi rivojlanishi va bu jarayon natijasida transmilliy korporatsiyalar roli(TMK) ning o’sib borishi; davlatlar tashqi iqtisodiy faoliyatlarini liberallashuvi; jahon xo’jaligida tashqi iqtisodiy hamkorlikning xalqaro huquqiyme’yoriy bazasini barpo etilishi; mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishning millatlararo tizimini tashkil qilinishi; aksariyat mamlakatlar milliy iqtisodiyotining yopiq tizimdan ochiq tizimga o’tish evolyutsiyasi (bunda YaIM ulushi 35% dan oshishi kerak). Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga xos xususiyatlar: iqtisodiy o’sishning barqarorligi XX asrning 90-yillarida o’sish sur’ati 1-3% bo’ldi; iqtisodiy o’sishda tashqi iqtisodiy omilning ahamiyatini oshishi; moliya bozorlarini globallashuvi va milliy iqtisodiyotlar-ning o’zaro uzviy bog’liqligini kuchayishi; hududiy integratsiya jarayonlarining rivojlanishi. Hozirgi paytda XIM shakllari bir muncha kengaygan. Ularning kengayishi, asosan, XX asrning 60-yillar boshidan 80-yillarning o’rtalarigacha bo’lgan vaqt oralig’iga to’g’ri keladi. Shu bilan bir paytda XIX asr oxiri va XX asr boshlarida tarkib topgan XIMning ayrim shakllari amal qilib kelayapti. Bu faoliyat tashqi savdo, chetga kapital chiqarish, valyuta munosabatlariga tegishlidir. Hozirgi sharoitda XIMning quyidagi asosiy shakllari vujudga keldi: 1. Xalqaro savdo 2. Xalqaro kredit munosabatlari 3. Xalqaro munosabatlar 4. Xalqaro kapital harakati 5. Xalqaro ishchi kuchlari migratsiyasi 6. Xalqaro integratsiya 7. Transmilliy korporatsiyalar 8. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar 9. Xalqaro axborotlar almashinuvi XIMning intensivlik darajasini bir necha miqdoriy indikatorlar bilan tavsiflash mumkin: 1. Eksport kvotasining miqdori, bunda eksport hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. 2. Import kvotasining miqdori, bunda import hajmi YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. 3. Tashqi savdo kvotasining miqdori, bunda tashqi savdo hajmi aylanma mablag’i YaMMga nisbatan foizda hisoblanadi. XIM rivojlanish jarayonida bir necha bosqichni bosib o’tgan va ularni shartli ravishda quyidagicha ajratish mumkin: qadimgi dunyodan V asrgacha bo’lgan muddat. V asrdan XV-XVI asrlargacha – buyuk geografik kashfiyot davrigacha bo’lgan davr. XV asrdan – XVI asrgacha - sanoat to’ntarishi davrigacha. Sanoat to’ntarishi paytidan Birinchi Jahon urushining boshlanishigacha bo’lgan davr; XX asrning birinchi yarmi; XX asrning 60-yillaridan 90-yillarigacha; XX asrning 90-yillaridan XIM va jahon xo’jaligining hozirgi rivojlanish davri. XIMning shakllanishi va rivojlanishiga quyidagi omillar sezilarli ta’sir qiladi: ilmiy-texnika taraqqiyoti; hududiy–iqtisodiy integratsiya taraqqiyoti; XIMning ko’p tomonlama tartibga solish tizimini takomillashtirilishi; global muammolarning keskinlashuvi; tashqi iqtisodiy siyosatni liberallashtirish; xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi. Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi jiddiy o’zgarishlar, XX asr oxirlarida dunyo fanidagi kashfiyotlar XIMning rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Dunyoda ro’y bergan o’zgarishlar XXI asr bo’sag’asida XIMning o’ziga xos rivojlanish tendentsiyasini belgilab berdi: Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ikki tomonlama munosabatlardan ko’p tomonlama munosabatlarga o’tish, jahon xo’jaligidagi xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi yo’li belgilandi; xalqaro savdoning an’anaviy tovarlar savdosidan milliy ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita xizmat ko’rsatish vositasiga aylanibborishi; kapital migratsiyasining globallashuvi va intensivlashuvi; fan-texnika sohasida bilimlar bilan ayirboshlashning jadallashuvi, xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi; ishchi kuchlari migratsiya ko’lamlarini sezilarli o’sish sur’ati; hudud va mamlakatlar iqtisodiyoti integratsiya jarayonlarining kengayishi va jadallashuvi. Kapitalning xalqaro migratsiyasi, ayniqsa, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyasi shaklida u yoki bu mamlakatga kirib borishi, xalqaro savdoning tovarlar, turli xil xizmatlar ko’rsatish, texnologiya, ish-chi kuchlarining, ayniqsa, malakali ishchilarning xalqaro migratsiyasi geografik yo’nalishlarda ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarda hal qiluvchi omil bo’lmoqda. Jahon iqtisoiyotining globallashuvi «Globallashuv» termini 1980 yillarda yuzaga keldi va 1990 yil-lardan rasman ishlatila boshlandi. Qabul qilingan kelishuv bo’yicha qaraladigan bo’lsa, hozirgi zamon kommunikatsiya va texnologiyalari ma’lumotlari asosiga qurilgan barcha mamlakatlar, korxonalar, odamlarning moliyaviyiqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqalari ko’rinishidir.
Globallashuv hodisasini ikki tomondan ta’riflasa bo’ladi: Makroiqtisodiy daraja globallashuv-mamlakatlar va alohida hududlar chegarasidan tashqarida iqtisodiy faollikka intilishni bildiradi. Bu liberallashtirish savdo va investitsiya to’siq g’ov-larining olib tashlanishi erkin tadbirkorlik makonini tashkil etish va boshqalarda ko’zga tashlanadi. Mikroiqtisodiy daraja globallashuv deganda korxona o’z faoliyatini ichki bozordan tashqariga qarab kengaytirib borishi va jahon bozoriga asta-sekin chiqishi tushuniladi. Globallashuv milliy iqtisodiyotlarning o’zaro aloqa va o’zaro bog’liqligining o’sib borishi xususiyatini bildiradi. XX asrda ayirboshlashning xalqaro miqyosda kengayishi asta-sekin kapital hamda 50-yillarning o’rtalaridagi NTP ta’siri ostida bo’lgan ishlab chiqarishning internatsionallashuviga olib keldi. Natijada ishlab chiqarishda xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv sur’-ati keskin o’sdi. Ayniqsa, moliya bozorining integratsiyasi va glo-ballashuv jarayoni keng quloch yoydi. Xalqaro moliyaviy oqimlarining hajmi xalqaro savdo hajmiga nisbatan 60:1 ni tashkil etdi. Umumjahon savdosi hajmining o’sishi umumjahon YaMM hajmining o’sishidan 5% ga ko’proqni tashkil etadi. XX asrning 90–yillarda globallashuvning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi: tashqi iqtisodiy aloqalar va sobiq sotsialistik mamlakatlar xalqaro hisobining liberallashuvi; Unifikatsiyalashtirish (bir xil shaklga keltirish) va standartlashtirishga faol yo’naltirilganlik; Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan makroiqtisodiy siyosat, soliq siyosati bandlik sohasidagi siyosatga nisbatan yagona o’lchamlar joriy qilindi. Iqtisodiyotning globallashuv jarayonini milliy iqtisodiyot-lar va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishiga ta’siri xususida turli fikrlar mavjud. Globallashuv, birinchi navbatda, sanoati rivojlangan davlatlarning mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha ustunliklar beradi hamda rivojlanishdan orqada qolib ketgan davlatlarga tsivilizatsiya yutuqlaridan bahramand bo’lishlari uchun dastlabki shart-sharoitni yaratadi. Lekin globallashuv jarayo-nining demografiya, ekologiya va hududiy jihatdan o’zining salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin. Shunday qilib globallashuv ijobiy va salbiy jihatlarga ega bo’lgan jarayon deb tushunish mum-kin. Globallashuvning asosiy nuqtasi quyidagi jihat hisoblanadi: bir davlatning boshqasiga tobe’ligiga barham berilib, uning o’rni-ga davlatlarning bir-biriga o’zaro bog’liq munosabatlari vujudga keladi.Globallashuv dunyodagi barcha kommunikatsiyalar, er yo’ldoshi orqali bo’layotgan aloqalar, reaktiv aviatransport va butun dunyo axborot tarmog’iga ulangan shaxsiy kompyuterlarning har bir mamlakatning o’z imkoniyatlari asosida bunyod etish axborotlarini qabul qilish, qidiruv ishlarini olib borish, saralash, qayta tiklash, ma’lumotlarni uzatish va qabul
1. Iqtisodiy integratsiya - xalqaro savdo investitsiyalar va to’lovlar hajmi bo’yicha; 2. Shaxsiy aloqalar - xalqaro turizm va safarlar, xalqaro telefon so’zlashuvlari, pochta jo’natmalari va pul o’tkazmalari hajmi bo’yicha; 3. Xalqaro aloqalarni ta’minlovchi texnologiyalar – internetdagi foydalanuvchilar, internet–serverlar soni bo’yicha; 4. Mamlakatni xalqaro siyosatga tortilganligi – davlatni xalqaro tashkilotlarga a’zoligi, chet el elchixonalari va vakolatxonalar soni bo’yicha. Tadqiqotlar o’tkazilgan 64 davlat ichida «Globallashuv indeksi» bo’yicha so’nggi 10 ta o’rinni Eron, Hindiston, Misr, Indoneziya, Venesuela, Xitoy, Bangladesh, Turkiya, Keniya va Braziliya kabi mamlakatlar egalladi. O’zbekiston Respublikasi ham globallashuvning turli parametr-lari bo’yicha tobora yuqori o’rinlarni egallashga harakat qilmoqda. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling