Agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi
Download 130.4 Kb.
|
kurs ishi
O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimi
Tarixiy tajribalar shuni ko’rsatadiki, har bir mamlakatda ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va mehnatni taqsimlash afzal-liklaridan to’liq foydalanish imkoniyatini yaratuvchi xo’jalik tizimi bilan yaqin integratsiyasiz hech bir davlat dunyo iqtisodiyoti-ning yuqori rivojlanish darajasiga erishmagan. O’zbekiston Res-publikasi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan boshlangan mamlakatimizning dunyo xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvi ja-rayonida qonunchilik, me’yoriy-huquqiy bazalar va malakali xodim-lar bilan ta’minlash g’oyasi ilgari surildi va hayotga tatbiq etila boshlandi. Shu bilan bir qatorda, yangi faoliyat sohalari uchun yuqori mala-kali xodimlar tayyorlash bazasi shakllantirildi, ya’ni Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning turli yo’nalish-lariga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etildi. Hokimiyatlar, vazirlik va idoralar, xo’jalik sub’ektlari birlashmalari tarkibiga TIA boshqarmasining marketing xizmati bo’limlari kiritildi. «Kommercheskiy vestnik», «Hamkor», «Delo-voy partnyor Uzbekistana», «Biznes vestnik Uzbekistana» ro’znoma-lari tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi faoliyatini ommaga etkazuvchi vosita hisoblanadi. Prezidentimizning yuqori obro’-e’tibori sharafiga qisqa muddatlarda investitsiya borasida yirik chet el investorlari bilan kelishuvlarga erishildi va uning asosida iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini texnik takomillashtirish ishlari amalga oshirildi, ya’ni yoqilg’i-energetika majmuasi, qora va rangli metallurgiya, to’-qimachilik sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish tar-moqlarida mo’ljallangan rejalar muvaffaqiyatli bajarildi. Chet el investitsiyalari yordamida meva va sabzavot, go’sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha moddiy-texnik baza tubdan yangilandi. Hozirda O’zbekiston jahon iqtisodiy hamjamiyatining teng hu-quqli a’zosidir. Mamlakatimiz obro’-e’tibori uning samolyot, avto-mobil, traktor, paxta terish kombaynlari ishlab chiqarishi tufay-li yanada mustahkamlanmoqda chunki bunday mahsulotlar faqat ri-vojlangan davlatlardagina ishlab chiqariladi. Buning asosiy jiha-ti shundaki, O’zbekistonda - murakkab ishlab chiqarishni tez va mohirlik bilan o’zlashtirishga qodir bo’lgan yosh xodimlarning etar-lidir. Respublikaning tashqi savdo saldosining barqaror eksport tuzilmasida iste’mol uchun tayyor mahsulotlar ulushi doimiy ravishda o’sib bormoqda. Iqtisodiyotni kelgusida tezkor rivojlantirish, chuqurlashti rish, eksportni ko’paytirish va import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish ko’lamini oshirish talab etiladi. Bunday og’ir vazifalar bajarili-shi uchun davlat boshqaruv tashkilotlari, xo’jalik sub’ektlari bir-lashmalari kuchlarini tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish-ga safarbar qilish talab qilinadi. Ushbu maqsadlarni, ro’yobga chiqarish uchun qisqa muddatlarda quyidagilar tashkil etildi: Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo investorlar vazirligi; Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki; «Asaka» bank; «O’zmarkazimpeks» DATSK; «O’zsanoatmashimpeks» DATSK; «O’zinterimpeks» DATSK; «Markazsanoateksport» DATSK; «O’zmaxsusimpeks» DK; «O’ztashqitrans» DAK; «O’rta Osiyo Trans» XAT DAK; «O’zinvestloyiha» Respublika injiniring kompaniyasi; «O’zbekinvest» MK; «O’zEIKbyuro» (O’zbekistondagi Evropa ittifoqi komissiyasining texnikaviy yordamni muvofiqlashtirish byurosi). Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Davlat bojxona qo’mi-tasi yillik tovarlar eksporti (ishlar, xizmatlar) istiqbolini ish-lab chiqish sohasida, vazirliklar va idoralar - ishlab chiqarishni lokalizatsiyalash dasturini shakllantirish va amalga oshirishda, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy hamkorlik sohasida, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimiyatlari, Toshkent shahri va mintaqalar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish sohasidagi faoliyat qo’llabquvvatlanadi. Ularning tashqi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi faoliyatlari Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar majmui tomonidan muvofiqlashtiriladi. Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo’-yicha ko’rilgan chora-tadbirlar o’z samarasini berdi. Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari amaliy jihatdan o’sdi, uning sifat ko’rsatkichi yaxshilandi. Mustaqillikka erishilgandan so’ng, tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtiruvchi institutsional asoslar va tuzilmalarning yara-tilishi O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining birinchi navbatdagi vazifalaridan bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti-ning Farmoniga muvofiq, 1992 yilda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil qilindi. O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtiso-diy faoliyati (TIF)ni dunyo andozalariga mos, zamon talablariga javob bera oladigan darajada tashkil qilish maqsadida Prezidenti-mizning Farmoni bilan 2002 yilda O’zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligiga (TIAA) aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 23 iyul Far-moni bilan Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi O’zbekiston Respub-likasining Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazir-ligi (TIAIS) etib qayta tashkil etildi. Shu bilan birga, Qoraqal-pog’iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi Qora-qalpog’iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib, Agentlikning viloyat va Toshkent shahridan tashqi iqtisodiy bo’yicha boshqarmalari viloyat va Toshkent shahridagi tashqi iqtisodiy aloqalar investitsiyalar va savdo boshqarmalari etib qayta tashkil etildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi-ning asosiy vazifalari: tashqi iqtisodiy faoliyat, eksportni rag’batlantirish, xori-jiy investitsiyalar jalb etish, tashqi savdoni erkinlashtirish, tash-qi savdo aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash sohasida yagona davlat siyosati o’tkazilishini ta’minlash; jahon tovarlar (kapitallar, xizmatlar) bozorlarining kompleks marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, ichki va tashqi bozorlar istiqbollari hamda samaradorligini hisobga olgan holda ularning ahvolini chuqur tahlil etish va rivojlanishini prognoz qilish, xori-jiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror savdo-iqtisodiy muno-sabatlarni o’rnatishga qaratilgan choratadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish; iqtisodiyotni rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshi-rish hamda uning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi bo’yi-cha amaliy choratadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish, respub-likaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish, mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqti-sodiy va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bi-lan o’zaro manfaatli asosda hamkorligini rivojlantirishni ta’-minlash; qulay investitsiya muhitini shakllantirishga va Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga ko’makla-shish, investitsiya loyihalari ro’yobga chiqarilishi monitoringini amalga oshirish, xorijiy investorlarga zarur axborot yordami ko’r-satish. Ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ular faoliyati samaradorligini oshirish masalalari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazir-ligi zimmasiga yuklandi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, TIFning huquqiy asos-lari yaratilgan edi. 1992 yilda «O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida»gi qonun qabul qilinib, u xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning shu sohadagi o’zaro huquqiy munosabatlarini belgilab berdi. TIF erkinlashtirilishi jarayonini chuqurlashtirish munosabati bilan O’zbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiyoti tizimiga yanada integratsiyalash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi-ning 2000 yil 25-26 may kunlaridagi ikkinchi chaqiriq ikkinchi sessiyasida yangi tahrirdagi "O’zbekiston Respublikasining TIF to’g’risida"gi qonuni qabul qilindi. Qabul qilingan qonunga muvofiq, TIAIS barcha faoliyat turlari iqtisodiysohaning normativ-huquqiy bazasini shakllantirishga qa-ratildi. Masalan, vazirlik O’zbekiston Respublikasining 80 ga yaqin qonunlari, 57 ta O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, 116 ta O’zR Vazirlar Mahkamasining qarorlari tayyorlanishida faol ish-tirok etdi, jumladan: • O’zbekiston Respublikasining "Tadbirkorlik faoliyati er-kinliklari kafolati to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Bojxona tariflari to’g’risi-da"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Himoya chora-tadbirlari, antidemping va tovon to’lovlari to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Xalqaro shartnomalar to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Mahsulotlar taqsimoti bi-timlari to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog’ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to’g’risi-da"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Chet el investorlari kafolat-lari va huquqlarini himoya qilish to’g’risida"gi; • O’zbekiston Respublikasining "Kontsessiya to’g’risida"gi qonunlarni misol keltirish mumkin. TIAIS faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan biri respublika-ning TIA geografiyasini kengaytirish hisoblanadi. Bugungi kunda ushbu yo’nalishdagi faoliyatning erishgan yutuqlari juda katta, jum-ladan, O’zbekiston va dunyoning 140 dan ortiq mamlakati o’rtasida o’zaro savdoiqtisodiy munosabatlar yo’lga qo’yildi. O’zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 2005 yilda 9,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi, bu 2004 yildagi ko’rsat-kichdan 9,6 foiz ko’p demakdir. Eksportning o’sish sur’ati 2004 yilga nisbatan 11,5 foizni tashkil qildi, import esa, 7,2 foiz, ijobiy saldo 1 mlrd. 375 mln. AQSh dollaridan ortiq bo’ldi, bu esa, 2004 yilgi xuddi shu ko’rsatkichdan 97,04% ko’p. Respublika yalpi tashqi savdo aylanmasining yarmidan ko’prog’ini iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar hissasi tashkil qiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, iqtisodiy chegaralarning ken-gayishi va TIF hajmining ko’payishi bilan bir qatorda uning tashkiliy tuzilmasida ham chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Bugun O’zbekiston dunyo bozorlariga nafaqat an’anaviy xom ashyo mahsulotlari - paxta, rangli metall va boshqa tovarlar chiqarmoqda, balki eksport tarkibida qayta ishlangan, yuqori qiymatli tayyor mahsulotlar ham joy olyapti. Shu vaqtning o’zida paxta tolasi va gazlamasi, kimyoviy mahsulotlar va plastmassa, avtomobillar, xiz-matlar va qayta ishlangan boshqa mahsulotlar eksporti keskin oshdi. Importning tarkibi ham sifat jihatidan o’zgardi. Raqobat-bardosh mahsulotlar Ishlab chiqarishga mo’ljallangan, yangi zamonaviy texnologiyalar - iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya-lash va texnologik yangilangan holda qayta tashkil qilish ustuvor yo’nalish deb belgilandi. Shuning uchun import qilinayotgan mahsulotlar tarkibida mashina va uskunalarning ko’pligi tasodif emas. Tashqi savdo munosabatlarini yanada optimallashtirishda, mahalliy xom ashyo-dan tayyor mahsulot va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishda qabul qilingan dasturning roli katta. Hozirgi vaqtda TIAIS - milliy ishlab chiqaruvchilarga o’z mahsulotlarini tashqi bozorga sotish, marketing izlanishlarini olib borish, eksport qilinuvchi tovarlar bo’yicha uzoq va qisqa muddatli narxlar kon’yunkturasi ko’rsatkichlarini oldindan ay-tib berish orqali amaliy yordam berish bo’yicha xizmatlar ko’rsa-tadi. TIAIS faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan yana biri – standartlash bo’yicha xalqaro tashkilot talablariga muvofiq, ma-halliy korxonalar mahsulotlari sifatini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish hisoblanadi. Vazirlik tomonidan bojxona bojlari va to’lovlarini yanada bir xillashtirish bo’yicha izlanishlar davom ettirilmoqda. O’zbekistonning tovarlarni tariflash va kod berish tizimini uyg’unlashtirishga asoslangan TIF nomenklaturasi joriy qilingan. Respublikada tovar va xizmatlarning barcha turiga eksport boji bekor qilingan, eksport-import amallari uchun kvota tizimi qo’llanilmaydi. Litsenziyalash ham faqat maxsus eksport-import amallari uchun qo’llaniladi. O’zbekistonda importga son jihat-dan chegara qo’yilmagan, maksimal stavka 30 foizni, o’rtacha arif-metik ko’rsatkich esa, 14,6 foizni tashkil qiladi. O’zbekistonning tashqi bozorda o’z mavqeini mustahkamlashi va respublika TIF sub’ektlari manfaatlarini himoya qilishda xorijiy mamlakatlardagi O’zbekiston elchixonalarining savdo, iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahatchilari yordam ko’rsatadi. Ya’ni, ular agentlik xodimlari ichidan tayinlanadi va agent-likka tezkor ma’lumotlar etkazib turishni ta’minlaydi. Res-publikaning savdo hamkorlari bo’lgan mamlakatlarning eksport qilinadigan tovarlari, bozorlar kon’yunkturasi tahlilini amalga oshiradi. Tadbirkorlik doiralari orasida bevosita aloqalar o’rnatilishiga yordam beradi. Bugungi kunga kelib, maslahatchilar savdo-iqtisodiy masalalar bo’yicha dunyoning 16 mamlakatida o’z faoliyatlarini olib bormoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O’zbekistonning xorijiy davlatlar, birinchi navbatda, EI, Rossiya, Yaponiya, XXR, Janubiy Koreya, Germaniya bilan inves-titsion va moliyaviy-texnik hamkorligining kengayishida muhim rolo’ynaydi. Vazirlik xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlari tomonidan O’zbekiston Respublikasiga ko’rsatiladigan yordamlarning muvofiqlashtiruvchisidir. O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan Jahon savdo tashkilotiga kirishga katta ahamiyat berilib, ushbu yo’nalishda maqsadga muvofiq qadamlar qo’yilmoqda, ya’ni hozirda Jahon sav-do tashkiloti bilan ishlash bo’yicha idoralararo komissiya ishlab turibdi, agentlik zimmasiga esa, uning kotibiyati vazifasini bajarish yuklatilgan. Xorijiy davlatlar bilan o’zaro munosabatlarda respubli-kaning milliy manfaatlari olg’a surilishining mexanizmlari-dan biri O’zbekistonning 30 dan ortiq mamlakatlar bilan yo’lga qo’yilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha ikkiyoqlama huku-matlararo komissiyalarning faoliyat yuritayotganligidir. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida yuqori malakali kadr-lar tayyorlash dasturi bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirish Markazi tashkil qilingan. Bu erda vazirlik va idoralarning xo-dimlari, respublikaning faol doira vakillari muntazam ra-vishda agentlik yordamida O’zbekistonda va chet ellarda tashkil qilinayotgan turli seminar va kurslarda ishtirok etish imkoni-yatiga ega bo’ladilar. O’zbekistonda ko’rgazma markazining roli katta. "O’zko’rgazmasavdo" mutaxassislari ko’rgazma va yarmarkalar bilan bog’liq faoliyatning barcha xizmat turlarini taqdim etadi. Tajribali mutaxassislar guruhini birlashtirgan texnik imkoniyatlarga, o’z mavqeiga ega hamkorlar ishtirokida o’tkaziladigan ko’rgazma va yarmarkalar orqali bozor strategiyasining samarali bo’lishiga yordam beriladi. “O’zko’rgazmasavdo” pavilonlarida har yili dunyoning 30 mamlakatidan 200 dan ortiq chet el firmalari ishtirokida 20 ta-gacha xalqaro ko’rgazmalar tashkil etiladi. Xalqaro biznes-markazi dunyoning barcha ishbilarmonlariga O’zbekistondagi faoliyatlari muvaffaqiyatli bo’lishi uchun zarur bo’lgan barcha turdagi xizmatlarni taklif etadi. Agentlik tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida respublika hu-kumati tomonidan qo’yilgan vazifalarning izchil ravishda amal-ga oshirilishiga, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga tez va to’laqonli integratsiyalashuvi samarali amalga oshishiga yordam beradi. Download 130.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling