Agroinjeneriya va gidromelioratsiya


Download 483.9 Kb.
bet3/5
Sana11.03.2023
Hajmi483.9 Kb.
#1259236
1   2   3   4   5
Bog'liq
ARN dan Amaliy

7-semestr

1

Ochiq va berk sikllar bo‘yicha rostlash

2

2

Rostlash usullari

2

3

Avtomatika sxemalari va ularning vazifalari. Avtomatikaning funksional, prinsipial, strukruraviy va tarkibiy sxemalari

4

4

Roslovchi ta`sirlar va organlar. Avtomatik rostlagich larning strukturasi va rostlash tizimlari

4

5

Avtomatik rostlagichlar

2

6

Rostlash qonunlari

6

7

Chiziqli uzluksiz avtomatik rostlagichlar.

2

8

Sanoat rostlash tizimlari. Tarkibi, sifat mezonlari, turlanishi.

4

9

Rostlagichlarni tanlash va ularning sozlash parametrlarini hisoblash.

2

10

Qishloq xo`jaligida elektr isitish uskunalarini avtomatlashtirish xususiyatlari. Quvvat va haroratni rostlash usullari.

2




Jami

30



1-Amaliy mashg‘ulot.
Ochiq va berk sikllar bo‘yicha rostlash
Tizimning ish jarayonida rostlanadigan miqdorni belgilangan chegarada saqlash yoki topshiriqdagi qonun bo‘yicha o‘zgartirish rostlanishning ochiq yoki berk sikllari bo‘yicha bajarilish mumkin. Ketma-ket ulangan: rostlash ob‘ekti RO, rostlanuvchi organ RO, rostlagich R va topshirgich T (bu qurilma yordamida tizimga topshiruvchi ta‘sir x(t) beriladi) dan tuzilgan tizimni ko‘rib chiqamiz.
Ochiq sikl (1.1-rasm, a) bo‘yicha rostlashda topshirgichdan rostlagichga keladigan topshiruvchi ta‘sir ob‘ektga bu ta‘sir natijasining funksiyasi bo‘lmaydi, balki u operator tomonidan topshiriladi. Topshiruvchi ta‘sirning ma‘lum qiymatiga rostlanadigan miqdor y(t) ning ma‘lum joriy qiymati mos keladi.

Bu joriy qiymat g‘alayonlantiruvchi ta‘sir F(t) ga bog‘liq.Ochiq tizim aslida uzatish zanjiridan iborat bo‘lib, topshirgichdan berilgan topshiruvchi ta‘sir x(t) rostlagichda ichki ta‘sirlar Z1(t); Z2(t) vositasida kerakligicha ishlagandan keyin rostlsh ob‘ektiga uzatiladi, ammo ob‘ekt rostlagichga teskari ta‘sir etmaydi.
O‘zgarmas tok motori M ning aylanish chastotasini bosh-qarish sxemasi 1.1, a – rasm da keltirilgan. Reostat R ning surilgichi vaziyatini o‘zgartirganda generator G ning qo‘zg‘atish chulg‘ami I da qo‘zgatish toki o‘zgaradi, bu esa unda e.yu.k.. ning, binobarin, motor M ga keltiriladigan kuchlanishning ham o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Motor M bilan bir valga o‘rnatilgan taxogenerator TG motor valining aylanish chastotasi ga proporsional e.yu.k. hosil qiladi. Taxogeneratorning cho‘tkalariga ulangan voltmetr aylanish chastotasining birliklarida darajalangan shkalasi bo‘yicha motorning chastotasini faqat visual nazorat qilishga imkon beradi. Agar mashinalarning tavsifnomalari stabil bo‘lsa, u holda reostat surilgichining har bir vaziyatiga motor aylanish chastotasining ma‘lum qiymati mos keladi. Mazkur tizimda rostlagich ob‘ektga ta‘sir etadi, ammo teskari ta‘sir bo‘lmaydi, tizim ochiq sikl bo‘yicha ishlaydi.
Agar tizimning chiqishi rostlagichga doim ikkita signal - topshirgichdan
chiquvchi signal va ob‘ektning chiqishidan signal keladigan qilib rostlagichga
birlashtirilsa, u holda berk sikl (1.2-rasm, b ga qarang) bo‘yicha ishlaydigan tizim
hosil bo‘ladi. Bunday tizimda faqat rostlagich ob‘ektga emas, balki ob‘ekt ham
rostlagichga ta‘sir beradi. 1.2-rasm, b da keltirilgan o‘zgarmas tok motori M ning
aylanish chastotasini boshqarish sxemasida tizimning chiqish taxogenerator TG, reostat R1, kuchaytirgich K va reostat R harakatlanuvchi qismining yuritish motori
M1 vositasida tizimning kirishiga birlashtirilgan. Bu sxemada motorning aylanish chastotasi avtomatik nazorat o‘rnatilgan. Aylanish chastotasi har qanday o‘zgarganda motor M1 da signal paydo bo‘ladi va u reostat R ning harakatlanuvchi qismining u yoki bu tomonga (motor M ning belgilangan aylanish chastotasiga mos vaziyatdan) siljitadi. Agar aylanish chastotasi biror sababga ko‘ra kamaysa, u holda reostat R ning harakatlanuvchi qismi generatorning qo‘zg‘atish chulg‘ami M1 da qo‘zg‘atish toki oshadigan vaziyatni egallaydi. Bu hol generator kuchlanishining oshishiga, binobarin, motor M aylanish chastotasining ham oshishiga olib keladi, ya‘ni aylanish chastotasi boshlang‘ich qiymatiga erishadi. Motor M ning aylanish chastotasi oshganda reostat R ning harakatlanuvchi qismi teskari yo‘nalishda siljiydi, natijada motor M ning aylanish chastotasi kamayadi.
Avtomatik rostlashning ochiq tizimi tizimga keladigan g‘alayonlar boshqacha bo‘lib qolganda o‘zining ish rejimini operatorning ishtirokisiz mustaqil o‘zgartira olmaydi. Berk zanjir tizimda sodir bo‘ladigan har qanday o‘zgarishlarga avtomatik javob qaytaradi.


Download 483.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling