Ko’pchilik qishloq ho’jalik ekinlari va mahsulotlarining oziqlik ahamiyati
ularning tarkibidagi oqsil miqdori bilan uzviy bog’liq. Donli ekinlar tarkibida 7-28%,
dukkakli ekinlarda 20-35% oqsil bo’ladi. Moyli ekinlar urug’ida esa oqsil miqdori
eng kam miqdorda uchraydi. O’simliklar tarkibidagi azotning asosiy qismi oqsilga
23
to’g’ri keladi. O’simlik oqsilida azot ulushi turli ekinlarda turlicha bo’lib, 14,7 –
19,5% oraliqda o’zgarib boradi.
Shu tufayli o’simlik tarkibidagi oqsil miqdorini aniqlash seleksiya ishlarida
navlarni tasviflash, chorva mollari rasionini belgilash, mineral o’g’itlarni mahsulot
sifatida ta’sirini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko’pchilik hollarda «Xom protein» miqdori aniqlanadi. Bu holda oqsilni
cho’kmaga tushirishga hojat qolmaydi. Ammo bunda olingan natijalar oqsil
miqdorini to’g’ri aks ettirmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: