AGROKIMYO FANINING ASOSIY VAZIFALARI
1.Tuproq tahlili orqali shu tuproqda meliorativ tadbir o’tkazish kerak yoki
yo’qligini aniqlash.
2.O’simlikni sifat va kimyoviy jihatdan tahlil qilib kimyoviy tarkibini
o’rganish.
3.Qishloq xo’jalik ekinlarining qay darajada oziq elementlariga talabini
aniqlash.
4.O’simliklarni biologik, xo’jalik hususiyatlariga qarab o’sish davrining barcha
fazalarida yetarlicha oziqa elementlari bilan ta’minlash.
5.O’g’it tarkibini va xususiyatlarini o’rganish.
6.Olingan tekshirish natijalari asosida, o’g’itning xususiyatlarini bilgan holda
ma’lum tuproq – iqlim sharoiti va rejalashtirilgan hosil uchun o’simlik turiga qarab
maqbul o’g’it me’yorini belgilash va oziqlantirishni deffensiallash vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |