1. Quruq modda va gigroskopik namlikni quritilgan namunadan aniqlash.
Quruq modda va gigroskopik namlikni aniqlash o’simlik namunasini quritish
shkafida 100-105
o
C haroratda doimiy massagacha quritishga asoslangan.
Ishni bajarish tartibi: Tozalab yuvilib quritish shkafida 100-105
o
C haroratda
doimiy massagacha quritilgan shisha byuks olinadi. Byuks massasi analitik tarozida
0,0001 gr aniqlikda tortib olinadi. Tekshirilayotgan o’simlik namunasi maydalanib
pergament qog’ozi ustiga yupqa qavat qilib yoyiladi. Namunaning turli joyidan
byuksga 3-5 gr miqdorda olinadi. Byuks qopqog’i yopilib dastlab texnokimyoviy
tarozida, so’ng analitik tarozida namuna bilan birgalikda massasi aniqlanadi. Byuks
qopqoqchasi vertikal holatda ochiq qoldirilib quritishga qo’yiladi. Byuksni quritish
shkafi markaziga qo’yish tavsiya etiladi. Quritish 100-105
o
S haroratda 6 soat davom
ettiriladi. So’ng byuks qopqog’i yopilib eksikatorda sovitiladi va massasi aniqlanadi.
Quritish yana 2-3 marta 2-3 soat davom ettiriladi. Har safar byuks massasi
o’lchanadi. Quritish namuna massasi doimiy holga kelgancha davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |