GO’NG TARKIBIDAGI UMUMIY KALIYNI ANIQLASh.
Tajribaning mohiyati go’ng tarkibidagi umumiy fosforni aniqlashdagi
kuydirishga o’xshashdir. Bunda kaliy, natriy, kobalt ishtirok etadi. Ya’ni 1 ml 0,2n
kalsiy permanganatga 0,711 ml kaliy yoki 0,856 ml K
2
O to’g’ri keladi.
Ish tartibi. Go’ng tarkibidagi umumiy fosfor aniqlanadigan eritmadan 100 ml ni
chinni kosacha solib, qurigunicha suv hammomida bug’latiladi. Qurigandan so’ng 3-4
ml 10% li sirka kislota eritiladi va kulsizlantirilgan filtr orqali filtrlanadi. Chayindi
eritma 10 ml qolgunicha suv hammomida bug’latiladi. So’ngra buning ustiga
tomchilatib 10 ml natriy kolbaltning eritmasidan quyiladi.
Analizning davomi, hisoblash, kerakli reaktiv va asboblar kaliyli o’g’itlar
tarkibidagi kaliyni kobaltni nitrat usulida aniqlashga qarab ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |