Agrokimyo kirish
Download 366.13 Kb.
|
Agrokimyo kirish
Kobalt (Co). O’simliklarning 1 kg quruq massasi tarkibida o’rtacha 0,021 mg kobalt mavjud. Ayrim o’simliklarda bu ko’rsatkich 11,6 mg/kg ni tashkil etadi. Kobalt qo’proq dukkakli o’simliklarda uchraydi, ko’proq tuganaklarda yig’iladi. Shuningdek, kobalt generativ organlarda ham to’planadi, changdonda yig’iladi va uning o’sishini tezlashtiradi. O’simlik tarkibidagi yalpi kobaltning 50% i ion, 20% vitamin B12 va qolgan 30% i barqaror organik birikmalar shaklidadir. B12 mikroorganizmlar tomonidan sintezlanib, o’simliklarga tuproqdan o’tadi yoki azot to’plovchi tuganaklarida hosil bo’ladi. B12 uchraydigan o’simliklar dukkaklilar, turup, piyozlar hisoblanadi. Uning 30% ga yaqini yuqori darajada barqarorlikka ega bo’lgan hali aniqlanmagan organik birikmalar tarkibida uchraydi. O’simliklar kobaltni molibdenga nisbatan 300 m arta kam talab qiladi. Kobalt bakteriya va fermentlarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Kobalt ta’sirida qand lavlagining hosildorligi gektariga 30—35 sentnerga shakar miqdori esa 0,8% ga oshishi kuzatiladi.
Rux (Zn). Rux ham o’simliklar uchun zarur bo’lgan mikroelementlardan biri hisoblanadi. Rux o’simliklarning issiqlikka va sovuqlikka bo’lgan chidamliligini oshiradi, fosforning ko’proq o’zlashtirilishiga yordam beradi. Rux tanqisligida noorganik fosforning organik shaklga o’tishi sekinlashadi, shuningdek o’simliklar tanasida saxaroza va kraxmal miqdori kamayadi, azotning nooqsil shakldagi birikmalari to’planishi kuzatiladi. Rux yetishmaganda o’simlik hujayralarining bo’linishi sekinlashadi, barglar och yashil (ba’zan oq) tusga kiradi, shakli o’zgaradi, poyadagi bo’glim oralari qisqaradi, mevalar burishib qoladi. Ruxning tanqisligiga grechixa, xmel (qulmoq), qand lavlagi, kartoshka, qizil beda o’ta sezgir bo’ladi. Shuni ham aytib o’tish kerakki, begona o’tlar madaniy ekinlarga nisbatan ruxga boyligi bilan ajralib turadi. Ninabargli o’simliklar tarkibida va shuningdek, zaharli zamburug’larning tarkibida rux ko’p uchraydi. Dala ekinlarining ruxga bo’lgan talabi mevali daraxtlarga nisbatan pastroq bo’ladi. So’nggi vaqtda rux mikroelementini vitaminlar, jumladan “C” vitaminning to’planish jarayoni bilan bog’liq ekanligi aniqlangan. M.Ya. Shkolnikning tekshirishlariga ko’ra, rux mikroelementi o’simlikning yaproq va poyalarida uglevodlar miqdorini ko’paytiradi, bu esa o’simliklarning sovuqqa, qurg’oqchilikka va sho’rtob tuproqlarga chidamli bo’lishiga bevosita bog’liq. Rux birikmasi tuproq chirindisi tomonidan oson yutiladi, shuning uchun ham bu mikroelementning bir qismi tuproqning chirindili qavatiga chiqadi. Tarkibida rux bo’lgan mikroo’g’itlar tuproqqa solinganda o’simlik azot, fosfor, kaliy, kalsiy birikmalarini yaxshi o’zlashtiradi. Bu mikroelement tuproq makroorganizmlari uchun ham zarur hisoblanadi. Dala ekinlari hosili orqali har yili 1 gektar yer hisobida 75—250 g rux olib chiqib ketiladi. Download 366.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling