REJA: - Agrokimyoning yuzaga kelishi
- Agrokimyoning rivojlanishi
- Agrokimyoning nazariy asoslari
Agrokimyo fani dehqonchilikning hayotiy zarur talablari asosida yuzaga keldi. - Agrokimyo fani dehqonchilikning hayotiy zarur talablari asosida yuzaga keldi.
- Ma’lumki, dehqonchilik insoniyat tarixidagi eng qadimiy ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. Dehqonlar juda qadim zamonlardan buyon tuproq unumdorligini oshirish uchun turli tuman vositalardan foydalanib kelganlar. Bu vositalar ko‘p hollarda tavakalchasiga ishlatilsa ham, o ‘zining ijobiy natijalarini bergan.
- Masalan, qadimgi rimliklar tuproqqa chorva mollarining axlatlaridan tashqari kul, gips, ohak va mergel kabi mineral moddalarni ham solish lozimligini yaxshi bilganlar. Tuproqning tiplariga qarab mergelning turli xillarini qo‘llash yaxshi natija berishini e’tirof qilganlar. Shuningdek, ekinlar almashlab ekilganda, tuproqqa solinadigan moddalar yakka ziroatchilikdagidan ko'ra yuqori samara berishi amalda isbotlangan.
Ayrim o'simliklarning gullash davrida urib, tuproqqa aralashtirib yuborish, izidan ekiladigan ekin hosildorligini sezilarli darajada oshirishi Vezuviy vulqoni yon bag‘irlarida lyupin o‘simligini yetishtirish jarayonida aniqlangan. - Ayrim o'simliklarning gullash davrida urib, tuproqqa aralashtirib yuborish, izidan ekiladigan ekin hosildorligini sezilarli darajada oshirishi Vezuviy vulqoni yon bag‘irlarida lyupin o‘simligini yetishtirish jarayonida aniqlangan.
- Lekin tuproqqa aralashtirib yuborilgan ko‘k massa uni azot bilan boyitishini, shuningdek, vulqon lavasi tarkibidagi ko‘p miqdordagi qiyin eriydigan fosfor va kaliyni lyupinning ildizidan ajraladigan nordon suyuqlik eritib, o‘simlik o‘zlashtira oladigan holatga o‘tkazib berishini mahalliy aholi bilmagan, albatta.
Meksikada yashagan hindu qabilalari o‘zlarining ehtiyojlaridan ortib qolgan, shuningdek, to ‘lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan baliqlarni maydalab, tuproqqa solish, makkajo‘xori hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni kuzatganlar, lekin uning mohiyatini tushunib yetma- ganlar. Dehqonchilik «kashf qilingan» ilk davrlarda insonlar hosil taqdirini bevosita xudolarning nomi va faoliyati bilan bog'laganlar. - Meksikada yashagan hindu qabilalari o‘zlarining ehtiyojlaridan ortib qolgan, shuningdek, to ‘lqinlar qirg‘oqqa chiqarib tashlagan baliqlarni maydalab, tuproqqa solish, makkajo‘xori hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni kuzatganlar, lekin uning mohiyatini tushunib yetma- ganlar. Dehqonchilik «kashf qilingan» ilk davrlarda insonlar hosil taqdirini bevosita xudolarning nomi va faoliyati bilan bog'laganlar.
- Lekin vaqt o‘tishi bilan agrotexnika tadbirlarining, shu jumladan o‘sim- liklarni oziqlantirishning dehqonchilikdagi ahamiyati yaqqol namoyon bo‘la bordi va bu masalaga oid asarlar paydo bo‘ldi. Masalan, o‘z davrining mashhur kishisi Kolumellaning asarlarida dehqonchilikka oid kitob yozgan 50 dan ortiqroq tadqiqotchining nomi keltirilgan.Lekin ularning juda ham kam qismi bizgacha yetib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |