Agrologistika va biznes
Download 289.76 Kb.
|
Qodirova M.
Qoraqolpogiston. Bugunda Qoraqolpogiston hozirgi davr va qadim o’tmishni bog’lovchi tirik rishtasidir. Bu yer qiziqarli va takrorlanmas joylari, kutilmagan topilmalari va kashfiyotlari bilan o’zining afsona va sirlarini bo’lishishga tayyor.
Qoraqolpog`istonda joylashgan Qirq-Qiz, Ayoz- Qala, Janbus-Qala, Ishan-Qala maqbarasi, betakror Tuproq-qala va boshqa tarixiy-memoriy yodgorliklar ilmiy va ma’daniy qiziqishni uyg’otadi, mahalliy va chet el sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. An’analar. Buyuk Ipak Yo’li chorrahasida yashovchi o’zbek xalqining an’ana va odatlari ko’plab asrlar davomida zaroastritlar, so’g’diylar, baqtriyaliklar va ko’chmanchi qabilalar urf odatlari va shuningdek islom dini urf-odatlari tasiri natijasida shakllandi. O’zbekiston bo’ylab sayohat mobaynida, sayyohlar nafaqat me’moriy yodgorliklarni ko’rishi va shuningdek xalq bayramlarini nishonlashda ham ishtirok etishlari mumkin.(Misol uchun Navro’z yangilanish, bahorgi bayram 21-mart kun va tun teng bo’lgan vaqt). Har bir yo’nalish sayyohlar mahalliy xalqni yashash tarzini ko’rish, milliy taomlarni tatib ko’rish va falklor shou dasturlarini ko’rish uchun mahalliy xonadonlarga tashrifni o’z ichiga oladi. Ayniqsa turli tumanligi bilan o’zbek milliy oshxonasi diqqatga sazovor. Taomlar, ajdodlarning boy tajribasiga asoslangan xolda, o’zbek xalqining xayot tarzi va madaniyatini aks ettiradi. Har qanday nozik tabli xo’rranda ham zirovarlar isi bilan to’lgan o’zbek mehmonnavozligiga befarq tura olmaydi. Borsa Kelmas ko‘li (Orol dengizidagi xuddi shu nomdagi boshqa orol bilan adashtirmaslik kerak) Borsa Kelmas chuqur ko‘li Ustyurt platosida joylashgan bo‘lib, taxminan 30 million yil muqaddam Tetis qadimiy dengizining bir qismi bo‘lgan. Hozirda dengiz o‘rnida Qoraqum, Qizilqum, Ustryurt platosi va ushbu ko‘l qolgan. Ko‘lning nomi haqiqatga mos tushadi, unga yaqinlashish juda xavfli – ko‘plab jarliklar va ingicha tuz qatlami bilan qoplangan daryoning muzlamay qolgan joylariga duch kelish mumkin. Biroq, mahalliy fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, agarda rezina etiklar kiyib olib, botqoqlikdan eson-omon o‘tib olsa, ko‘lning ustki qismigacha chiqish mumkin, u yer esa xuddi tosh kabi qattiq, hamda ko‘l bo‘ylab sayr qilsa bo‘ladi. Hattoki suvda yurish! Biroq, juda-juda sho‘r suvda. 2.Paltov daryosi vodiysi.
3.Varaxsha. Buxoroga borsangiz, Varaxsha – Buxoroda arablar istilosiga qadar hukmronlik qilgan Buxorxudotlar qarorgohi joylashgan qadimiy shaharni albatta borib ko‘ring. Varaxsha Buxoro g‘arbida, yarim soatlik yo‘lda joylashgan bo‘lib, 100 ga. maydonni egallaydi. Varaxsha saroyi freskalarini tadqiq qilish, shahar eramizning V asridan 11-asriga qadar bor bo‘lganini ko‘rsatdi. Olimlarning taxminicha, Varaxshadagi hayot mintaqada suvning yetishmasligi tufayli to‘xtab qolgan. Qachonlardir esa bu yer Buxoroga barobar joy bo‘lgan. Bugungi kunda Varaxsha – bu xarobalar, ularni ko‘rib uzoq o‘tmish haqida fikrlar uyg‘onishi tabiiy. 4. Sitorai Mohi-hosa — “Yulduzlar va oy bilan barobar saroy” Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxonning shahar tashqarisidagi qarorgohi. Amir Olimxon Buxoroni Qizil armiya 1920 yilda bosib olgunga qadar boshqargan. Bino ikki rus muhandisi tomonidan loyihalashtirilgan, uning bezak ishlari bilan esa o‘sha vaqtning eng yaxshi usta-hunarmandlari shug‘ullangan. Arxitektura uslublarining bunday noodatiy uyg‘unligi boshqa hech qayerda uchramaydi. Ayni damda qarorgoh binosida amaliy san'at muzeyi joylashgan. Biroq asosiy eksponat, albatta, saroy binosining o‘zidir. Aynan shu yerdan Buxoroning so‘nggi amiri Afg‘onistonga qochib o‘tishga majbur bo‘lgan. Hukumat tomonidan turizm sohasini modernizatsiya qilish, davlatda transport va mexmonhona infrastrukturasini yaxshilash, hamda turizmda normativ-huquqiy bazani mukammallashtirish sohalarida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Turizm mahsulotlarini horijda tanitish maqsadida “Mega-info-tur” – tanishuv safarlari marketing loyihasi horijiy turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vakillari uchun amalga oshirilib kelinmoqda. Shu kabi safarlar turistik mavsumlarning kengaytirish, vatanimizga keluvchi turistlarning oqimlari muddatini optimallashtirish, hamda O’zbekistonda har bir fasl turistlar uchun o’ziga hos bo’lishini ko’rsatib berishda muhim ro’l o’ynaydi. Bundan tashqari O’zbekistonning turistik salohiyatini qo’llab-quvvatlashda UNWTOning rahnamoligida o’tadigan, Toshkentdagi xalqaro “Ipak yo’lidagi turizm” yarmarkasining ham ahamiyati juda katta. Bu yarmarkaning asosiy maqsadi turizm sohasidagi o’zbek hamda horij mutahassislarini birlashtirish, ular o’rtasida professional hamkorlikni yanada kengaytirishdan iborat. Bugungi kunga kelib bu xalqaro yarmarka Markaziy Osiyodagi eng yirik ko’rgazmalardan biri sifatida nom qozongan. Afsonaviy o’tmishi, Ipak Yo’lining tarixiy-muhandislik merosi, tabiatining ajoyib manzaralari, avloddan-avlodga o’tib keluvchi mahalliy hunarmandchilik, xalqning mehmondo’stligi va insoniy qadriyatlari bilan sayyohlarni hayratga soluvchi, mahliyo qiluvchi shu bilan birga ularni hursand etuvchi O’zbekiston barcha burchaklaridan kishilarni o’ziga jalb etadi. Nahotki yirik bir sayyohlik salohiyatiga ega davlat bo‘la turib, bitta shaharchalik natijaga erisha olmasak? Raqamlarda mamlakatimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani qayd etilgan. Agar mamlakatimizda asosiy sayyohlik mavsumi mart oyining o‘rtalarida boshlansa va dastlabki mavsum yakuni iyun oyi so‘ngiga qadar bo‘lsa, shu davr mobaynida shuncha sayyoh kelib ketishini tasavvur qilish qiyin. Qolaversa, bizda mehmonxonalar yetarli emas, bori ham Yevropa mamlakatlarining mehmonxonalari narxi bilan deyarli teng va har yili narx sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Bu borada yana Parijga «murojaat» qiladigan bo‘lsak, u yerda shahar va uning atrofidagi hududlardagi mehmonxonalar soni 4.260 tani tashkil etar ekan. Bizda esa bu ko‘rsatkich respublika miqyosida 4 yarim barobarga past, ya'ni, yurtimiz bo‘yicha atigi 750 ta mehmonxona mavjud. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni tashkil etadi. Bu judayam past ko‘rsatkich. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa 433 tadan iborat. Download 289.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling