Agronomiya va biotexnologiya fakulteti
Download 1.87 Mb.
|
Jo`raqulov Abbos
Fototrof bakteriyalar A.ning boshqa maxsus guruhini tashkil etadi. Kislorodga boʻlgan talabiga koʻra A.ning obligat va fakultativ guruhlari farq qilinadi. Obligat A.da metabolizm kis-lorod ishtirokisiz boradi, fakultativ A. (mas, denitrifikatorlar) anaerobioz holatdan kislorodli muhitda yashashga utishi mumkin. Anaerob muhitda ok-sidlanish energiyasi kam boʻlganidan A. faoliyati tufayli juda koʻp qaytarilish mahsulotlari – spirtlar, yogʻ kislotalari va boshqa hosil boʻladi. A. muhitdagi kislorod aerob organizmlar tomonidan batamom oʻzlashtiriladigan sharoitda (mas, suv tubidagi balchiqda, ifloslan-gan oqova suvlarda) rivojlanadi
A.dan mikrobiologiya sanoatida spirtlar va organik kislotalar ishlab chiqarish, oqova suvlarni tozalashda keng foydalaniladi. Ay-rim A. ogʻir infeksion kasalliklar (qoqshol, gazli gangrena va boshqalar)ni kel-tirib chiqaradi. Haqiqiy A. bilan birga ayrim umurtqasizlar orasida kislorod tanqisligiga vaqtincha moslashgan turlari ham bor. Ayrim obligat A. kislo-rodga juda sezgir boʻlganidan kislo-rodli muhitda juda tez halok boʻladi. Issiq suvli havzalardan va suvning chuqur qatlamlaridan topilgan A. Yer yuzida paydo boʻlgan eng qadimgi organizmlar boʻlishi mumkin.
Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling