Agrosanoat majmualarini toza suv bilan ta’minlashda elektr nasoslarining o‘rni. F. R. Xursanov, I. J. Xolmirzayev, J. I. Shoberdiyev


Download 19.55 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1105614
  1   2   3
Bog'liq
1-sho‘ba


AGROSANOAT MAJMUALARINI TOZA SUV BILAN TA’MINLASHDA ELEKTR NASOSLARINING O‘RNI.
F.R.Xursanov, I.J.Xolmirzayev, J.I.Shoberdiyev
(TMTI)
Kirish.Hozir yеr yuzida jahonda million yillar oldin bo‘lganidek, 40000 km3 chuchuk suv mavjud. Lekin dunyo aholisi 1820-yilda 1 milliard bo‘lgan bo‘lsa, hozirda esa bu ko‘rsatgich 7 milliarddan oshmoqda. Hindiston aholisining o‘zi 1,2 milliardni tashkil qilmoqda. Suv miqdori esa shu davr ichida o‘zgargani yo‘q. Buning ustiga ko‘p miqdorda yеrlar o‘zlashtirish, ko‘plab sanoat korxonalarini qurish chuchuk suv sarfini ko‘paytirmoqda. Shuning uchun ham odamlarni toza va chuchuk ichimlik suvi bilan ta’minlash butun dunyo oldida katta muammo bo‘lib turibdi.
Hozirgi kunda Respublikamizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan oqilona foydalanishi va uning muhofaza qilinishi, shuningdek barcha suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari tomonidan suv olishning belgilangan meyorlariga rioya etilishi, hisobga olish va hisobotlarning belgilangan tartibda yuritilishi lozimligi ta’kidlanmoqda.
Asosiy qism.Respublikamiz katta energiya sig‘imli nasos stansiyalarida elektr energiyasi iste’molining samaradorligini oshirish, energiya tejamkor ish rejimlarini ishlab chiqish, hamda energiya va resurs tejamkorlik texnika va texnologiyalarni tadbiq etish tadbirlari amalga oshirilmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “.... iqtisodiyotda energiya sig‘imini va resurs sig’imini kamaytirish ....” bo‘yicha vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan nasos stansiyalarida elektr energiyasi va sug’orish suvini tejash rejimlarini ta’minlash masalalari, nasos stansiyasini ravon ishga tushirish va dinamik rejimlarini yumshatish muammolari va sug֮‘orish nasos stansiyalar uchun elektr energiya sarfini aniqlash metodikasini ishlab chiqish muhim masalaridan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3238-sonli “Zamonaviy energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari ham ushbu sohaga jiddiy e’tibor berish lozimligini anglatadi.
Suyuqlikni bosim yordamida siljitish energiya hosil qiladigan gidravlik mashina nasos deb ataladi. Nasos va elektyuritma, uzatuvchi mexanizm (mufta, reduktor, shkivlar va h.k) yig‘indisi nasos agregatini hosil qiladi. Nasoslarni kerakli rejimda ishlashini ta’minlovchi va bir yoki bir nechta nasos agregatlari, uzatish trubalari, rostlash armaturasi, kontrol nazorat apparatlari, ya’ni boshqarish va himoya apparatlaridan tashkil topgan kompleks jihozlar nasos uskunasini tashkil etadi. Bitta yoki bir nechta nasos uskunalari, energiya ta’minotli, ya’ni qo‘shimcha yordamchi mexanizmlar joylashgan, ob’ektni ishlash holatini ta’minlovchi imorat nasos stansiyasi deb ataladi.

Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling