Agrosanoat majmuasi


Agrosanoat majmuasining tarkibi (tuzilmasi)


Download 226.5 Kb.
bet2/5
Sana05.04.2023
Hajmi226.5 Kb.
#1274708
1   2   3   4   5
Bog'liq
Agrosanoat majmuasi polentsiali

2. Agrosanoat majmuasining tarkibi (tuzilmasi)
Mamlakat agrosanoat majmuasi 4 ta sohadan tashkil tapadi. Bular quyidagilardir.
1-soha. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari (tizimi) uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi soha. Bu sohaga agrosanoat majmuasi uchun mashina, traktor, kombayn, stanoklar, ishchi mashinalar ishlab chiqaradigan mashinasozlik, mineral o’g’it va ximikatlar ishlab chiqaruvchi kimyo sanoati, chorvachilik uchun omuhta em ishlab chiqaruvchi korxonalar, qishloq xo’jaligi ekinlari va chorva mollari uchun dori darmon ishlab chiqaruvchi ixtsoslashgan korxonalar kabilar kiradi.
2-soha. Qishloq xo’jaligining o’zi. Bu soha agrosanoat majmuasining asosini, yadrosini tashkil etadi va majmuaning bashqa sohasiga kiruvchi tarmoqlar asosan shu tarmoq mahsulotlari asosida faoliyat yurtadilar yoki xizmat ko’rsatadilar. Qishloq xo’jaligi o’z navbatida qsmlikchilik va chorvachilik tarmoqlariga bo’linadi. Bundan tashqari agrosanoat majmuasining ikkinchi sohasiga, pillachilik, asalarichilik, qisman o’rmonchilik (tabiiy oziq-ovqat va dorivor o’simliklar etishtirish) hamda baliqchilik kiradi.
3-soha. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga etkazib beruvchi tarmoqlar yig’indisidan iborat. Paxta zavodlari, go’sht, sut zavodlari, meva sharbatlari chiqaruvchi zavodlar, yog’-moy zavodlari, junni, kanopni, pillani qayta ishlash zavodlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yoki ularni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni saqlaydigan korxonalar, ularni sotish bilan shug’ullanuvchi korxonalar shu sohaning tarkibini tashkil etadi.
4-soha. Agrosanoat majmuasi infratuzilmasi. Infratuzilmaning o’zi ikkiga bo’linadi. Birinchi qismi ishlab chiqarish infratuzilmasi bo’lsa, ikkinchi qismi ijtimoiy infratuzilmadir. Mamlakat agrosanoat majmuasining umumiy ko’rinishini quydagicha ifodalash mumkin:



1-chizim. O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasining tarkibi


Ana shu 4 ta sohaga kiruvchi tarmoqlar birlashib, mamlakatning yagona agrosanoat majmumasini tashkil etadi.



Download 226.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling