Agrosanoat majmuasi


Agrosanoat majumasining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni


Download 226.5 Kb.
bet3/5
Sana05.04.2023
Hajmi226.5 Kb.
#1274708
1   2   3   4   5
Bog'liq
Agrosanoat majmuasi polentsiali

. Agrosanoat majumasining mamlakat iqtisodiyotidagi o’rni

Mamlakat iqtisodiyotida agrosanoat majmuasining ahamiyati va o’rni juda katta. Uning o’rni eng avvalo mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog’i balan belgilanadi. Bugungi kunda mamlakatda yaratilayotgan yalpi mahsulotning 70 foiziga yaqini agrosanoat majmuasida ishlab chiqariladi. Respublika agrasanoat majmuasi eksportbob mahsulotlar etishtiradi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan qattiq valyuta tushumini ta’minlaydi. Mamlakat iqtisodiyotiga tushayotgan qattiq valyuta iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilishga, yurt havfsizligini ta’minlashga, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish maqsadlariga sarflanadi. Hozirda qattiq valyutaning 70 foizdan ko’prog’i shu majmua mahsulotlarini sotishdan tushadi. Agrosanoat majmuasi mamlakatdada mavjud ijtimoiy muammolarni yumshatishda asosiy rolni o’ynaydi. Majmua aholi uchun ish joylari beradi. Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi aholisi 2005 yilning 1 sentyabr holatiga 26 mln kishini tashkil etadi. Mamlakat aholisining o’rtacha yoshi nisbatan yosh hisoblanadi. Aholining 60 foizidan ko’prog’i o’smir va yoshlarni tashkil etadi. Bu holat mamlakat iqtisodiyoti oldida yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Chunki nisbatan yosh aholiga ega bo’lish aholining tabiiy o’siga nisbatan mehnat resurslarining tez o’sishiga olib keladi. Masalan respublika aholisining tabiiy o’sishi 2000-2004 yillarda yiliga o’rtacha 1,7 foizni tashkil etgan holda mehnat resurslari shu yillari ichida 2,3 foizga oshgan. O’zbekiston Respublikasi mehnat resurslarining 75 foizidan ko’prog’i agrasanoat majmuasida band. Mamlakat iqtisodiyotidagi asosiy tarmoqlar shu majmuaga kirganligi sababli asosiy fondlarning (aktivlarning) asosiy qismi agrosanoat majmuasida faloiyat ko’rsatadi. O’zbekiston respublikasi iqtisodiyotining juda katta resurslari agrosanoat majmuasi tarmoqlarida joylashganligi uning ahamiyatini yanada oshiradi. Bu resurslarni takror ishlab chiqarish, mamlakat agrosanoat majmumasining rivojlanishi, aholining turmush darajasini oshirish to’g’ridan – to’g’ri shu majmuaning faloyati bilan bog’liq. O’zbekiston Respublika agrosanoat majmuasining faoliyati samarali bo’lsa, halqning turmush darajasi yuqori bo’ladi yoki aksincha. Shu sababli agrosanoat majmumasini rivojlantirish respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’lanishi sifatida belgilangan.





Download 226.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling