Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifalari


Agrosanoat majmuining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi


Download 52.97 Kb.
bet4/7
Sana21.06.2023
Hajmi52.97 Kb.
#1641019
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu. Agrosanoat majmuasining mohiyati, tarkibi va vazifal

Agrosanoat majmuining iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi

Agrosanoat majmuiga kiruvchi barcha tarmoqlarning eng asosiy vazifasi-pirovard mahsulotga ketgan jami harajat sarfini pasaytirish. Qishloq xo’jaligida pirovard mahsulot deganda, tarmoqdan tashqari bevosita iste’molchiga yoki sanoatda qayta ishlash uchun sotiladigan mahsulot tushuniladi.


Mahsulotning tarmoq ichidagi oboroti (aylanishi) pirovard natijada ifodalanmaydi. U bu yerda oraliq mahsulot bo’lib namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining sanoatda qayta ishlanmasdan turib aholi iste’moliga tushadigan qismi (g’alla, sabzavot, kartoshka, sut, go’sht va boshqalar) agrosanoat majmui pirovard mahsulotiga qo’shiladi.
Qishloq xo’jaligi, eng avvalo, qayta ishlovchi sanoat uchun xom-ashyo, material ishlab chiqarishga asoslanadi, uning faoliyatining iqtisodiy natijalari esa tarmoqlararo balans shartlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining pirovard natijasi agrosanoat majmui nuqtai nazaridan qaraganda oraliq natija hisoblanadi.
Butun agrosanoat majmuining sifatli harakat qilishi faqat qishloq xo’jaligi tarmog’ining faoliyatigagina bog’liq bo’lmay, pirovard mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishda ishtirok etadigan barcha zvenolarning sifatli faoliyat yuritishiga bog’liq.
Agrosanoat majmuining pirovard mahsuloti ma’lum bir vaqt davomida yaratilgan va shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’moliga tushadigan jami mahsulotlar to’plamidir. Natura shaklda pirovard mahsulot quyidagilardan tashkil topadi:

  • Bevosita aholiga tushadigan qishloq xo’jaligi mahsuloti;

  • Qishloq xo’jaligi xom-ashyosidan tayyorlanadigan iste’mol buyumlari;

  • Qishloq xo’jaligi mahsulotlari va uni qayta ishlash predmetlari;

  • Agrosanoat majmui birinchi sohasi tarmoqlari mahsulotlari.

Agrosanoat majmui pirovard mahsulotning tarkibiy tuzilishi alohida tarmoqlar mahsuloti qiymatini jami ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga bo’lib foizlarda aniqlanadi. Pirovard mahsulot qiymati tarkibining o’zgarishi agrosanoat majmuidagi aniq tarmoqlar mahsulotlari, tovar va xizmatlarining oshishi yoki pasayishiga bog’liq.
Agrosanoat majmuidagi korxona va tashkilotlar pirovard mahsuloti tarkibiga barcha tovar mahsulotlar va ko’rsatilgan xizmatlar hajmi, shuningdek, xodimlarga berilgan yoki sotilgan va umumiy ovqatlanishga va xo’jalikdagi boshqa zaruriyatlarga foydalanilgan mahsulotlar kiradi.
Pirovard mahsulot (PM) yalpi mahsulot (YaM) (tovar va xizmatlar) hajmi bilan aniq tarmoqda bevosita iste’mol (I) uchun foydalanilgan uning ma’lum bir qismi o’rtasidagi farq sifatida hisoblaniladi:



Agrosanoat majmui pirovard mahsulotning qiymati (PMQ) – qishloq xo’jaligida yaratilgan sof mahsulot qiymatidan (SMQQ/X), oziq-ovqat, yengil sanoat tarmoqlari sof mahsuloti qiymatining (SMQO/O.Ye) bir qismidan, shuningdek, transport, aloqa va muomila sohalari sof mahsuloti qiymatining (SMQT.A.M.) bir qismidan tashkil topadi.





Agrosanoat majmuining samarali faoliyat ko’rsatishi uchun tarmoqlar moddiy texnika bazasining me’yorda bo’lishigina emas, balki shu majmuaga kiruvchi barcha sohalarning proporsional rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Agrosanoat majmuidagi barcha faoliyatlarning natijasi qishloq xo’jaligi bilan majmuaning boshqa tarmoq va ishlab chiqarishlari o’rtasidagi muvofiqlik va rivojlanish bilan aniqlanadi.


Agrosanoat majmui muvaffaqiyatli rivojlanishining muhim sharti barcha qatnashuvchilarning pirovard mahsulot olishdagi moddiy manfaatdorligi hisoblanadi. Bu shart ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida agrosanoat majmui tarmoqlari faoliyatidagi yuqori faollikka aylanadi, chunki qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari baholari o’rtasidagi nomuvofiqlik bunga asosiy sabab bo’ladi. Agrosanoat majmui ishlab chiqarishi va tarmoqlarining iqtisodiy samaradorligi alohida sohalar faoliyatlari darajasi va pirovard mahsulotlarini aks ettiruvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi orqali ifodalanadi. Agrosanoat majmui samaradorligining asosiy ko’rsatkichi, aholi jon boshiga to’g’ri kelgan qishloq xo’jaligi xom ashyosidan olinadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari miqdori hisoblanadi. Bu boshqacha qilib aytganda, mamlakat aholisini ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash mahsuloti hisoblangan, ya’ni yengil va to’qimachilik sanoati mahsulotlari bilan ta’minlash darajasidir.
Agrosanoat majmui samaradorligini xarakterlash uchun o’rtacha bir xodimga to’g’ri kelgan pirovard mahsulot qiymati, bir so’mlik ishlab chiqarish xarajatlariga to’g’ri kelgan pirovard mahsulot qiymati va bir so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga to’g’ri kelgan pirovard mahsulot qiymati ko’rsatkichi hisoblaniladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblash quyidagi formula shaklida ifodalanadi:









Buyerda:
MUASM –Mehnatunumdorligi, so’m


SASM - Samaradorlik, so’m
FQ - Fond qaytimi, so’m
PM - Pirovard mahsulot, ming so’m
XS - o’rtacha yillik xodimlar soni, kishi
I/Ch X –Ishlab chiqarishg xarajatlari, ming so’m
AI/Ch X- Asosiy ishlab chiqarish fondlari, ming so’m
Agrosanoat majmui faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida oraliq va pirovard natija o’rtasida uzilishga yo’l qo’ymaslik lozim. Buning uchun agrosanoat majmui barcha tarmoqlari va ishlab chiqarishlarini proporsional va muvofiq holatda rivojlantirishni ta’minlash, ularning moddiy-texnika ba’zasini mustahkamlash, pirovard mahsulotni olishda xodimlarning moddiy manfaatdorligini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash zarur.
Agrosanoat majmuini samarali rivojlantirish har bir soha, tarmoq va ishlab chiqarish xodimlariga me’yoriy sharoitlarni ta’minlash uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratadi. Bu ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarnikamaytirish, xodimlar kasallanishini kamaytirish, mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash bilan xarakterlanadi. Agrosanoat majmuiga kiruvchi korxona va tashkilotlarda ijtimoiy-madaniy obyektlarni qurish, ishlash va dam olishga ijtimoiy sharoitni yaxshilash, kadrlarni takror ishlab chiqarish uchun imkoniyat mavjud.



Download 52.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling