Agrosanoatda boshqaruv hisobi, uning prеdmеti va mеtodi
Download 14.54 Kb.
|
AGROSANOATDA BOSHQARUV HISOBI, UNING PRЕDMЕTI VA MЕTODI Boshqaruv hisobi ham boshqa fanlarga o‘xshab, o‘z predmeti, ob'ekti, tamoyili va metodlariga egadir hamda rivojlanish bosqichidadir. Boshqaruv hisobi predmeti va ob'ekti hamda qo‘llaydigan metodlari borasida ham yagona bir fikrga kelinmaganligini ko‘rsatmoqda.Fikrimizcha, boshqaruv hisobi predmetini ilmiy asoslash uchun mazkur masala bo‘yicha muqobil yondashuvlarni ko‘rib chiqish va tahlil qilish lozim. Ba'zi bir olimlar boshqaruv hisobini axborot funksiyasiga asosiy e'tiborini qaratishayotgan bo‘lsa, boshqalari boshqaruv hisobi predmetini uning muhim ob'ekti bo‘lgan rejalashtirilgan moliyaviy natijaga erishish uchun qilinadigan xarajatlar sifatida ta'riflamoqda. Olimlar o‘rganib quyidagicha fikrga keldilar: boshqaruv hisobining predmeti ishlab chiqarishni boshqarishning butun sikli jarayonidagi ob'ektlar majmuasi hisoblanadi. Shu bilan birga, hozirgi kun talabiga javob beradigan boshqaruv hisobining predmeti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish hamda innovasion faoliyatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xodimlarni tayyorlash va ishlab chiqarishda ijtimoiy-madaniy xizmatlar ko‘rsatish, tashqi muhit agentlari (mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar va kredit tashkilotlari)ning o‘zaro hamkorligini qamrab olishi kerak. Bizningcha, boshqaruv hisobining predmetiga sifat va jarayonni davom etish muddati ko‘rsatkichlari, sub'ektiv baholashlar, masalan, mijozlarni qoniqish darajasi, xodimlarning salohiyati va yangi mahsulotni ekspluatasion sifatlarini ham kiritish vaqti yetib keldi. Boshqaruv hisobi predmetining mohiyatini ob'ektlari ochib beradi. Boshqaruv hisobi bo‘yicha iqtisodchi olimlarning bu boradagi ishlari keltirilgan. Olimlar o‘rganish orqali quyidagi fikrga keldilar: boshqaruv hisobi ob'ektlariga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalari xarajati va xo‘jalik faoliyati 4 Download 14.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling