Agrotexnologiyalar instituti elektr energiyasi va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi
Aktiv issiqlik akkumulyatsiyalash bilan gelioissiqxonalar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
NOANANAVIY ma\'ruza 2023
Aktiv issiqlik akkumulyatsiyalash bilan gelioissiqxonalar
Issiqlikni aktiv akkumulyatsiyalash bilan gelioissiqxonalarda issiqlik akkumulyator orqali havoni majburiy sirkulyatsiyalanishidan foydalaniladi. Shuning uchun, bunday gelioissiqxonalarning xususiyati katta quvvatli ventilyatsiyalash tizimiga ega bо‘lish zarur. 7.3-rasmda Qarshi davlat universitetda ishlab chiqilgan gelioissiqxonalarning sxemalari keltirilgan. 7.3-Rasm Turli xil gelioissiqxonalarning sxemalari: A-yarim silindrik; B-angarli, ikki nishabli; V-blokli; 1-shaffof va 2-issiqlik izolyatsiyalangan sirtlar; 3-issiqlik akkumulyatorlari Odatda gelioissiqxonalar ikki qatlamli shaffof tо‘siqlarga ega bо‘ladi. Isitish mavsumining kunduzgi ochiq kunlarda gelioissiqxonada о‘ta qizish sodir bо‘ladi, ichki havoning temperaturasi t i ≥25..30 o S gacha yetib boradi. Bunday vaqtda issiqxonadagi issiq havo issiqlik akkumulyatori orqali haydaladi va issiqlikning bir qismini akkumulyator massiviga berib havo soviydi. Tungi paytda issiqlik yetishmasligi bо‘lganda, issiqxonadagi sovuq havo akkumulyatordan о‘tib qiziydi va issiqxonani isitishga о‘tadi. 63 Shunday qilib, kunduzgi vaqtda issiqliklik ortiqcha bо‘lganda u akkumulyatsiyalanadi va о‘ta qizish bartaraf etiladi, tungi paytda esa issiqlik yetishmasligi bо‘lganda - akkumulyatsiyalangan issiqlik istishda ishlatiladi. Quyosh energiyasi yetishmagan hollarda, ya’ni bulutli kunlarda va manfiy temperaturalarda an’anaviy issiqlik manbai qо‘shiladi. Issiqlik akkumulyatorlari tuproqli, suvli, toshli, g‘ishtli, betonli va hk. bо‘ladi. Ular tuproqda yoki issiqxona ichida prizmatik, silindrik, quvurli massivlar va baklar kо‘rinishida joylashtiriladi. О‘zbekiston sharoitida gelioissiqxonalarda issiqxonalarni isitish uchun sarflanadigan an’anaviy yoqilg‘ilarning 30...55% gacha tejashi mumkin. Gelioissiqxonalarning issiqlik balansini quyidagicha ifodalash mumkin: Q ий = Q у + Q аи + Q ак . (7.7) Gelioissiqxonaning τ vaqtdagi issiqlik yо‘qotishlari yoki isitishda issiqlik yuklamasi Q iy = K k F t (t i - t t ) τ ; (7.8) bu yerda K k - keltirilgan issiqlik berish koeffitsiyenti, Vt/(m 2 K); F t - tо‘siq sirtlarining yuzasi, m 2 ; t i , t t - ichki va tashqi havo temperaturalari, o S. Ichki havo temperaturasi t i 18...20 o S olinadi. О‘tgan radiatsiya miqdori Q u = τ o ρ o I F f τ ; (7.9) bu yerda τ o , ρ o - quyosh radiatsiyasini о‘tkazish va qaytarish koeffitsiyentlari; I - tushuvchi quyosh radiatsiyasining intensivligi, Vt/m 2 ; F f - shaffof tо‘siqli sirtlarning yuzasi, m 2 . An’anaviy isitishda tabiiy gazda ishlaydigan suvli kaloriferli avtonom qozon qurilmalardan foydalaniladi. An’anaviy isitish uchun qо‘shimcha issiqlik miqdori Q ai = η k η i Q kyo V yo τ ; (7.10) bu yerda η k η i - qozon qurilmasi va kaloriferning f.i.k.-lari; Q kyo - yoqilg‘ining quyi yonish issiqligi, Dj/m 3 ; V yo - yoqilg‘ining hajmiy sarfi, m 3 /s; Akkumulyatsiyalangan issiqlik Q ak = V a s a ρ a (t a - t i ) ; (7.11) bu yerda V a - akkumulyatorning hajmi, m 3 ; s a - akkumulyator materialining solishtirma issiqlik sig‘imi, Dj/(kg K); ρ a - materialning zichligi, kg/m 3 ; t a - akkumulyatorning о‘rtacha massali temperaturasi, o S. Gelioissiqxonaning samaradorligi yoki qoplash koeffitsiyenti f = Q u / Q iy . (7.12) Quyosh radiatsiyasi issiqligini akkumulyatsiyalash koeffitsiyenti k a = Q ak / Q u . (7.13) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling