Agroturizm tushunchasi va turlari
Qishloq joylarida turizm resurslari
Download 24.93 Kb.
|
Qishloq joylarida turizmni rivojlantirish imkoniyatlari
Qishloq joylarida turizm resurslari
Qishloq turizmi haqida gapiradigan bo‘lsak, XX asr boshlarida Sankt - Peterburg aristokratlari va ular qatoriga o‘zlarini qo‘yuvchi bylar ham Baden – Badenda dam olishga qurblari yetmagan. Bunday kishilar o‘sha vaqtlarda kurort rayon hisoblagan Martishkino (Peterburgning janubiy qismi)da yoki Finlyandiya poytaxtiga 30 km. lik yo‘l bo‘lgan Teriokoda arzon dala hovlilarni dam olish uchun ijaraga olishgan. Sababi, u yerda xorij pasportlarini rasmiylashtirish kerak bo‘lmagan. Bunday dala hovlilarni ijaraga oluvchi talabdorlar asosan ziyolilar bo‘lgan. Dam olish vaqti har qanday shaharlik uchun qishloqdami yoki hovlidami juda ham maroqlidir. Bu hayot talabi, me’yoridir. Har qachon ham dala hovlilarni yoki boshqa joylarni ko‘p yillar davomida ishonganva tekshirilgan joylarda dam olish uchun ijaraga olingan. Qishloq turizmining o‘ziga xos tomonlari shundaki, masalan, Sisiliyaning agrar viloyatlorida ishchi kuchi keragidan ortiqligi kambag‘al turistlarni yoki talabalarni ish haqi to‘lamasdan, boshrana va ovqat uchun ishga yo‘llash mumkin. Bunday «dam oluvchi» o‘sha yerga borib qaytishi uchun mablag‘ topsa bo‘lgani. Yo‘l-yo‘lakay bir-ikki kun plajlarda cho‘milish, muzeylarni, yodgorliklarni va boshqalarni ko‘rishi mumkin. Hozirgi vaqtda qishloq turizmi alog‘ida daromad keltirilgan tur hisoblanib, dunyo turizm bozorida alohida qat’iy o‘rin tutadi. Qishloq turizmi dengiz kurortlari kabi katta hajmlar bilan raqobatlasha olmasa ham, turizm sohasida muayyan o‘rin tutadi. Uni o‘rganib rivojlantirish alohida e’tiborga loyiq. Respublikaimz qishloq turizmi yo‘q darajada. Qishloqdagi aholining kamligi, tabiatning tozaligi, ekologik jihatdan qulayligi tufayli uning kelajagi bor. Aytish joizki, qishloqlarada turist bo‘lib turish, kurort zonalari yoki mashhur turistik markazlarga nisbatan ancha arzon. Hamma ham qimmatbaho turistik markazlarda dam ololmaydi, shu jihatdan qishloq turizmni rivojlanish katta ahamiyatga ega. Qishloq turizmi quyidagi hollarda amalga oshiriladi: qishloq joylarda aholida kategoriya odamlar uchun ularning pul mablag‘lari miqdoriga qaramay, masalan, oilaning an’analariga ko‘ra; vrach maslahatiga binoan qishloq iqlim sharoitlarida sog‘lomlashtirishni olib borishga ko‘ra; tabiat bilan yaqinlik, ko‘proq vaqtni toza havoda o‘tkazish maqsadiga; ekologik toza va arzon mahsulotlar bilan oziqlanish mumkinligi uchun; qishloq xo‘jaligi ishlari bilan band bo‘lish, ishlash uchun real imkonlar borligi; hayot uchun zarur bo‘lgan kerakli narsalarni topish maqsadida minglab kilometr masofani bosib o‘tirmaslik uchun; boshqa ijtimoiy guruhidagi odamlar bilan muloqotda bo‘lish, ularning madaniyati, urf-odati bilan tanishish, bayramlari va o‘yinlarida qatnashish imkoniyatini mavjudligi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, mamlakatimiz rekreatsiya resurslariga boy hisoblanadi. Rekreasiya resurslari bu - turli komponentlar birikmasidan iborat, insonning dam olishi va davolanishi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan vositalardir. Kelib chiqishi va foydalanish xususiyatlariga ko‘ra rekreasiya resurslari ikki guruhga ajratiladi: tabiiy va antropogen rekreasiya resurslari. Tabiiy rekreasiya resurslariga, hududiy tabiiy komponentlar birikmasidan iborat, go‘zal tabiat go‘sha(landshaft)lari kiradi. Ular daryo, ko‘l, dengiz bo‘ylari, tog‘ etaklaridagi o‘simlik dunyosi, xilma – xil manzarali joylar, mineral suvli shifobaxsh maskanlar bo‘lishi mumkin. Undan tashqari aholining dam olishi, sport bilan shug‘ullanishi, ov qilishi imkoniyatlari uchun keng hududlar, shahar atrofidagi yashil mintaqalar, park va bog‘lar yoki qo‘riqxona, milliy bog‘lar ham tabiiy rekreasiya resurslaridir. Download 24.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling