Ахборот муаммоси ҳозирги компьютер инқилоби шароитида, яъни ахборотни сақлаш ва узатиш вазифалари деярли машиналар зиммасига юкланган замонда унинг хавфсизлигини таъминлашга ҳамда мустаҳкамлашга эришиш долзарб вазифа ҳисобланади


Download 0.81 Mb.
bet1/22
Sana05.05.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1430529
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Ma\'ruza matni-1


MA’RUZALAR MATNI:

Axborot muammosi hozirgi kompьyuter inqilobi sharoitida, ya’ni axborotni saqlash va uzatish vazifalari deyarli mashinalar zimmasiga yuklangan zamonda uning xavfsizligini ta’minlashga hamda mustahkamlashga erishish dolzarb vazifa hisoblanadi.


XXI asrning asosiy strategik resurslaridan bo‘lgan axborotning tobora kishilar hayotining tarkibiy qismlaridan biriga aylanishi o‘z navbatida, bir qator muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, "axborotga ehtiyoj"ning tobora ortishi, haqiqiy va soxta axborotni qanday ajratish mumkin, zamonaviy dunyoda axborotni sanksiyalashmagan tarzda o‘zlashtirilishiga qarshi qanday kurashish mumkin, bu borada qaysi usul va vositalarga tayanish kerak shuningdek, axborot xavfsizligi xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida qanchalik yaxlit tizim bilan mutanosib kabi masalalar va ularning echimlari amalda mazkur tadqiqotning dolzarbligini va zaruratini belgilaydi. CHunki, xalq xo‘jaligining barcha sohalariga va jamiyatning barcha bo‘g‘inlariga zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal kirib borishi jarayonida har bir sub’ektning o‘z axborot xavfsizligi tizimiga ega bo‘lishi talab etiladi. O‘z navbatida bunday zarurat shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari bilan uyg‘un holda amalga oshirilishini taqozo etmoqda. Bunday xavfsizlik tizimini shakllantirish, takomillashtirish uning texnik, tashkiliy hamda siyosiy jihatlarini chuqur o‘rganish bevosita yaratilgan tizimning mustahkamligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ayni paytda, sohada kelib chiqayotgan turli muammolar xususan, muayyan axborotni ishlash va qayta ishlashga noprofessional yondoshuv, axborot manbasini tanlashda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, axborotlar bilan ishlash jarayonini mukammallashtirishni hamda bu borada mavjud muammolarni bartaraf etishning dolzarblashayotganini ko‘rsatmokda.
Global axborot makonida axborot xavfsizligi mustahkamligini ta’minlashda O‘zbekiston imkoniyatlarini o‘rganish va tahlil qilish zarurati tobora sezilmokda.
«CHunki, sir emaski, ba’zan beozorgina bo‘lib tuyulgan musiqa, oddiygina mulьtfilьm yoki reklama lavhasi orqali ham ma’lum bir mafkuraviy maqsadlar va intilishlar ifodalanadi»1.
"SHu o‘rinda axborotlashgan jamiyat barpo etishning eng nozik muammolaridan biri - axborot xavfsizligi masalasi nechog‘liq jiddiy masalaga aylanib borayotgani xususida to‘xtalmay bo‘lmaydi. Biz O‘zbekistonning siyosiy, ilmiy, madaniy va boshqa sohalarda dunyo miqyosida tobora keng e’tirof etilayotganidan faxrlanamiz, ayni vaqtda, shuni ham aytish kerakki, zamonaviy integratsiya tushunchasi dunyo axborot makonidan mustahkam o‘rin egallashni ham taqozo etadi. Hozirgi vaqtda bu boradagi salohiyatimiz qanday? O‘zbekiston xalqaro axborot makonini nechog‘li o‘zlashtirmoqda? Mamlakat ichidagi axborot makonining necha foizi milliy-mahalliy OAV zimmasiga to‘g‘ri kelmoqda? Respublika hududidagi barcha soha va tarmoqlarda axborot almashinuvi qoniqarli yo‘lga qo‘yilganmi? Bu kabi savollar ko‘p va ularning barchasiga birdek qoniqish bilan javob berish ham qiyin. Asosiysi, axborot makonini egallashga bo‘lgan intilish, bu boradagi hech qanday bo‘shliq egallanmay qolmasligi YUrtboshimizning ko‘plab chiqishlarida, ayniqsa, "Fidokor" gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida batafsil bayon etilgan. CHunonchi, Prezidentimizning "Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi" degan gaplarini bevosita axborot makonini egallash yo‘lidagi karashlarga daxldor desak yanglishmaymiz. Axborot makoni erkinligini yo‘lga qo‘yish o‘zgacha bir muammo bo‘lsa, ana shu erkinlik qiyofasida kirib keladigan tajovuzlar kuchaygan holatlarda undan muhofaza choralarini ko‘ra bilish yanada mushkulroq, yanada murakkabroq va qaltisroq muammodir"1.
Axborot xavfsizligi zarurati jinoyatchi guruhlar, terroristik tashkilotlarning ko‘payishi tufayli ham oshmoqda. CHunki, ular tobora mediamakonni egallashga urinishmoqda.
SHu bilan birga, tadqiqot mavzusining dolzarbligi quyidagi omillar bilan ham bog‘lanadi:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling