Tarmoq servislaridan foydalanish siyosatiga mos ravishda Internetda
servislar ro‘yxati aniqlanadi. Bu servislapga foydalanuvchilar cheklangan kirish
bilan ta’minlanadi.
Kirish usullarining cheklanilishi – foydalanuvchilar tomonidan Internet
servislariga chet yo‘llar orqali ruxsatsiz kirishni ta’qiqlash ma’nosini bildiradi.
Tarmoq servislariga kirish siyosati, odatda, quyidagi printsiplarga moyil
bo‘ladi:
- Internetdan ichki tarmoqqa kirishni ta’qiqlash, lekin ichki tarmoqdan
Inlernetga kirishga ruxsat berish;
- vakolatlangan tizimlarga Internetdan ichki tarmoqqa cheklanilgan kirishga
ruxsat berish.
Tarmoqlararo ekranlarga qo‘yiladigan vazifaviy talablar quyidagilardan
iborat:
• tarmoq darajasida filtrlashga talab;
• amaliy darajada filtrlashga talab;
• administratsiyalash va filtrlash qoidalarini o‘rnatish bo‘yicha talab;
• tarmoqli autentifikatsiyalash vositalariga talab;
• ishlarni qayd qilish va hisobni olib borish bo‘yicha talab.
Tarmoqlararo ekranlarning komponentlari sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin: filtrlovchi -yo‘llovchi; tarmok darajasidagi shlyuzlar; amaliy darajadagi
shlyuzlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |