Ахборот тизимларида ахборот хавфсизлиги тушунчаси
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborotni texnik tizimli himoya qilish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzu № 7 Uzluksiz qayd etish (protokollashtirish) va tekshirish (audit) Reja: 1. Protokollashtirish va audit tushunchalari, ularning dolzarbligi; 2. Protokollashtirish tamoyillari va vazifalari;
3. Bu xizmatlarning ko‘rinishlari va imkoniyatlari; 4. Aktiv audit xizmati va uning vositalari; 5. Aktiv auditning komponentlari va arxitekturasi.
1. Kim David. Fundamentals of Information Systems Security. -USA, 2014. - p.544.
2. Mark Stump. Information Security: principles and practice. -2 nd ed. -USA, 2011. -p.608. 3. Акбаров Д.Е. Ахборот хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик усуллари ва уларнинг қўлланилиши. -Т.: Ўзбекистон маркаси, 2009. -432 б. 4. Пардаев А.Х. ва бошқалар. Ахборот хавфсизлиги: муаммо ва ечимлар. -Т.:Ёзувчи, 2004. 5. Мамаев М., Петренко С.. Технологии защиты информации в интернете. -С/П:Питер, 2002. -844 с. 6. Соколов А.В., Степанюк О.М. Методы информационной защиты объектов и компьютерных сетей. -М.:Полигон-АСТ, 2000. -270 с. 7. Шнайер Б. Секреты и ложь: безопасность данных в цифровом мире. - С/П: Питер, 2003. -368 с. 8. Под рук. Сонникова В.Г. Технические методы и средства защиты информации. -М.: Полигон-АСТ, 2000. -314 с. 9. Ibragimov R.I., Tulaganova Z.X., Mamurova F.I., Boltayev A.X. «Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash» fani bo’yicha laboratoriya ishlari to’plami. - T.: ToshTYMI, 2011. -55 b.
berayotgan voqea-hodisalarning har biridan xabardor bo‘lish va lozim bo‘lganda ularga chora ko‘rishdir. Xabardor bo‘lish uchun ularni biror joyda qayd etib borish, ya’ni protokollashtirish lozim bo‘lsa, chora ko‘rish uchun avval ularni
tahlil qilish va shubhali yoki zararli holatlar ro‘y berganda buni aniqlash uchun har bir hodisani uzluksiz tekshirib, ya’ni audit qilib borish lozim. Yaxshi bilamiz- ki, tarmoq xilma-xil servislarga ega, demak ularning har birida turli ko‘rinishdagi voqea-hodisalar ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun bu voqea-hodisalarni servisga qarab emas, balki ularning ichdan yoki sirtdan bo‘ladigan ta’sir ostida ro‘y berishiga qarab sinflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu sinflashning ustunligi shundaki, agar tizim sifatida mahalliy tarmoq bilan ish ko‘radigan bo‘lsak, u aynan shu tarmoqning ichi va sirtini, agar korporativ tarmoq haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, o‘shaning ichi va sirtini ko‘zda tutadi. Ichki ta’sirlarga tizim iste’molchilari, administratori va tizim elementlari faoliyati natijalarini kiritish mumkin. Tizimga tashqaridan o‘tkaziladigan har qanday ta’sir natijalari esa tashqi voqea-hodisalar sirasiga kiradi. Protokollashtirish va audit yordamida quyidagi masalalarni yechish mumkin: - iste’molchi va administratorlarning hisobotlarini ta’minlash; - bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalarning ketma-ketligini tiklash; - axborot xavfsizligiga qarshi xatti-harakatlarni aniqlash; - tizimda bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni aniqlash va tahlil etish uchun zarur ma’lumotlarni yetkazib berish. Barcha voqea-hodisalarni qayd etishning ham o‘z qoidalari bor. Agar tizim juda muhim vazifa bajarsa va belgilangan vazifadan har qanday chetlashish noxush vaziyatni tug‘diradigan bo‘lsa, eng mayda tafsilotlargacha qayd etish lozim bo‘lsa, tizim faoliyatiga sezilarli ta’sir o‘tkazmaydigan voqea-hodisalarni qayd etish kundalik maqsadlarga ishlatiladigan tizimlar uchun maqsadga muvofiq bo‘lishi mumkin. Qayd etish batafsilligi darajasini aniqlash uchun bir qancha omillarni tahlil etishga to‘g‘ri keladi: protokollashtirishning ish sur’atiga va hotira taqsimotiga ta’siri, tahlil tezkorligi talablari va xarajat mablag‘ining korxona imkoniyatlariga mosligi, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani to‘liq qondira olishi va hokazolar shular jumlasidandir. Bu muammoga yondoshish talablari «Olovrang kitobda» muhokama etilgan va u umumiy xolda quyidagi omillarni qayd etish muhim deb hisoblaydi: - tizimga kirish (muvaffaqiyatli/muvaffaqiyatsiz); - tizimdan chiqish; - masofada joylashga tizimga murojaat; - fayllar ustida amallar (ochish, yopish, o‘chirish va nomini o‘zgartirish); - imtiyozlar yoki xavfsizlikning boshqa atributlarini o‘zgartirish (murojaat etish rejimi, iste’molchining ishonchlilik darajasini o‘zgartirish va hokazolar). Protokollashtirish jarayonida har bir hodisa uchun hech bo‘lmaganda ushbu ma’lumotlarni qayd etish maqsadga muvofiqdir: - hodisa vaqti va sanasi; - hodisa manbasi bo‘lgan iste’molchining shaxsiy identifikatori; - hodisa turi; - natijasi (muvaffaqiyatli/muvaffaqiyatsiz); - manbaning manzili (masalan, kompyuterning tarmoqdagi adresi yoki terminal nomi); - ta’sir etilgan obyektlar nomi (masalan, o‘chirilgan/ko‘chirilgan fayl, dastur yoki ma’lumotlar ombori nomi); - xavfsizlik ma’lumotlari omboriga kiritilgan o‘zgarishlarning mohiyati (masalan, biror obyekt uchun xavfsizlik atributlarini o‘zgartirish, aytaylik xavfsizlik metkasini). «Olovrang kitob» da kiritilgan yana bir tushuncha – bu tanlab protokollash, ya’ni iste’molchilarni ham, hodisalarni ham kuzatib borib, ularning ichida shubhaliroq tuyulganlarini protokollashtirishdir. Buning uchun kuzatish jarayonida oldindan tayyorlab qo‘yilgan namuna–etalonlar asosida bo‘layotgan hodisalarni maxsus parametrlari bo‘yicha arzimagan tahlil etib, agar natija qoniqarsiz bo‘lsagina shu hodisaga taalluqli tafsilotlar qayd etiladi. Protokollashtirish va auditning boshqa xavfsizlik vositalariga bog‘liq ekanligini aytib o‘tish joiz. Masalan, identifikatsiya va autentifikatsiya iste’molchi haqidagi birinchi ma’lumotni bersa, murojaatni mantiqiy boshqarish qayd etib qo‘yiladigan ma’lumotlarning to‘liqligi va konfidentsialligini himoya qiladi. Bu jarayonga kriptografiya ham o‘z hissasini qo‘shishi mumkin. Protokollashtirish va auditning yana bir xususiyati shuki – ular yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xujumlar oldini olishga xizmat qiladi. Axir qilayotgan ishinigizni kuzatib turishgani, uni qaerdadir qayd etib qo‘yishlari, ishning mohiyatini tahlil etishlari mumkinligini aniq bilsangiz o‘zingizni nojo‘ya xatti-harakatlardan tiyishingiz tabiiy-ku! Ayniqsa, tizim foydalanuvchisi har bir harakati - xattoki har bir bosilgan klavishgacha qayd etilishini bilsa! Bundan tashqari, qaydnomalar nafaqat xavfsizlik rejimi buzilishi щaqida ma’lumot beradi, balki uni iziga qaytarib oldingi щolatni tiklash (chunki buzishdagi harakatlar ketma-ketligi ma’lum-ku) uchun ham zarur ma’lumotlarni beradi va to‘liqlikni himoyalaydi. Buzish ketma- ketligini qayta ko‘rib chiqish servislarning zaif joylarini aniqlash, aybdorni topish, ko‘rilgan zarar miqdor va maydonini aniqlash hamda normal ish rejimiga qaytishni ta’minlaydi. Axborot xavfsizligini buzishga urinishlarni aniqlash auditning vazifasi. Shu paytgacha audit atamasining ma’nosi turli hisobot va щujjatlarni birma-bir ko‘zdan kechirib, ularning kamchiliklari bor-yo‘qligini aniqlash uchun ishlatilar edi. Ya’ni, bo‘lib o‘tgan voqealarning tahlili natijasida biror xulosa berilar edi. Auditning biz muhokama etayotgan mohiyati esa avtomatlashtirilgan tizimlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham sal o‘ziga yarasha farqlanadi. Tizimlar auditi ikki xil yo‘l bilan – davriy, ya’ni passiv ko‘rinishda ma’lum bir vaqt o‘tgach, shu vaqt ichida ro‘y bergan voqea-hodisalar qaydnomasi tahlil etilib xulosalar taqdim etilsa, aktiv ko‘rinishda har bir joriy soniyada ro‘y berayotgan щolatlar tahlil etiladi va kerakli tavsiya yoki xabarnomalar hosil qilinadi. Masalan, sovet hokimiyati davrida KGB yashirin xizmati topshirig‘i bilan ish yuritayotgan nemis xakerlarining faoliyatini fosh etishga yirik hisoblash markazining kundalik hisobotlarida har kuni amaldagisidan bir necha tsent farqlanish borligini tekshirish sabab bo‘lgan. Yana zaif joylarni aniqlagach, tizimni bir necha bor qayta konfigura-tsiyalash va qayta qurish hamda unumdorlikni tekshirish orqali murojaat etish imkoniyatining samarasini oshiradi. Turli vositalardan foydalanuvchi yirik tarmoqlarda proto-kollashtirish va auditni bir-biriga mos ravishda olib borish qiyin, chunki bu vositalarning imkoniyatlari qayd etishni amalga oshirishga yo‘l bermasligi mumkin. Masalan, axborot xavfsizligi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan marshrutizatorlar (tarmoqda axborot uzatish uchun eng maqbul «yo‘l xaritasi»ni tuzuvchi komponent) qayd etish imkoniga ega emaslar, shu sababli ularni boshqa servislar yordamida ekranlash va shu servislar orqali qayd etish zarur bo‘ladi. Yana turli servislarning voqea-hodisalarini o‘zaro bog‘lash ham o‘ziga yarasha muammolar tug‘diradi.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling