Ahmad Lutfiy Qozonchi
Download 164.49 Kb.
|
2 5274008372478215655
* * *Otasi Ismoilni qabristondan topgan kundan e’tiboran uning hayoti yaxshilanishga yuz tuta boshladi, ammo bu bir yilgina — otasining vafotiga qadar davom etdi. Otasi ham onasiday bir uyum tuproqqa aylandi. Sanihaxonim, Ismoil va Salima qoldilar. Uyni idora etish mutlaq Sanihaxonimning hokimiyatiga o‘tdi. Ismoil otasi topshirgan boshlang‘ich maktabni amallab tugatgan bo‘lsa-da, ota-onali bolalar uchun butunlay yot bo‘lgan qiyinchiliklarga duch keldi. Bitta daftar uchun ham Sanihaxonimdan pul olishni istamaganidan Chorsuda teshikkulcha sotdi, bozordan qaytayotganlarning yuklarini uylarigacha eltib berdi. Shunday yo‘llar bilan tirikchilik qilishga kirishdi. Maktabda har kun istaganini olib yeydigan boy bolalarining yonida ularday ovqatlanolmas, lekin uzun iztirobli hayot tajribasi o‘zini to‘q ko‘rsatishga majbur etishi shunga o‘xshash turmush kechirganlarga ma’lum. Tanaffuslarda o‘ynab-kulayogan sinfdoshlari orasidan sekin sirg‘alib bir chetga chiqib, mahzuillgini ko‘rsatmaslik uchun ularni tomosha qilganday bo‘lar, aslida onasining qabri tomondan esayotgan shamoldan ko‘ksini to‘ldirib nafas olar, ko‘zlari yoshlanardi. Bu holni ko‘rganlar nechun ko‘zi yoshli ekanini, o‘yinlarga qatnashmayotganini so‘rashardi. Ismoilning ko‘ziga shamol tufayli tuproq kirganmish, shu sababli yoshlanibdi. Balki ko‘rib chiqarish mumkindir». Ayni maqsaddauning ko‘zlariga sinchiklab qaragan sinfdoshi qanchalik tikilmasin, ko‘zida changdan nishonko‘rmasdi. Ba’zan uni doim tomosha qilayotgan holda ko‘rgan sinfdoshlari nechun o‘ynamayotganini bilishni istardilar. Javob oddiy: «tomosha qilishni yaxshi ko‘raman, o‘ynamoqni xushlamayman». Ba’zan bir jo‘rasi uni ko‘lidan tutib bog‘chaning boshqa tarafiga olib o‘tardi. Buni qasddan qilmasdi. Shunchaki, aylanish uchun... Lekin Ismoilning bir pasda bog‘ning avvalgi, o‘zi turgan tarafiga o‘tib qolganini bilmay qolardi. Qabriston tarafda laydo bo‘lgan bulutlar unga g‘alati zavq bag‘ishlar, lekin u bu g‘arib zavq tabiatini tushunolmasdi. Maktabdan qaytarkan, har kuni bo‘lmasa-da, g‘amgin qunlarida «qabriston tomondan Chorsuga borish kulayroq ekan», deya aylanib ketgan bu boladagi nozik tuyg‘ularni anglaydigan bormidi? Tashqaridan yuzaki qaraganlarga ko‘lida sumka ko‘tarib maktabdan chiqqan, Tim tagidan o‘tib ketayotgan bir bola. Lekin u qabriston eshigiga yaqinlashishi bilan tomog‘iga tugilgan achchiq tuyg‘ularni, egik boshini, mushtdek, balki g‘unchadek yuragida qo‘zg‘algan hayajon to‘lqinlariyu toshqinlarni va shularning barchasi bir bo‘lib ko‘ksidan ko‘tarilib kelayotgan yig‘ini bosish uchun tishini tishiga ko‘yib turishlarini anglaydigan kimsa bormi? Uning bu holini ko‘rguvchi, bnlguvchi yolg‘iz bir Borliq bor... Har kimning holini bilguvchi, hatto kimsaning o‘zi uchun-da maxfiy bo‘lgan har narsadan xabardor Allohdir. O’zini bu holda ko‘rsa, nimalarnidir sezadigan, uning dardiga hamdard bir inson bor yorug‘ dunyoda... Bu inson shu onda nimalar qilayotgan ekan, o‘zi qay holda ekan? Xabari yo‘q. Oradan shuncha yillar o‘tdi, balki u ham unutgandir? Yoki ko‘rsa tanirmikin? Buni bilmaydi. Lekin Chorsuda, bozorda kezarkan har ayolga e’tibor berar, uni axtarar, qaysi mahallada, qay uyda ekanini bilishni istardi. Bir kun teshikkulcha sotayotib bir deraza pardasi ortddan ko‘zga chalingan bir bosh uning aqlini shoshirar darajada sevintirdi. O’sha kundan so‘ng boshidagi teshik-kulcha solingantaxtabilanko‘chadano‘tayotganyuz-qo‘likirkulchachiningboshqasayyoh sotuvchilar kabi baqirib-chaqirmasligi Fotimaxonimning diqqatini nega tortmadi? Eshik oldida o‘ynab yurgan Odilaga teshikkulcha uzatganda olmadi. Balki bu onasi bergan tarbiya sababli, balki sotuvchining yuz-ko‘li qoraligi tufaylidir. Ismoil nechun o‘zini tanitishni istamadi, aksincha, yuz-ko‘zini tanimas holga solib, o‘sha ko‘chadan o‘tishni afzal ko‘rdi? Buning sababi undagi g‘ariblik, yolg‘izlik tuyg‘usidir. Balki Fotimaxonimdan avvalgi mehrni ko‘rmas... Bu uniumidsiz holga boshlardi. Balki tanisa ichkariga taklif etar, balki kirishini boshqalar istamas va u ham tez-tez kelishdan uyalar?! Holbuki, tanimasdan kelib-ketgan bu ko‘chada unga ahamiyat bergan yo‘q. Yuz- ko‘li kir bir kulchachi... Ha kelibdi, ha ketibdi, Kimning nima ishibor?! Uning irkitligini ko‘rganlar kulcha yeyish maqsadidan darhol voz kechardilar. Uning esa parvoyi falak. Zotan, u bu taraflarga teshikkulcha sotgani kelayotgani yo‘q-ku... Uning yagona muddaosi deraza oldida o‘tirishini Xudodan yolvorgan bir kimsasining oldidan o‘tib, unga uzoqdan, ikki lahza bo‘lsin boqmoq, unga yaqinlashgach esa bosh egib sekin- sekin uzoqlashmoqdir. Uning eshigi oldida uymalashishga jasorati yo‘q. Go‘yo tanib, chaqirib qoladiganday. Uning eshigi oldida boshqa ko‘chalarda baqirgani kabi baqirish yo‘q. Balki ovozini bir necha yil oldingi Ismoilning tovushiga o‘xshatib yuborar. Ammo qayg‘uga cho‘mgan kechalari chiqib shundoq qabriston eshigigacha va o‘sha ko‘chagacha kelish, bu kimsasiz ko‘chada kezish, Fotimaxonim bosgan izlardan yurish, Fotimaxonimning oyog‘i tekkan ostona yonida turish, uyquga ketganida uyi oldida qorovullik qilish hollari yo‘q emas edi. Bunga kim nima derdi?! Bormi bunga monelik qilguvchi?! Bir kun shu ko‘chadan o‘tayotganda o‘zidan kichikroq bir bola tirg‘aldi. Fotimaxonimning qo‘shnisi bo‘lgani uchun uni avf etdi. Odilbekning do‘konini bilib oldi. Ko‘p vaqt u yerda «balki uyiga biror narsa berib yuborar», degan umidda aylanib yuradigan bo‘ldi. Keyin Fotimaxonim tanib qolishini o‘ylab bu fikrdan voz kechdi. Boshlang‘ich maktabni sinfda qolmasdan bitirdi. Ammo tirikchilik to‘rlariga bandi etilganidan bundan buyog‘nga o‘qiyolmasdi. Zero, o‘qishni davom ettirish uchun faqat istakning o‘zigina kifoya qilmasdi. Bunnng imkoni yo‘q edi. Na ota-onasi tiriladi, na Sanihaxonim tushunadi. Tushunsa ham o‘qitishni xohlashi gumon edi, Teshikkulcha bilan qorin to‘ydirib bo‘lmaydi, shuning uchun boshqa bir ish qilish kerak degan o‘ydaedi. Bir kosib qarindoshiga shogird tushdi, Uydagi ahvoli bilan solishtirganda, shogirdlik unga unchalik og‘irlik qilmasdi. U yerdan tegadigan bir necha tiyin uning uchun muhim emas. Kasbni yaxshiroq o‘rganish uchun jon holatda tirishar, Sanihaxonimning osilgan qovog‘i, tund vajohatidan kutuladigan kunlarini xayol etib ishga kirishardi. Ustozi namoz o‘qshasa tayoq yeyishini, ish uchun urmasa ham namoz uchun urishini avvaldan ogohlantirgani sababli ibodatni kanda qilmas, ularda ota-onasini duo qilishni unutmasdi. Bu duolar ularga foyda keltirishini, onasining ruhi dunyoda qoldirgan yetimidan borgan hadya bilan sevinishini o‘ylab, bir oz bo‘lsada ko‘ngli rohatlanar edi. Ba’zan orttirgan bir necha chaqasi bilan bir faqirning ko‘nglini olmoqqa chiqar, ota-onasi uchun duo qilishini so‘rardi. Kunlar shunday o‘tardi. Jome’da Husayinning xutbasini eshitib iztirob cheqdi, havas qildi. Shunday bo‘lmoqni qanchalar istagandi. Balki Fotimaxonimday bir onasi bo‘lganda ana shu xutba o‘qigan o‘zi bo‘lishi ham mumkin edi. Jamoat chiqkuncha kutdi. Husayin oyoq kiyimini olmoqchi bo‘lganda Ismoil avvalroq harakat qilib, to‘g‘rilab qo‘ydi. Bu oyoq kiyimlarga Fotima onasining ham qo‘llari tekkan bo‘lishi mumkin. Zotan, uning o‘g‘li bo‘lishining o‘zi yetarli edi. Unga qilingan xizmat, Fotimaxonimga qilingan xizmat demakdir.
Download 164.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling