Ahmad Yassaviy "Devoni hikmat" asari tili va uslubi
Download 280.56 Kb.
|
Ahmad Yassaviy 1
Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida ma’lum o‘zgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning o‘nlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan g‘oyaviy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy yo‘nalishni o‘zgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan o‘nlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning «Javohir ul-abror min amvojil bihor» asari ham to‘la tasdiqlaydi.Bu esa, tabiiyki, hikmatlar tili va uslubida ma’lum o‘zgarishlar hosil qilgan. Lekin Yassaviyning o‘nlab izdoshlaridan hech biri ustozlari boshlagan g‘oyaviy, axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy va mafkuraviy yo‘nalishni o‘zgartirmagan. Buni Yassaviy hayoti, tariqati va ijodiyotidan bahs yuritilgan o‘nlab qadimiy manbalar, ayniqsa, Sulton Ahmad Haziniyning «Javohir ul-abror min amvojil bihor» asari ham to‘la tasdiqlaydi.Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar o‘zining mustaqil tariqat kitobiga, tom ma'nosi ila Ma'rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga sohib millat o‘laroq e'tirof etilgan. Ahmad Yassaviydan keyingi turkiy xalqlarning tarixi - ma'naviy-axloqiy hayotda yangi yo‘nalish, yangi ilohiy nuqtai nazar shakllangan, komil inson haqidagi tasavvurlar to‘la oydinlashgan tarix erur. Zero, arab va fors tasavvuf tushunchalarini milliy ehtiyojga muvofiq ravishda o‘zlashtirish va favqulodda sodda, xalqona talqinlarni yaratishni ham tarix Ahmad Yassaviy zimmasiga yuklagan edi.Xoja Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"i dunyoga kelishi bilan turkiy xalqlar o‘zining mustaqil tariqat kitobiga, tom ma'nosi ila Ma'rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga sohib millat o‘laroq e'tirof etilgan. Ahmad Yassaviydan keyingi turkiy xalqlarning tarixi - ma'naviy-axloqiy hayotda yangi yo‘nalish, yangi ilohiy nuqtai nazar shakllangan, komil inson haqidagi tasavvurlar to‘la oydinlashgan tarix erur. Zero, arab va fors tasavvuf tushunchalarini milliy ehtiyojga muvofiq ravishda o‘zlashtirish va favqulodda sodda, xalqona talqinlarni yaratishni ham tarix Ahmad Yassaviy zimmasiga yuklagan edi.Download 280.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling