Ahmad yassaviyning pedagogik g’oyalari o’qutuvchilar nigohida
www.scientificprogress.uz
Download 40.79 Kb. Pdf ko'rish
|
ahmad-yassaviyning-pedagogik-g-oyalari-o-qutuvchilar-nigohida
www.scientificprogress.uz
Page 345 Buyuk mutafakkir va faylasuf Yassaviy turk dunyosidagi birinchi tariqatning va turkiy tasavvuf she’riyatining asoschisidir. XX asrning boshlarida Yassaviy haqidagi qator maqolalar chop etilgan. Ufada chiqadigan “Sho’ro” jurnalining 1915 yil 24-sonida Ahmad Sardorning “Hazrat Xo’ja Ahmad Yassaviy” sarlovhali maqolasi chop etilgan. Unda adibning hayoti va ijodiga oid qisqagina ma’lumot berilgan va uning turk tilining mavqeini ko’tarishdagi xizmatlariga yuksak baho berilgan.1922 yilga kelib Abdurahmon Sa’diyning “Yassaviy kim edi” nomli maqolasi “Inqilob” jurnalining 2-sonida nashr etiladi. Muallif Yassaviyning tatar tili va adabiyoti taraqqiyotidagi roliga e’tibor qaratgan.Abdurauf Fitrat ham Yassaviyni o’rganishga alohida e’tibor bilan qaragan. U “Ahmad Yassaviy” va “Yassaviy maktabi shoirlari to’g`risida tekshirishlar” nomli maqolalarini 20 asrning 20- yillarida yozgan edi.Yassaviy xalq boshiga ko’p qiyinchiliklar va musibatlar yog’dirilgan davrlarda yashab ijod qildi. U turk hukmronlari-qoraxoniylar bilan qoraxitoylar o’rtasidagi urushlar va ularning daxshtli oqibatlarini ko’rgan,she’rlarida bu fojialarga munosabatlarini bildirgan.‘’Nokas, xasis, bediyonat’’ zolimlar hokim bo’lgan jamiyatdagi shavqatsizlik va ma’naviy aynishlar baxsida Yassaviy hikmatlaridan birida mana nima degan: Na onada rahm qoldi, na otada, Og’o ini bir-biriga mojoroda Musulmonlar da’vo qilur, ichar boda, Mastlig’ bilan qarindoshdan tondi ko’rung Ahmad Yassaviyning qarashlari uning “Devoni hikmat” asarida berilgan. Asarda hozirgi tarbiya jarayonimizda foydalanish mumkin bo`lgan juda ko’p jihatlarni ko`rishimiz mumkin. Yassaviyning hikmatlarida insoniy go`zallik, insonparvarlik, ma’naviy poklik, saxovat, diyonat, xolislik, adolatparvarlik, mehnatsevarlik kabi go’zal axloqiy sifatlar o’z aksini topgan. Yassaviyning pedagogik qarashlaridan Pedagogika nazariyasining “Tarbiya jarayoni mohiyati va mazmuni”, “Tarbiyaning qonuniyatlari, prinsiplari va metodlari”, “Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va o`quvchilarning aqliy tarbiyalash”, “Yagona o’quv-tarbiya jarayonida fuqarolik va vatanpavarlik tarbiyasi”, “O’quvshilarning mehnat va iqtisodiy tarbiyasi”, “O’quvshilarning ma`naviy axloqiy tarbiyasi”, “O’quvshilarning nafosat tarbiyasi”, “Bolalarni oilada tarbiyalash” mavzularini o`tish davrida, Pedagogika tarixidagi “VII asrdan XIV asrgasha ta`lim- tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti”, “Tasavvuf ta’limotida ta’limiy-tarbiyaviy qarashlar” mavzularida, “Oila pedagogikasi”dagi bir qator mavzularni o`tishda keng foydalanish mumkin. Yassaviyning turli insoniy sifatlar haqidagi qarashlaridan foydalanishga oid qator misollarni keltirib o`tamiz. Masalan, adibning insonparvarlik targ`ib etilgan g`oyalarini boshqa allomalrning qarashlari bilan taqqoslagan holda “Pedagogika nazariyasi”da foydalanish mumkin: SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 40.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling