Ahmad yassaviyning pedagogik g’oyalari o’qutuvchilar nigohida
www.scientificprogress.uz
Download 40.79 Kb. Pdf ko'rish
|
ahmad-yassaviyning-pedagogik-g-oyalari-o-qutuvchilar-nigohida
www.scientificprogress.uz
Page 346 Ahmad Yassaviy insonparvarlik odamiylik, saxovat, g’ariblarga yordam masalasiga alohida ye'tibor beradi. Buni bir qancha hikmatlarda ko’rish mumkin: G’arib, faqir, yetimlarni Rasul surdi, O’shal tuni me'roj chiqib diydor ko’rdiyu Qaytib tushib g’arib yetim izlab yurdi. G’ariblarni izin izlab tushdim mano. Yoki: G’arib, faqir, yetimlarni Rasul surdi, Haqlar qilib aziz joning ayla qurbon. Taom tortsang, joning bila qilg’il ehson, Haqdin eshitib, bu so’zlarni aydim mano. Ahmad Yassaviy nuqtai nazarida insonning dunyosi nsonparvarlik bilan obod. Bu dard hamma narsadan qudratli va fayzli deb biladi.Yassaviy hikmatlarida yomonlik, nodonlik, jaholat, molparastlik kabi illatlarga qarshi kurash salbiy axloqiy g’oyalar ham o’z ifodasini topdi. U molu- dunyo, mansab uchun mukkasidan tushgan qozi- imomlar,hokimlar, amaldorlarga nafrat bilan qaraydi. Doimo xalqqa haq ko’zi bilan qarashga, g’arib-yetimlarga ozor yetkasmaslikka chaqiradi.Nafaqat Yassaviy, balki tasavvufning barcha tariqatlarida, tasavvuf ahlining barchasining ijodida insonparvarlik bosh masala bo’lib hisoblanadi. Ularda insoniylik va insonparvarlik turli tomonlari tahlil etiladi. Ahmad Yassaviy qarashlari haqida mulohaza yuritar ekanmiz,ular orqali barcha insoniy fazilatlarni shakllantirish,ezgu niyat qilish,madaniyat-va ma’rifatni hamda ziyoli mutafakkirlarni ulug’lash, asosiysi komil insonni tarbiyalash g’oyasi ilgari surilganligiga guvoh bo’lamiz.Insonni komil bo’lib tarbiya topishi har bir davr pedagogikasining asosiy maqsadi hisoblanadi. REFERENCES 1. Rustamov E. Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi // O‘zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1972. 4-5 sonlar. 2. Ahmad Yassaviy. Hikmatlar. Toshkent, 1990. 256 bet. 3. Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat. Toshkent, 1991. 268 bet. 4. Ibrohim Haqqul. Tasavvuf saboqdari. Buxoro, 2000. 78 bet. 5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43). 6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6). SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 40.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling