Ahmadali asqarov hayoti va izlanishlari


Download 26.62 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi26.62 Kb.
#1058821
Bog'liq
Fotima Maqola


AHMADALI ASQAROV HAYOTI VA IZLANISHLARI
Ergashaliyeva Fotima
O’zMU Tarix fakulteti 1-bosqich talabasi
Mustaqillik erkin ijod qilish, turmushimizga farovonlik, hayotimizga yengillik berishi bilan birga, ilm ahli uchun ham koʻplab imkoniyatlar eshigini ochdi. Biroz qiyinchiliklarga uchragan boʻlsa-da, ilmiy izlanishlar bir joyda toʻxtab qolmadi. Ammo bir muddat fundamental fanning mavqei pasayib ketdi. Jamiyat taraqqiyoti uchun fundamental ilmiy salohiyatga eʻtibor berish davlat siyosatida oʻz oʻrnini topmay qoldi. Yoshlar qalbida xalq xoʻjaligi va ilm-fanning biror yoʻnalishi boʻyicha yetuk mutaxassis boʻlishga intilish susayib, ular faqat diplomli boʻlish uchungina oʻqiydigan boʻlib qoldi. Har bir voqeaning bir sababi va albatta yechimi ham boʻladi. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonimiz ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʻrifiy, ilm-fan hayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. Davlat rahbari iqtisodiyotimizning barcha sohalari taraqqiyotida ilm-fanning oʻrni, ahamiyati gʻoyat katta ekani, bu borada davlatimiz birinchi galda Fanlar akademiyasi va olimlarga suyanishi, fan va ishlab chiqarish hamkorligi bugun nihoyatda dolzarb ekanini alohida taʻkidladi.1 Shuning oʻziyoq ilm ahliga berilgan katta mukofot boʻldi. Shu jumladan, akademik Ahmadali Asqarovning ilm-fanga qo’shgan hissasi ham e’tibordan chetda qolgani yo’q.
Qadimgi tariximizning o'rganish bobidagi murakkab masalalarni yechilishi ko'p jihatdan arxeologik qazishmalardagi qo'llaniladigan uslubiyatga va nazariy yo'llanmalarga bog'liq. Ahmadali Asqarov o'z ilmiy-ijodiy faoliyatida ilg'or, zamonaviy ilmiy-uslubiy yondashishlardan foydalanishga harakat qildi va ularni o'zi o'rganayotgan yodgorliklarda tadbiq etdi. Buning misoli sifatida Sopolli va Jarqo'ton yodgorliklarida olib borilgan qazish paytida va laboratoriya sharoitida foydalanilgan tabiiy va aniq fanlar uslublarini keltirish mumkin. Umuman, 1969-yillardan Ahmadali Asqarov rahbarligida faoliyat ko'rsatayotgan Surxondaryo kompleks arxeologik ekspeditsiyasi turar-joylarning me'moriy qoldiqlarini, qadimiy qabrlarni qazib ochish bo'yicha mukammal o'z uslubini ishlab chiqdi.2 Bu uslubiy yo'llardan hozirda ham, kelajakda ham ko'plab arxeologlar dasturamal sifatida foydalanadilar.
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining Akademigi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi davlat mukofotining laureati, tarix fanlari doktori, taniqli tarixchi arxeolog olim, arxeologiya fanining chuqur bilimdoni, tashkilotchi rahbar, ezgulik yo’lini o’zining hayot tamoyili qilib olgan ustoz va bag’rikeng inson, professor Ahmadali Asqarov bu yili 87 ga to’ldi. Ahmadali Asqarov maktabda o’qib yurgan kezlaridayoq o’qimishli , hayot achchiq – chuchuklarini tatigan, ustozlari o’gitini olishga intilar, maktab ustozlari tomonidan tavsiya etilga ilmiy va badiiy adabiyotlarni qunt bilan o’qir , ustozlariga chuqur hurmat esa uning hayot tamoyiliga aylangan edi. Maktab kutubxonasidan boshlangan, ilm xazinasi – kutubxonalarga bo’lgan intilish, Ahmadalining bir umrlik turmush tarziga aylandi, uni ma’naviy kamolotga yetakladi. Talabalik yillaridayoq o’zbek arxeologiyasining otasi, taniqli olim akademik Yahyo G’ulomovning ilmiy ma’ruzalari va u kishi bo’lgan muloqotlar yosh Ahmadali Asqarovning keyingi hayot yo’lini belgilab berdi. Chunki ustoz Yahyo G’ulomov institutda O’zbekistonda arxeologiyasidan maxsus kurs o’qitdilar. Talabalik yillarida boshlangan ustoz – shogirdga xos ilk munosabatlar uzoq davom etib, o’zining samarali mahsulini berdi. Bir necha o’n yillar o’tgach, olim o’z hayotida iz qoldirgan ustozi haqida xotirlab shunday yozadi: “Men o’z G’ulomov va Gryaznovlardan saboq olgan bo’lsam, rahbarlik ish faoliyati sirlarini yana bir akademik ustoz Mo’minovdan o’rgandim)”(A.Asqarov).
Yosh mutaxassisdagi tashkilotchilik qobiliyati, arxeologiya faniga bo’lgan fidoyilik, o’ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchanlik, hayotda va ilmdagi prinsipiallik, halollik, poklik o’sha paytdayoq O’zbekiston FA rahbariyati e’tiborini o’ziga tortdi. Nihoyat, Ahmadali Asqarov 1970 – yili yangi tashkil etilgan Arxeologiya institutining direktori etib tayinlandi. Endi Ahmadali Asqarov zimmasida hukumat qarori bilan tashkil etilgan ilm dargohi O’zbekiston FA Arxeologiya ilmiy tadqiqot institutini ilmiy tashkiliy jihatdan uyushtirishdek og’ir va mas’uliyatli vazifa turardi. Samarqandda ochilgan arxeologiya institutining shakllanishida Ahmadali Asqarovning ilmiy tashkilotchilik va rahbarlik xizmatini alohida qayd etish zarur. Chunki yangi ochilgan institut binosini qurdirish va uni tegishli malakali kadrlar bilan taminlash o’z – o’zidan bo’lavermas edi. Bu yo’lda uchragan sun’iy to’siqlar va institutning juda og’ir kechgan tashkiliy shakllanish jaryoni yosh diretorni cho’chitmadi, u o’ziga xos qat’iy iroda bilan institutni nafaqat O’rta Osiyoda balki butun dunyo miqyosida tan olingan ilmiy markaz darajasiga ko’tara oldi. Ahmadali Asqarov bevosita rahbarligida birdam , ahil arxeolog – olimlar jamoasi shakllandi, o’ziga xos “Samarqand arxeologiyasi maktabi” tashkil topdi. Ahmadali Asqarov nafaqat tashkilotchi rahbar , balki haqiqiy fan zahmatkashlaridan biridir. U Buxoro, Qarshi – Surxon cho’llarida , Toshkent va Farg’ona vohalaridan tortib to uzoq Sibr kengliklarigacha bo’lgan hududlarda ko’plab arxeologik izlanishlar o’tkazgan fidoiy tadqiqotchi hamdir.
Domlaning ilmiy izlanishlari 12 ta managrafik yirik asarlar (shulardan 2 tasi darslik) va 300 dan ortiq ilmiy , ilmiy – ommabop ishlarda o’z aksini topgan.
Ahmadali Asqarovning ilmiy faoliyati ko’p qirrali bo’lib , vatanimiz tarixi va madaniyatiga oid ko’plab sohalarni qamrab olgan. Olim o’z tadqiqotlari bilan O’zbekistonda qadimgi tarix fanida yangi yo’nalish ochdi. Bu yo’nalish ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, sinfiy jamiyatning vujudga kelishi , urbanizatsiya jamoasining boslanishi va rivojlanishi masalalarini arxeolig manbalar asosida o’rganishi bilan uzviy bog’liqdir. Ahmadali Asqarovning chop etilgan kitob , risola va maqolalarini quyidagi 8 ta katta ilmiy yo’nalish bo’yicha umumlashtirish mumkin:
I . O’rta Osiyoning bronza va ilk temir davri tarixi masalalari;
II . Qadimgi shahar madaniyatining shakllanishi va ilk davlatchilik masalalari;
III . O’zbek tarixining kelib chiqishi muammolari;
IV . Arxeologiya fanining ilmiy – uslubiy va nazorat asoslari;
V . Ko’p jildli fundamental tarixiy asarlarni yaratishdagiishtiroki;
VI . Oriylar muammosi va o’zbek milliy kurashi tarixi;
VII . Ilk zardushtiylining rxeologik materiallarda aks etilishi;
VIII . Akademik Ahmadali Asqarovning ilmy – tashkiliy va pedagogik faoliyati.
Bu tarixiy davr olimlarining ilmiy ijodiy faoliyatida alohida ahamiyatga ega bo’lib, kashfiyotlar va prinsipal xulosalarga boydir. Ahmadali Asqarov ilmiy izlanishlarini Buxoro viloyatidan boshadi. Uning ibtidoiy davr yodgorliklarini o’rganish borasida qilgan ishlari Zarafshon va uning irmog’lari bo’lib ustoz akademik Yahyo G’ulomov olib borgan ilmiy qidiruv ishlari bilan uzviy bog’liqdir. O’rta Osiyo sharoitida bnza ibtidoiy jamoa xo’jaligining ikki yo’nalishda rivojlanishi haqidagi ustoz Yahyo G’ulomov o’rtaga tashlagan g’oya Ahmadali Asqarovning ilmiy izlanishlari tufayli yangi malumotlar bilan boyitildi. Xususan, Ahmadali Asqarov dash va cho’l mintaqada yashagan chorvador aholining madaniyatini o’rganish ishida salmoqli natijalarga erishildi. Ayniqsa, Zamonbobo madaniyatining o’rganishda olimni alohida xizmatarini ta’kidlash lozimdir. Bu madaniyatga oid qadimgi qabriston va ibtidoiy qishloq qoldiqlari ochib o’rganildi.3 Uy – joy qurilishi, moddiy madaniyat ashyolari va dafn urf – odatlarini chuqur tahlil qilish natijasida dasht – ho’l hududlariga xos bo’lgan Zamonbobo madaniyati ta’riflab berildi va alohida qadimgi madaniyat sifatida arxeologiya faniga kiritildi. Tadqiqotchining cho’l - dasht yerlarida yashagan qadimgi aholidan qolgan yodgorliklarni davrlashtirish va ular qoldirgan moddiy madaniyat izlarini o’rganish masalalariga doir 20 dan ortiq ilmiy maqolalari va bir kitobi (“Pervobitnaya kultura v nizovyax Zarafshana”) ham muallifligida chop etilgan. Ahmadali Asqarovning ilmiy faoliyatidagi yetakchi yo’nalishlardan yana biri Janubiy O’zbekiston – Qadimgi Baqtriya hududidagi bronza davri yodgorliklarini o’rganilishi, ularning qadimgi sharq sivilizatsiyasida tutgan o’rni va ahamiyatini ochib berilishidir. Janubiy O’zbekistonning bronza va ilk temir davri yodgorliklarida olib borilgan so’ngi izlanishlar va yangidan yangi ilmiy dalillarning topilishi yuqorida keltirilgan sanalarga bazi bir tuzatishlar kiritilishini taqazo etdi. Mustaqillik yillarida Ahmadali Asqarov ko’tarib chiqqan masalalardan yana biri bu o’zbek milliy kurashi tarixidir. O’zbek milliy kurashi tarixi juda qadimiydir. Ammo uning ustida sovet hokimiyati davrida hech kim maxsus tadqiqot olib bormadi. Uning turkiy aholi orasida keng tarqalgan juda qadimiy sport o’yinlaridan ekanigiga e’tibor berilmadi. Yozma manbalarda o’zbek milliy kurashi tarixi haqida talay ma’lumotlar bor.4 Ahmadali Asqarov fikricha o’zbek milliy kurashi haqida arxeologik manbalardan tegishli malumotlarni topsa bo’ladi. U mavzuga doir arxeologik materiallarni qidirish maqsadida ko’plab maxsus adabiyotlarni , arxeologik kolleksiyalarni yana bir bor ko’zdan kechirib chiqadi. Izlanishlar davomida bevosita mavzuga tegishli materiallarni monumental devoriy suratlardan va amaliy san’at namunalardan topadi. Hozirgi kunda ustoz ixtiyorida o’z ilmiy tahlilini kutayotgan 7 ta arxeologik topilma bor.
Akademik Ahmadali Asqarovning mustaqilligimiz munosabati bilan tariximiz sarchashmasiga qo'l uraboshlagan yana bir muammolaridan biri oriylar masalasidir. Ahmadali Asqarovning sa’y-harakatlari va bevosita rahbarligida 1994-yilda «O'zbekiston tarixi»dan o'rta maktablarning 6-9 sinf o'quvchilari uchun darslik-qo'llanmalar tayyorlanib, ommaviy nusxada nashr etildi Ahmadali Asqarov bag'ri keng, saxiy ustozlardan hisoblanadi. Ustozning bevosita ilmiy rahbarligi ostida 11 nomzodlik dissertasiyasi va 2 doktorlik ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Hozirgi kunda arxeologlardan Sh. Shaydullaev, B. Matboboev, Sh. Raxmonov va A. Berdimurodovlar (Arxeologiya instituti) ustoz rahbarligida doktorlik ilmiy ishlari ustida, M. Esonov, N. Maxamadalieva, N. Bekpo'latovalar nomzodlik dissertasiya ustida ishlamoqdalar. Ustoz o'z faoliyatida 40 dan ortiq kitobga, jumladan Arxeologiya institutining bosh nashri «O'zbekiston moddiy madaniyat tarixi» 14 jildiga muharrirlik qilgan.
Ahmadali Asqarov butun ilmiy faoliyati davomida arxeolog kadrlar tayyorlash ishiga alohida e'tibor berib kelmoqda. U kishining shaxsiy tashabbusi bilan Rossiyaning Moskva, Sankt- Peterburg, Novosibirsk kabi yirik markazlarida o'nlab O'zbekistonlik yosh mutaxassislar tahsil oldilar. Ularning barchasi nomzodlik va doktorlik dissertasiyalarini yoqlab qaytdilar.5 Shu kunlarda ularning aksariyati O'zbekistonda tarix va arxeologiya faniga xizmat qilmoqdalar. 1960-1970 yillarda va undan oldin ham arxeologiya mutaxassisligi bo'yicha O'zbekistonda yuqori malakali kadrlar - fan nomzodlari va doktorlari tayyorlash ishi mintaqada arxeolo- giyadan maxsus himoya kengashi yo'qligidan Moskva va Sankt- Peterburg ilmiy markazlari bilan bog'liq edi. Bu hol yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ko'p qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. 1970 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi tizimida Samarqanda maxsus Arxeologiya instituti tashkil etilgach, mahalliy kadrlarga bo'lgan talab yana ham oshdi. Zamon talabi bilan ishlashga odatlangan Ahmadali Asqarov bu holatni birinchilar qatorida payqadi va uning tashabbusi bilan 1987-yili Samarqand arxeologiya instituti qoshida nomzodlik himoya kengashi tashkil etildi. Keyinroq esa u mintaqaviy doktorlik himoya kengashiga aylantirilib, unda O'rta Osiyo respublikalari uchun o'nlab yoshlarning arxeologiya mutaxassisligi bo'yicha himoyalari uyushtirildi. Ustoz keyingi yillarda (2000 yildan boshlab hozirgacha) Nizomiy nomidagi TDPUda professor, «Vatan tarixi» kafedrasining mudiri bo'lib ishlab kelmoqda. Oliy o'quv yurtlari uchun 2 ta (80,169), o'rta maktab 5-sinflari uchun darslik-qo'llanma tayyorlab chop etdi (145). Ushbu darslik-qo'llanma qoraqalpoq, rus, tojik, qirg'iz va turkman tillariga tarjima qilindi.

1Ilm ahliga berilgan katta mukofot. https://kknews.uz/oz/23163.html. 14.12.2022

2 https://arboblar.uz/uz/people/askarov-akhmadali-askarovich 14.12.2022

3 А.А.Анорбоев. // Академик Ахмадали Аскаровнинг илмий, ижодий ва педагогик фаолияти. – Тошкент, Самарканд – 2005.

4 https://arboblar.uz/uz/people/askarov-akhmadali-askarovich 14.12.2022

5 А.А.Анорбоев. // Академик Ахмадали Аскаровнинг илмий, ижодий ва педагогик фаолияти. – Тошкент, Самарканд – 2005.

Download 26.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling