Ахмадалиев Ойбек
Tarbiyada intizom, axloq va burch uyg‘unligi
Download 206.5 Kb.
|
Muzropov Sirojiddin
2. Tarbiyada intizom, axloq va burch uyg‘unligi.
Insonni ma’naviy guzal qilayotgan odamiylik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari orasida intizom, axloq va burch sifatlari yana muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy tuzumning o‘z mafkurasini, kurash va intilishini aks ettiradigan intizomi va axloqi bo‘ladi. SHuning uchun intizom va axloqni jamiyat oynasi deb atash mumkin. Intizom-jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson faoliyatida, xatti-harakatida, muomala va muloqotida ish faoliyatida, oiladagi munosabatda hamda yurish-turishda namoyon bo‘lishidir. Har bir shaxsni sirtdan kuzatish mumkin bo‘lgan intizomiga qarab uning ichki dunyosi, axloq madaniyati darajasiga baho berish mumkin. Axloqiy barkamol kishilargina intizomli bo‘ladilar. Axloqsiz intizom bo‘lmaganidek, intizom shakliga kirib, inson faoliyatiga singib ketmagan axloq ham e’tiqod darajasiga ko‘tarila olmaydi. Intizom-insonni har qanday to‘siqlardan olib o‘ta oladigan, uni ulug‘ ezgu ishlarga boshlovchi ma’naviy quvvatdir. Biz bu ma’naviy-ruhiy sifatlarni alohida tariflash orqali tushunish uchun harakat qilgan bo‘lsak ham ular aslida uzviy bog‘liqdir. Inson avvalo ruhiy-ma’naviy siymo, shuning uchun kishi o‘zining har bir ishidan ma’naviy-insoniy qanoat hosil qilishi kerak. Ma’naviy-insoniy qanoat esa ong, qalb, ruh va faoliyat o‘yg‘unligidan sodir bo‘ladi. Bu har bir kishiga xos bo‘lgan ichki o‘yg‘unlikdir. Harbiy jamoada tarbiyaviy ishlarning eng murakkab jihatlaridan biri bu-harbiy intizomni mustahkamlashdir. Harbiy intizomni mustahkamlashning eng asosiy yo‘llari qurolli Kuchlar Nizomida va boshqa hujjatlarda ko‘rsatib o‘tilgan. Mudofaa vaziri harbiy intizom barcha g‘alabalar garovi ekanligini inobatga olgan holda bu masalaga alohida e’tibor qaratadi, intizomni mustahkamlash masalasi birinchi darajadagi masala ekanligini ta’kidlaydi. Bunda asosiy e’tibor tashkiliy va tarbiyaviy ishlarini yaxshilashga, harbiy xizmatchilarning qasamyodga sodiqligiga, Nizom talablari va komandir boshliqlar bilan ishlash hamda texnika xavfsizligi va qoidalariga rioya qilishga qaratilishi kerak. Harbiy intizomni mustahkamlashning asosiy shartlaridan biri komandirlaning o‘z qo‘lostidagilar shaxsiy tarkibni yaxshi bilish va ular bilan yakka tartibda tarbiyaviy ishlarni o‘tkazishdir. Ularni orasida o‘zaro jipslikni vujudga keltirish, harbiy jamoani birlashtirish va sog‘lom muhitni yaratish kerak. Jangchilarni ongli ravishda intizomli bo‘lish ruhida tarbiyalash, komandirlarning shaxsiy o‘rnak bo‘lishlarini yo‘lga qo‘yish, intizomiy va talabchanlikni o‘yg‘unligiga ishontirish, qo‘lostidagilarning insoniylik to‘yg‘ularini hurmat qilish va ular haqida g‘amxo‘rlik qilish lozim. Harbiy intizomni mustahkamlashda ijtimoiy-siyosiy, harbiy-texnikaviy, ruhiy ko‘nikmalarni e’tiborga olish, intizom ahvolini tahlil qilib borishni takomillashtirish va uni haqqoniy baholab borish kerak. Harbiy intizomni yaxshilashda qo‘yidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak: SHaxsiy tarkibda doimiy ravishda harbiy intizom mohiyatini tushuntirish; Intizomiylik va xizmatga munosabatda shaxsan o‘rnak ko‘rsatish; Serjant va faollardan intizom bobida namuna ko‘rsatishni talab qilish; O‘z intizomiy huquqlaridan oqilona foydalanish; SHaxsiy tarkib orasida or-nomusi va iftixori, munosib xatti-harakatlari, namunali tashqi qiyofasi odob-axloq normalarini saqlash; Bo‘ysinuvchilar bilan, ayniqsa harbiy intizom yomon, intizomiy holatlarni buzishga moyil bo‘lgan askarlar bilan yakka tartibda ishlarni olib borishni o‘rgatish; Harbiy jamoani mustahkamlashiga erishish, katta va kichik harbiy xizmatchilar orasida Nizom qoidalari buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi; Doimo harbiy xizmatchilar yig‘ilishida harbiy intizom holatini tahlil qilish; SHaxsiy tarkibni bo‘sh vaqtida va dam olish kunlarida hordiq chiqarishlarini to‘g‘ri tashkil qilish hamda nazorat qilish; Download 206.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling