Ahmadjonov umidjonning falsafa fani mantiq bilish nazariyasining tarkibiy qismi mavzusidan


Download 80.5 Kb.
bet3/4
Sana08.02.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1176667
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu

To’g’ri tafakkur deb mantiq qonun-qoidalari talablariga mos holda qurilgan, voqelikni haqqoniy aks ettiradigan fikrlar, bilimlarga aytiladi.
Tafakkur to’g’ri bo’lishi uchun uning mazmuni haqqoniy, chin bo’lishidan tashqari, mantiqiy shakli ham mantiq qonun-qoidalariga mos holda to’g’ri tuzilgan, izchil bo’lishi kerak.
To’g’ri tafakkurning asosiy belgilari va talablari quyidagilardir: fikrning aniq, qat’iy ma’noga ega bo’lishi, izchil va ziddiyatsiz qurilishi, asosliligi. Bu talablar mantiq qonunlarida o’z ifodasini topadi. Shuning uchun mantiq qonunlari to’g’ri tafakkurning asosiy talablari (printsiplari) bo’lib hisoblanadi.
Mantiq fanining yo’nalishlari
Dialektik va formal mantiq. Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. Shuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal qilishni taqazo etadi.
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar darajasiga ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi qarama – qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan ta’limotdir.
Matematik mantiq. Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq ilmidan ham farqli tomonlari bor. Shuning uchun matematikaning barcha tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi. Shuningdek, mantiqiy qonun va shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib bormoqda, uning ajralmas qismi bo‘lib takomillashmoqda.
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish arastu asarlaridayoq ko‘zga tashlanadi. Xvi – xvii asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi leybnits har xil masalalarni yechishga imkon beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni matematiklashtirishga asos soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan xix asrlarga kelib rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi i. S. Poretskiy, nemis va ingliz olimlari j. Bul, fure, morgan, shryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon mashinalarda va boshqa ko‘p halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda.
Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.
Muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «qonun – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat», «buyruq – qonun emas», demak, «buyruq – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «temir – moddiy jism», demak, «temir – kimyoviy element») mumkin.
Mantiq qonunlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, avvalo bu qonunlar xususiy tarzda, faqat inson tafakkuriga xos bo‘lgan fikrlash, mulohaza yuritishda amal qiladi. Mantiq qonunlari deganda fikrlar o‘rtasidagi ichki, muhim, barqaror aloqa va bog‘lanishlar talablar ifodasiga aytiladi. Mantiq qonunlari ob’ektiv xarakterga ega. Ular kishilarning xohish-irodasi, shaxsiy istagiga bog’liq emas. Kishlar bu qonunlarni o’zgartira olmaydilar. Ular bu qonunlarga itoat etishga majbur va burchlidirlar. Mantiq qonunlari olamni bilish va o’zgartirishda ulkan nazariy hamda metodologik ahamiyat kasb etadi.
Unutmang! Mantiq qonunlarini o‘zgartirish, buzish, almashtirish mumkin emas. Mantiqiy qonunlar dunyodagi hamma xalqlar va millatlar uchun bir xil. Bu qonun bo‘yicha buyum haqidagi fikr aniq, izchil va asosli bo‘lishi kerak. Aks holda fikrlash buziladi. Yodda tuting! Mantiqiy qonunlar 4 ta: ayniyat qonuni, ziddiyat qonuni, uchinchisi istisno qonuni, etarli asos qonuni. Bu qonunlarning talabini bajarish mantiqiy fikrlash, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlaydi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qonunlarning uchtasi qadimgi yunon mutafakkiri arastu (er.avv. Iii-iv asr) tomonidan tavsiflanib berilgan va fanga kiritilgan. Etarli asos qonuni esa leybnis tomonidan fanga kiritilgan. Mantiqning bu qonunlari ob’ektiv olamdgi buyumlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning inson ongidagi inikosidir. Mantiq qonunlari chin hukmni isbotlash, xato hukmlarni inkor qilish jarayonida amal qiladi. Formal mantiq qonunlari fikrlashning tuzilishini aniqlaydi. Buning uchun turli formula va belgilardan foydalaniladi. Mantiqdagi s-r formulasi konkret fikrlashda fikr mazmuni xar hil bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Masalan, "barcha s-r dir" formulasiga quyidagi fikrlarni kiritish mumkin. "hamma olimlar ziyolilardir", "hamma baliqlar suvda yashaydi", "hamma markaziy osiyo davlatlari - bmtga a’zo" va shunga o‘xshash fikrlar. Bu erda o‘zgaruvchi "s" "olimlar", "baliqlar", "markaziy osiyo davlatlari" tushunchalarida, "r" "suv", "ziyoli", "bmt a’zosi" tushunchalarida ifodalangan.
Bundan tashqari mantiqda fikrlash tuzilishini ifoda etadigan shunday formulalar mavjudki, bunday holda konkret fikr almashtirilsa ham, fikr to‘g‘ri bo‘laveradi. Masalan, shartli hukm formulasini olib ko‘raylik ("agar a bo‘lsa, u holda v bo‘ladi") agar talaba a’lo o‘qisa, u holda imtiyozli stipendiya oladi" yoki "agar paxtaga yaxshi ishlov berilsa, u holda mo‘l hosil olinadi".

Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling