Aholi bandligini ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni
REJA:
Kirish
Asosiy iqsm
Aholi farovonligi va turmush darajasini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni
Yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik imkoniyatlaridan foydalanish
Ish bilan bandlikni ta’minlash orqali aholi daromadlarini oshirish va hayot sifatini yuksaltirish masalalarini hal etish yo‘llari
Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
Jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirida dunyo bo‘yicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda O‘zbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni - yangi ish o‘rinlarini yaratishning o‘ziga xos mexanizmlarining tarkib topgani va, uning bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha izchil amal qilib kelayotganidir.
Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsadli chora- tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida amal qilmoqda.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish davlatning aholiga yaxshi hayot faoliyati uchun beradigan shart-sharoitlarini ta’minlaydigan bevosita maqsadli kafolatlar tizimidir. Boshqacha ayttanda, ijtimoiy muhofaza tizimi bozor tizimi samaradorligining tor tasavvurlaridan emas, balki haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash masalalarini hal qilish maqsadidan kelib chiqib tashkil etilishi kerak. Shu bilan birga, ijtimoiy muhofaza o‘zi amal qilib turgan ishlab chiqarish munosabatlari tizimidan, jahon iqtisodiyotining hozirgi holati imkoniyatlaridan keng foydalanadi va hozirgi zamon talablari asosida rivojlanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |