Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati. Reja
Download 88.31 Kb.
|
mustaql ish
Aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati. Reja: 1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari. 2. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash. 3.Davlatning ijtimoiy siyosati Har qanday iqtisodiyotning bosh masalasi inson va uning ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Bu albatta insonning jamiyatdagi oʼrni, ishlab chiqarilgan moddiy neʼmatlarni taqsimlash munosabatlariga bogʼliq boʼladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish darajasi ishlab chiqarishning holatiga koʼp jihatdan bogʼliq boʼlsa ham, taqsimot masalasi ham oʼziga xos muhim oʼrin tutadi. Taqsimlash – bu har bir xoʼjalik yurituvchi subʼektning ishlab chiqarilgan mahsulotdagi ulushini aniqlash jarayonidir. Taqsimlashning ikki jihatini, yaʼni iqtisodiy jihatini va ijtimoiy jihatini farqlash lozim. Taqsimlashning iqtisodiy jihati taqsimlashning milliy iqtisodiyotga ehtiyojlar tizimi, manfaatlar va ragʼbatlar orqali taʼsir etishini ifoda etsa, ijtimoiy jihati esa uning aholi ijtimoiy ehtiyojlarining qondirilishi va rivojlantirilishini aks etadi. Аsrlar davomida insoniyat taqsimotdagi ijtimoiy adolat ustida fikr yuritib keladi. “Iqtisodiyot nazariyasi”da ijtimoiy adolat – bu daromadlar taqsimlanishidagi moʼtadil tengsizlik muammosidir. Uni turli kontseptsiyalar oʼziga xos ravishda talqin etadi. Jumladan, “Egilitar” kontseptsiya tarafdorlari daromadlarning tekis taqsimlanishini adolatli, deb biladi. “Roulsian” kontseptsiyasiga koʼra esa, adolatlilik jamiyatning eng kam taʼminlangan aʼzosi farovonligini maksimallashtirishdir. “Utilitar” kontseptsiya daromadlarni taqsimlashda adolatlilik, deb shunday holatni nazarda tutadiki, unga koʼra ijtimoiy farovonlik birinchi oʼrinda turadi. Bozor kontseptsiyasiga koʼra adolatli taqsimlash, bu ishlab chiqarish omillariga talab va taklif asosida shakllanadigan taqsimlashdir. Oʼzbekistonda shakllantirilayotgan ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyoti ommaviy farovonlikni moʼljal qilib oladi. Unga erishish uchun bozor mexanizmiga xos vositalar ishlatiladi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti yuksak rivojlangan texnika-texnologiya, sifatli ish kuchi va taraqqiy etgan menejmentga asoslangani uchun farovonlikni taʼminlaydigan yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. Yuksak ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotda insonparvarlik printsiplari amal qilishi uchun zamin yuzaga keladi. Аmmo farovonlikni taʼminlash insoniylik bilan bir qatorda jamiyatning iqtisodiy tizimida ham sifat oʼzgarishlari boʼlishini talab etadi. Hozirgi kunda bunga mulkning demokratlashuvi natijasida – koʼp xil mulkchilik negizida ish tutish bilan erishiladi. Bu yerda asosiy jihat – mulksizlarning mulkdorlarga aylanishidir. Hozirgi kunda ish kuchi sohiblari boshqa mulk egalariga ham aylanmoqdalar. Mehnat va mulk funktsiyalarining oddiy odamlar qoʼlida yigʼilishi iqtisodiyotni insoniylik prinpitslariga boʼysundiradi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan jamiyatda nufuzli iqtisodiy faoliyat qonuni amal qiladi. Bu qonunga koʼra, iqtisodiy faollik negizida pul topib, boy boʼlish emas, balki jamiyatda nufuzli, obroʼ-eʼtiborli boʼlish, oʼz nufuzi bilan nom chiqarish va shu yoʼsinda ijtimoiy hayotda oʼz oʼrnini topa bilishga intilish maqsadi yotadi. Bu hol yuz berishi uchun inson sahiy va olijanob boʼlishi kerak. Nufuzli iqtisodiyot qoidalari qanchalik keng amal qilsa, shunchalik ommaviy farovonlik yuz beradi. Har bir kishi isteʼmol etadigan buyumlarning ekvivalenti boʼlgan pul daromadi taqsimot kategoriyasidir. Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga koʼra moddiy neʼmatlar va xizmatlar resurslar bergan pirorvard natijasga qarab, ularning egalari oʼrtasida taqsimlanadi. Shu bilan birga, jamiyatda taqsimotning nobozor qoidalari ham amal qiladi. Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga koʼra moddiy neʼmatlar va xizmatlar resurslar bergan pirovard natijasiga qarab, uning egalari oʼrtasida taqsimlanadi. Аytilgan taqsimot qonuni bozor iqtisodiyoti uchun ijtimoiy adolat tamoyillari belgilaydi. Ular daromadni cheklashni inkor etadilar. Ularga binoan daromadlar har bir ishlab chiqarish omili samarasiga qarab, cheksiz oʼsib borishi mumkin. Taqsimot qonuniga binoan ish kuchi sohibi ish haqi oladi, kapital egasi foyda, yer egasi renta oladi, menejer ish haqi va foyda oladi, avval ishlaganlar pensiya oladilar. Taqsimotning bozor qoidalari hukmron boʼlsada, jamiyatda uning nobozor qoidalari ham amal qiladi. Nogironlar, kambagʼallar, boshpanasizlarga yordam koʼrsatish taqsimotdagi ijtimoiy hayr-ehson tamoyili boʼlib, uning bozor qonunlariga aloqasi yoʼq, aksincha, u insoniylik jihati hisoblanadi. Bozor taqsimotiga ekvivalentlik, yaʼni omillar bergan natijaga monand ravishda daromad ajratish xos. Аmmo noekvivalent taqsimot ham bor. Davlat daromadning bir qismini oʼz ihtiyoriga olganga taqsimlash munosabati yuz beradi, ammo ekvivalentlik boʼlmaydi, chunki davlat daromaddagi oʼz hissasini iqtisodiy oʼsishdagi xizmatlariga teng miqdorda emas, balki umumdavlat talab- ehtiyojini qondirish zarurligi uchun oladi. Resurs egalarining daromadi ularning ishlatilish samaradorligiga bogʼliq va uning mezonini bozor aniqlaydi. Samaradorlik mezoni esa bozor talabining qondirilishidir. Resurslar yordamida talabgir tovar qanchalik koʼp yaratilsa, shunchalik pul koʼp topiladi, shunga binoan daromadlar ham koʼpayadi. Resurslar bozor nuqtai nazaridan samarali ishlatilmasa, tabiiyki, daromad kamayadi. Aholining farovonlik darajasini ifodalash uchun "turmush darajasi", "xalq farovonligi", "turmush faoliyati xavfsizligi", "turmush tarzi", "mehnat faoliyati sifati", "turmush sifati" kabi turli xil tushunchalar qo’llaniladi. Ba’zan turli atamalar bir mazmunni anglatsa, boshqa hollarda ular o’rtasidagi farq muayyan xarakter kasb etadi, mazmuni sezilarli darajada farq qiladi. Shu bilan birga, mazkur tushunchalarning o’zaro bog’liqligini qayd etish lozim. O’zbekistonda aholining moddiy, ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari qondirilish darajasini ifodalaydigan "turmush darajasi" atamasi kengroq qo’llaniladi. Bunday tavsif ko’proq turmush darajasi statistikasini xarakterlaydi. Shu bilan birga turmush darajasi - ko’plab omillar yig’indisi ta’sirida bo’lgan o’zgaruvchan jarayondir. Turmush darajasi muntazam o’zgarib turadigan turli ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarning tarkibi va darajasi bilan, boshqa tomondan, ehtiyojni qondirish imkoniyatlari, tovarlar va xizmatlar bozoridagi holat, aholi daromadlari, mehnatkashlarning ish haqi bilan belgilanadi. Ammo ish haqi miqdori ham, turmush darajasi ham ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari samaradorligining ko’lami, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasi, aholining madaniy-ma’rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, siyosiy hokimiyatga bog’liq 70-80-yillarda "turmush tarzi" tushunchasi keng qo’llanilgan. Bunda hayot faoliyatining sifat ko’rsatkichlari "turmush tarzi", miqdor ko’rsatkichlari esa "turmush darajasi" bilan ifodalangan. Shuningdek, aholining turmush darajasini xarakterlovchi boshqa atamalar va tushunchalar mavjud. Turmush darajasining eng mufassal talqini quyidagicha: turmush darajasi - bu jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qoniqtirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy–iqtisodiy kategoriyadir. Bunday talqin turmush darajasining sifat va miqdor ko’rsatkichlarini yanada to’liqroq ifodalashga imkon yaratadi. Iqtisodiy voqelikdan kelib chiqib, turli maktablar daromadlarni taqsimlash masalasiga turlicha yondashadilar. Masalan, “Liberal” nazariya vakillari ishlab chiqarish omillari taʼlimotiga tayanib, har bir omil egasi oʼz ulushini oladi va davlatning bu yoʼnalishga aralashuvi maqsadga muvofiq emas, deb bilsalar; “Ijtimoiy davlat” nazariyasi namoyondalari esa, aksincha, davlat fuqarolarining arzigulik daromadlarini davlat tomonidan qayta taqsimlanishini zarur, deb hisoblaydilar. “Daromadlarni qayta taqsimlashning masshtabli” nazariyasi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida davlatning xatti-harakati orqali barchaning yuqori turmush darajasini taʼminlashni ifoda etadi. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari. Mehnatga qobiliyatli aholi o’zining kasbi va hunar bo’yicha faoliyat ko’rsatib ishlaydi. Bajargan ishga qarab unga haq to’lanadi. Berilgan pul ko’rinishidagi to’lov uning daromadi bo’ladi. Aholi daromadlari ma‘lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shaklidagi tushumlar miqdorini bildiradi. Iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich “daromad” nomi bilan yuritiladi. Daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumning mablag’larining, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni bildiradi. Daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlarni muhim o’rin tutadi. Aholi daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklida olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z iste‘mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va real daromad tushunchalaridan foydalanadi. Nominal daromad - aholi tomonidan ma‘lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarning pul ko’rinishidagi miqdori hisoblanadi. Ixtiyorida bo’lgan daromad - shaxsiy iste‘mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to’lov summasidan kam bo’ladi. Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan tovar va xizmatlar miqdorini ko’rsatadi, ya‘ni daromadnig xarid quvvati bildiradi. Aholinig nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanadi va ular quyidagilar hisoblanadi. 1. Ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; 2. Davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari; 3. Moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari. Aholi nominal daromadlari - bu ish haqi, pensiya ta‘minoti, davlat sug’urtasi bo’yicha tulovlar; shaxsiy qurilishiga va matlubot jamiyati a‘zolariga bank ssudalari; jamg’arma bankiga qo’yilmalar bo’yicha foizlar; aktsiya, obligatsiya bahosining ko’payishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha tulovlar; lotereya bo’yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo’sh mablag’lar, har xil turdagi kompensatsiya to’lovlari va h.k. Turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlari Hajmiy (absolyut) Ulush (o’rtacha) Milliy daromad hajmi Iste’mol fondining milliy daromaddagi ulushi Aholining nominal daromadlari Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan real daromad Ish haqi fondi O’rtacha va eng kam ish haqi Tadbirkorlikdan olinadigan daromadlar Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan tadbirkorlikdan olinadigan o’rtacha daromad Pensiya fondlari hajmi Pensiyaning o’rtacha va eng kam iqdorlari Tovar aylanishi hajmi Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan tovar aylanishi Bajarilgan xizmatlar hajmi Aholi jon boshiga to’g’ri keladigan xizmatlar salmog’i Uy–joy fondining hajmi Bir kishiga to’g’ri keladigan uy–joy hajmi (kv.m., xona) Iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholining soni Iqtisodiy faol aholi tarkibida bandlar va ishsizlar salmog’i Aholining jamg’armalari Jamg’armaning o’rtacha miqdori Aholining tabiiy ko’payishi Yashash davri Ko’rsatkichlar alohida belgilar bo’yicha quyidagi turkumlarga ajratiladi: umumiy va xususiy; iqtisodiy va ijtimoiy-demografik; obyektiv va subyektiv; qiymat va natural; miqdor va sifat; iste’mol proporsiyasi va tarkibi ko’rsatkichlarlari; statistik ko’rsatkichlar va boshqalar. Turmush darajasi ko’rsatkichlari umumiy va xususiy turlarga ajratiladi. Umumiy ko’rsatkichlarga 1)milliy daromad; 2)iste’mol fondi (iqtisodiyot tarmoqlarining bevosita iste’molga yo’naltirilgan mahsulotlari); 3)milliy boyliklar iste’mol fondi (to’plangan iste’mol mulklari – turar joylar, madaniy-maishiy binolar, buyumlar) kabilarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ulushi kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining umumiy darajasini ifodalaydi. Xususiy ko’rsatkichlardan 1) iste’mol darajasi va usullari; 2) mehnat sharoitlari; 3) turar joy ta’minoti va maishiy qulayliklar; 4) ijtimoiy-madaniy xizmat ko’rsatish darajasi; 5)bolalarni tarbiyalash sharoitlari; 6)ijtimoiy ta’minot va boshqalarni keltirib o’tish mumkin. Mazkur ko’rsatkichlar ijtimoiy taraqqiyot bilan bog’liq, ammo aholi (mehnatkashlar)ning ma’lum guruhlari, hudud va boshqalar bo’yicha aniqlashtirilgan. Iqtisodiy ko’rsatkichlar inson va jamiyat hayotining iqtisodiy jihatlarini, ehtiyojni qondirishning iqtisodiy imkoniyatlarini ifodalaydi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti va har bir insonning farovonligi (nominal va haqiqiy daromadlar, ish bilan bandlik va boshqalar) darajasini aks ettiruvchi ko’rsatkichlar iqtisodiy ko’rsatkichlar sirasiga kiritiladi. Bu ko’rsatkichlar ishchi kuchini (aholini) takror ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq bo’lib, uning iqtisodiy asoslarini ochib beradi. Bu, ayniqsa, aholi daromadlari salmog’i va ularni differensiasiyalashda yaqqolroq namoyon bo’ladi. Ijtimoiy-demografik ko’rsatkichlar aholining yoshi, jinsi, kasbiy-malakaviy tarkibini, ishchi kuchini jismoniy takror ishlab chiqarishni ifodalaydi. Ular ijtimoiy ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi va ijtimoiy soha, umuman, iqtisodiyot taraqqiyoti bilan mustahkam aloqada. Bu omillar aholishunoslikning tabiiy asoslari, ya’ni aholi, uning ayrim guruhlari sonining o’zgarishi, umr ko’rish davri haqida tasavvur hosil qiladi. Ko’rsatkichlarning obyektiv va subyektiv turlarga bo’linishi insonlar hayot faoliyatidagi o’zgarishlarni asoslash zarurati bilan izohlanadi. Obyektiv ko’rsatkichlar obyektiv (iqtisodiy, texnik va hokazo) bazaga ega bo’lsa, subyektiv ko’rsatkichlar aholi guruhlari yoki alohida shaxslarning mehnat, oilaviy munosabatlar, daromadlar, ish, turmush tarzi va shu kabilardan qoniqishi bo’yicha hisobga olinadi. Qiymat va natural ko’rsatkichlar. Qiymat ko’rsatkichlari barcha daromad ko’rsatkichlari va pul ko’rinishidagi boshqa ko’rsatkichlar (tovar aylanishi, xizmatlar, tashishlar, pul jamg’armalari va qo’yilmalari va hokazolarning hajmi)ni o’z ichiga oladi. Hozirgi paytda yuzaga kelgan sharoitlarni hisobga olib, bozor iqtisodi sharoitlariga muvofiqlashtirilgan quyidagi yangi ko’rsatkichlar tizimi taklif etiladi: 1) umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar (ichki yalpi mahsulot, iste’mol fondi, turmush qiymati indeksi va boshqalar); 2) aholi daromadlari; 3) aholi iste’moli va xarajatlari; 4) aholining pul jamg’armalari; 5) jamg’arilgan mol-mulklar va turar joylar; 6) aholining ijtimoiy tabaqalanishi; 7) aholining kam ta’minlangan tabaqalari. Bu tizim ham kamchiliklardan butunlay xoli bo’lmasag’da, u sho’rolar davrida foydalanilgan tasnifga qaraganda ixcham, hisob yuritish uchun qulay va turmush darajasining asosiy ko’rsatkichlarini aks ettiradi. Aholi turmush darajasi tushunchasiga ularning hayot kechirish uchun zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlar bilan ta‘minlanishi hamda kishilar ehtiyojining bu ne‘matlari bilan qondirilishi darajasi sifatida aniqlash mumkin. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga qo’yidagi guruhlarni oladi: 1.Tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa demografik ko’rsatkichlar. 2.Hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari. 3.Oziq-ovqat tovarlarni iste‘mol qilish. 4.Turar joy sharoitlari. 5.Ma‘lumot va madaniyat. 6.Mehnat qilish va bandlik sharoitlari. 7.Aholining daromadlari va xarajatlari. 8.Hayot kechirish qiymati va iste‘mol narxlari. 9.Transport vositalari. 10. Dam olishni tashkil etish 11. Ijtisoiy ta‘минот 12. Inson erkinligi. Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajasida (aholinig alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin.Birinchidan, yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasining aholi jon boshiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Aholi guruxlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste‘mol byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste‘molchi byudjetlarinig bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta‘minlangan byudjet,minimal darajada moddiy ta‘minlanganlar byudjeti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad “o’rtacha sinf” deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday gurux iste‘mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dal hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalar o’qitishi imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta‘minlangan yoki “boy” qatlaminig mavjud bo’lishini taqazo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi. Daromadlarning tabaqalanishi eng avvalo mulkiy tabaqalanishdan kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar mavjud boʼlib, ularning eng asosiylari: -odamlarning umumiy – jismoniy, aqliy layoqatidagi farqlar; -ijtimoiy jihatdan oʼz qobiliyatini ishga sola bilish imkoniyati; -taʼlim, bilim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; -tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorlik darajasidagi farqlar; -ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni oʼrnatishiga layoqatliligi; -omad, boshqalar bilan til topa bilishi. Bunday holatda davlat daromadlarni qayta taqsimlash orqali daromadlar tengsizligini kamaytirishi va jamiyat barcha aʼzolari uchun qulay moddiy hayot sharoitini yaratishga intilmogʼi zarur. Bunga davlatning ijtimoiy siyosati orqali erishish mumkin. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu esa daromadlar o’rtasida tengsizlik mavjudligi bildiradi o’rtacha daromadlar ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi. Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorents egri chizig’idan foydalaniladi. Daromad %100 Е 80 60 40 20 F Аholi % 0 20 40 60 80 100 CHizmaning yotiq chizig’ida aholi guruxlarining foizdagi ulushi tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) OYe chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarining mos keluvchi foizni olishini ko’rsatadi. Ya‘ni aholining 20% barcha daromadlarining 20% ni, aholining 40% daromadlarining 40% ni, aholining 60% daromadlarining 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, OYe chizig’i daromadlarining taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi. Real xayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Ijtimoiy siyosatning quyidagi asosiy maqsadlari mavjud: -Аholi turmush darajasi va sifatini oshirish; -Kishilarning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini borgan sari toʼlaroq qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish; -Ijtimoiy adolatni chuqurlashtirish, ijtimoiy kafolat va ijtimoiy himoya mexanizmini takomillashtirish. Ijtimoiy siyosatning tub maqsadi Prezidentimizning quyidagi fikrlarida oʼz ifodasini topgan: “Barcha islohotlarning, - deb yozgan I.Karimov, - iqtisodiy, demokratik, siyosiy islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat.” Download 88.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling