Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari
Download 23.37 Kb.
|
pl
Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari «Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkich bo‘lib, u serqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. CHunki, daromad bir vaqtning o‘zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag‘larini, natural ko‘rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy resurslar keltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. SHuningdek, daromad umumiy tushuncha bo‘lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o‘rin tutadi. Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko‘rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko‘rinishida keltirilgan (24.1-jadval). SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida keltirilgan tasnifida ma’lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko‘rinishdagi ta’minotlarini alohida bandda berilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o‘z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh ko‘rinishida oladilar. SHuningdek, 4 – 6 tartib raqamlari bo‘yicha keltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko‘rsatadi va h.k. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi. 24.1-jadval Aholi shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi5
Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog‘lig‘ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi. Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Mustaqillik yillarida odamlarimizning tafakkuri, dunyoqarashi, hayotga bo‘lgan munosabati ham tubdan o‘zgardi. Turmush darajasi, oilasining farovonligi, eng avvalo, o‘ziga bog‘liq ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko‘payib bormoqda»6. Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori. Ixtiyorida bo‘lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to‘lovlar summasiga kam bo‘ladi. Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. YA’ni, real daromad aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; b) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari; v) moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari. Respublikamizda 2008 yilda aholining nominal pul daromadlari 2007 yilga nisbatan 34,1 foizga o‘sib, 22626,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Aholining pul xarajatlari va jamg‘armalari esa tegishli ravishda 34,2 foizga o‘sib, 22240,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mamlakatimizdagi aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining keyingi yillardagi dinamikasi quyidagi jadval ma’lumotlari orqali tavsiflanadi (24.2-jadval). 24.2-jadval O‘zbekistonda aholi pul daromadlari, xarajatlari va jamg‘armalarining dinamikasi (mlrd. so‘m)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Jadvaldan ko‘rinadiki, mamlakatimizda aholi pul daromadlari sezilarli darajada oshib bormoqda. Muvofiq ravishda aholining pul xarajatlari va jamg‘armalari ham o‘smoqda, biroq, bu o‘sish daromadlar o‘sishi darajasidan ortda qolishi sababli, aholi ixtiyoridagi pul qoldiqlari miqdori oshib bormoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2008 yilda 2004 yildagiga nisbatan 5,3 barobardan oshgan. O‘zbekistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari tarkibining tahlili shuni ko‘rsatadiki, daromadlarning ahamiyatli qismi mol-mulk, tadbirkorlik faoliyati va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishdan olinmoqda (2008 yilda jami pul daromadlarining 49,9 foizni tashkil etgan) (24.3-jadval). Jami daromadlarning 33,3 foizi mehnatga haq to‘lash va korxonalardan olingan boshqa daromadlar hissasiga, 16,8 foiz ijtimoiy transfertlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2008 yilda aholining iste’mol sarflari 2007 yilga nisbatan 36,1 foizga o‘sib, 16613,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Iste’mol sarflarining pul daromadlari umumiy hajmidagi ulushi 74,7 foizni tashkil qildi. Aholi pul daromadlari qo‘shimcha o‘sishining omillari tahlili shuni ko‘rsatadiki, agar 2000 yilda bu o‘sishning 20,8 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar hisobiga ta’minlangan bo‘lsa, 2007 yilga kelib bu manzara butunlay o‘zgardi: pul daromadlari qo‘shimcha 24.3-jadval O‘zbekistonda aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi tarkibi
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. o‘sishining 13,4 foizi mehnatga haq to‘lash, 9,9 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar, 4 foizi ijtimoiy transfertlar hisobiga ro‘y berdi (24.1-diagramma). Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil etadi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o‘zining etakchi rolini saqlab qoladi. Jumladan, O‘zbekistonda 2001 yilda mehnatga layoqatli aholining o‘rtacha ish haqi kun kechirish uchun minimum darajada zarur bo‘lgan mablag‘ning 99 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2007 yilda bu ko‘rsatkich 3 barobardan ko‘proq oshdi. Ta’kidlash joizki, bu ko‘rsatkich MDH mamlakatlari o‘rtasida yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi7. 24.1-diagramma Aholi pul daromadlari qo‘shimcha o‘sishining omillari Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi. Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: - davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; - shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; - jamg‘arma bankidagi omonatlar bo‘yicha foizlar; - aksiya, obligatsiya qiymatining o‘sishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; - lotereya bo‘yicha yutuqlar; - tovarlarni kreditga sotib olish natijasida paydo bo‘ladigan vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; - har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar va h.k. O‘zbekistonda aholi jon boshiga real pul daromadlari 2008 yilda 23 foizga o‘sdi (24.2-diagramma). Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Aholi turmush darajasi – aholining hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu ne’matlar bilan qondirilishi darajasi. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: 1) tug‘ilish va o‘lish darajasi hamda boshqa demografik ko‘rsatkichlar; 2) hayot kechirishning sanitar-gigiena jihatidan sharoitlari; 3) oziq-ovqat tovarlarini iste’mol qilish; 24.2-diagramma O‘zbekistonda aholi real pul daromadlarining o‘sishi (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida) Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. 4) turar joy sharoitlari; 5) ma’lumot va madaniyat; 6) mehnat qilish va bandlik sharoitlari; 7) aholining daromadlari va xarajatlari; 8) hayot kechirish qiymati va iste’mol narxlari; 9) transport vositalari; 10) dam olishni tashkil etish; 11) ijtimoiy ta’minot; 12) inson erkinligi. Bu asosiy ko‘rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko‘rsatkichlar ham ajratib ko‘rsatiladi: aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi YAIM, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi iste’mol hajmi va boshqalar. Kishilar hayot faoliyati uchun zarur ne’matlar to‘plami mehnat sharoiti, ta’lim, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog‘liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi. Aholi guruhlari bo‘yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash iste’molchi byudjeti asosida amalga oshiriladi. Iste’molchi byudjetlarining bir qator turlari mavjud bo‘ladi: o‘rtacha oila byudjeti, yuqori darajada ta’minlangan byudjet, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar byudjeti, nafaqaxo‘rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari byudjeti shular jumlasidandir. Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi bilan belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘rtacha daromad «o‘rtacha sinf» deb ataladigan tabaqalar daromadlari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday guruh iste’mol savati to‘plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o‘qitish imkoniyati, qimmatli qog‘ozlar va zebu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining mavjud bo‘lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo‘lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar miqdorida baholanadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog‘liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni: - mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari; - turmush va bo‘sh vaqtdan foydalanish shakllari; - siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish; - moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari; - kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me’yorlari va qoidalari. Prezident SHavkat Mirziyoev 2021 yilni “YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qildi. 2021 yilga bunday nom berilishi sababi va oqibatlarini bilish uchun “Nima uchun yilga bunday nom berildi?” hamda “YOshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash uchun nima qilishimiz kerak?” degan savollarga javob topish lozim. Aslida, yoshlar masalasi e’tibor markazidan, kun tartibidan o‘rin olganining sabablari talaygina. Birinchidan, aholimizning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadigan yoshlar miqdor jihatidan yirik qatlam, katta kuch hisoblanadi. Ikkinchidan, yoshlar kuch-quvvatga to‘la, g‘ayratli bo‘lgani uchun ular boshqa guruhlarga nisbatan faolroq va moslashuvchan bo‘ladi. Uchinchidan, yoshlar yangiliklarga ochiq bo‘lganligi bois, ular innovatorligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turadi. To‘rtinchidan, mehnatga layoqatli aholining salmoqli qismini tashkil etadigan yoshlar o‘z maqomini oshirishdan, yangi ijtimoiy rollarni o‘zlashtirishdan manfaatdor bo‘ladi. Beshinchidan, hali qadriyatlari to‘la shakllanib ulgurmagan yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topish ishtiyoqida harakat qiladi. Oltinchidan, yoshlar davlatning strategik resursi hisoblanadi, ya’ni ertangi hayotimiz bugun voyaga etayotgan yoshlarga qanchalik e’tibor berayotganimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Axir, «YOshlar – kelajak bunyodkori», deb bejizga aytilmagan-ku. Eng asosiysi, yoshlar jamiyatning bir bo‘lagi, uning uzluksiz tarkibiy qismi hisoblanadi. SHuning uchun yoshlar muammolariga butun jamiyat muammolari sifatida qarash lozim. SHu boisdan, O‘zbekistonda yoshlar muammolari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Murojaatnomada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi olti vazifa ajratib ko‘rsatildi. Bular quyidagilar: Bog‘cha yoshidagi har bir bolani maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoit yaratish; Maktab ta’limini tubdan yaxshilash va uning sifatini oshirish, muallimlarga munosib sharoit yaratish borasidagi islohotlarni jadal davom ettirish; Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish; Mamlakat taraqqiyotining zamini bo‘lgan ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish; YOshlar o‘rtasida bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash; Ehtiyojmand oilalarning farzandlari, chin etim, nogironligi bo‘lgan va davolanishga muhtoj bolalarga alohida mehr-muruvvat ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim joriy etish. Murojaatnomada ilgari surilgan vazifalar davlatning ijtimoiy madadiga muhtoj odamlar: ehtiyojmand va nochor oilalar, imkoniyati cheklanganlar, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga to‘kislikni ravo ko‘rish, ularning hech kimdan kam bo‘lmasliklariga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan. Pirovardida bu yoshlar Prezidentning g‘amxo‘rligini o‘z taqdirida his qiladi, imkoniyati cheklangan bo‘lsa-da, hamma bilan huquqi tengligini, ya’ni huquqiy imkoniyati cheklanmaganini anglaydi, ota-on Download 23.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling