Aholi jamg’armalari va ular bilan operatsiyalarni amalga


Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi)


Download 36.92 Kb.
bet2/2
Sana22.12.2022
Hajmi36.92 Kb.
#1043567
1   2
Bog'liq
22-Variant

Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg’arish (noishlab chiqarish jamg’arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o’quv muassasalari, madaniyat, sog’liqni saqlash, sport muassasalari, ya’ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kеngaytirish, rеkonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kеngaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg’arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur’atlarini bеlgilab bеradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg’arish normasi bеvosita jamg’arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: 




bunda: JN - jamg’arish normasi; 
JS - jamg’arish summasi; 
MD - milliy daromad.
Jamg’arish normasining ham o’z chеgarasi bo’lib, uni mе’yoridan oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kеlishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida invеstitsion sarflar samaradorligi pasayib kеtishi mumkin, chunki kapital mablag’lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, matеriallar va uskunalar yetkazib bеrish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o’rtasida nomutanosiblik paydo bo’ladi. Oqibatda iqtisodiy o’sish pasayib kеtish tamoyiliga ega bo’ladi.
SHunday qilib, jamg’arish hajmi iqtisodiy o’sish sur’atlari va sifatiga faqat o’zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta’sir ko’rsatib qolmaydi. Fan-tеxnika rеvolyutsiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o’ringa chiqadi.
Jamg’arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko’payishini bеlgilaydigan omillar, jamg’arish miqdorini ham bеlgilab bеradi. Bu omillardan asosiysi qo’llaniladigan rеsurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg’arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, matеriallar, enеrgiyani tеjab-tеrgab sarflashga ham bog’liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o’sha miqdorida mahsulotlarni ko’proq hajmda ishlab chiqarishga imkon bеradi. 
2)
Har bir bank o’z buxgalteriya hisobini barcha banklar uchun bir xil bo’lgan hisobvaraqlar rejasi asosida olib boradi.
Yangi hisobvaraqlar rejasi ham mazmunan, ham tuzilishi jihatidan eskisidan farq qiladi. Ilgari Markaziy bank ham, tijorat banklari ham buxgalteriya hisobini yagona hisobvaraqlar rejasi asosida yuritar edi. Har bir hisobvaraq nomi va raqami yoniga qaysi bankda ishlatilishi haqida belgi qo’yilar edi. Yangi hisobvaraqlar rejasi Markaziy bank uchun alohida, tijorat banklari uchun alohida ishlab chiqildi. Bunda har ikki bank faoliyatining xususiyatlari hisobga olindi. Masalan, Markaziy bank emissiya markazi bo’lib hisoblangani uchun kassadagi pullar banknota va tangalarga bo’lingan holda ko’rsatiladi. Tijorat banklari kassalaridagi pullarini bunday bo’lish uchun alohida hisobvaraqlar ochilmaydi. Bundan tashqari Markaziy bank barcha banklararo hisob-kitoblarni tashkil etadi. Shu sababli bunday hisob-kitoblar hisobini yuritish uchun olinadigan banklararo hisob-kitoblar bo’yicha tranzit hisobvaraqlar va to’lanadigan banklararo hisob-kitoblar ochilgan. Bunday hisob varaqlar tijorat banklarining rejasida yo’q.
Hisobvaraqlar rejasi 6 bo’limdan iborat bo’lib, ulardan 5 tasi balans ichidan hisobvaraqlarni o’z ichiga oladi, oxirgi oltinchi bo’lim esa balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat. Har bir bo’lim asosiy va yordamchi hisobvaraqlarni (subchyot) o’z ichiga mujassamlangan. Bank aktivlari, passivlari, kapitali, daromadlari va xrajatlari bo’yicha hisobvaraqlar alohida bo’limlarga kiritilgan. Ya’ni:

I bo’lim 10000-aktivlar;


II bo’lim 20000-passivlar;
III bo’lim 30000-kapital
IV bo’lim 40000-daromadlar;
V bo’lim 50000-xarajatlar;
VI bo’lim 90000-ko’zda tutilmagan holat bo’yicha (ya’ni balansdan tshqari) hisobvaraqlar.
Yangi hisobvaraqlar rejasi bosh buxgalteriya kitobidagi hisobvaraqlar tizimini aks ettirib, ular moliyaviy operatsiyalarni guruhlashtirish, ikki yoqlama yozuvni amalga oshirish, hisobotlarni tuzish va tahlil qilish uchun ishlatiladi. Barcha hisobvaraqlar shunday tartibda ishlab chiqilganki, bunda
- birinchidan, barcha hisobvaraqlarning asosiy va yordamchi kitoblarda joylashuvini osonlashtirish;
- ikkinchidan, hisobvaraqlarni guruhlash va klassifikatsiya qilish;
- uchunchidan, hisob ishlarini kompyuterlashtirish;
- to’rtinchidan, operatsiyalar bo’yicha yozuvlarni bajarishni tezlashtirishni ta’minlash mumkinligi hisobga olingan.
Rejadagi hisobvaraqlar Bosh daftar uchun beshta raqamdan iborat qilib kodlashtirilgan. Hisobvaraqlarning raqamlanishi quyidagicha:

S-hisobvaraq kategoriyasini bildiradi, ya’ni:


S MM SS
1-aktivlar;
2-majburiyalar;
3-kapital;
4-daromadlar;
5-xarajatlar;
9-ko’zda tutilmagan holatlar.
MM – yuqorida sanab o’tilgan kategoriyalardan biriga qarashli asosiy schyot 01- asosiy shchyoti naqd pullarni bildiradi, ya’ni bank aktivlaridan biri bo’lgan naqd pullar.
SS – asosiy shchyotga qarashli bo’lgan subschyot.
Masalan, 10000 - aktivlarni bildiradi.
10100 – aktivga qarashli naqd pullarni bildiruvchi asosiy schyot.
10101 – kassadagi naqd pullarni bildiruvchi schyot.
Demak, 1 – aktivlar;
01- naqd pullar;
01- kassadagi naqd pullar.
Barcha kategoriyaga qarashli asosiy va subschyotlar huddi shunday tartibda raqamlanadi.
Barcha aktivlar 40 dan ortiq asosiy hisobvaraqlarga bo’linadi, har bir asosiy hisobvaraq ham bir necha subschyotdan iborat. Masalan, 10100 – asosiy hisobvaraq “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” deb nomlanadi va quyidagi subschyotlarni o’z ichiga oladi:
10101 – kassadagi naqd pullar;
10105 – cheklar va boshqa kassa hujjatlari;
10107 – bankomatlardagi naqd pullar;
10109 – yo’ldagi pullar.
Huddi shunday misolni “Majburiyatlar” kategoriyasi bo’yicha ko’rib chiqamiz. Bank majburiyatlari talab qilib olinadigan (muddatsiz) depozitlardan boshlanadi: ya’ni, 20200 – talab qilib olinadigan depozitlar bunda, 2 – majburiyatlar kategoriyasini, 02 esa shu majburiyatlarga tegishli asosiy hisobvaraqni bildiradi. Ushbu asosiy hisobvaraq bir qancha yordmchi hisobvaraqlarni o’z ichiga oladi:
20202 – hukumat va mahalliy hokimiyatining talab qilib olinadiga depozitlari;
20204 – budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag’lari bo’yicha muddatsiz depozitlari;
20206 – xususiy shaxslarning talab qilib olinadigan depozitlari;
20208 – xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalari talab qilib olinadigan depozitlari;
20210 – davlat korxonalarining talab qilib olinadigan depozitlari;
20212 – jamoat tashkilotlarining talab qilib olinadigan depozitlari;
20214 – qo’shma korxonalarning talab qilib olinadigan depozitlari;
20216 – nobank moliya institutlarining talab qilib olinadigan depozitlari;
20218 – yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan tadbirkorlarning talab qilib olinadigan depozitlari;
20296- boshqa talab qilib olinadigan depozitlari.
Barcha hisobvaraqlar ikki yoqlama yozuv asosida olib boriladi. Hisob siyosatida ikki yoqlama yozuv usulini amaliyotga tatbiq etilishi maxsus buxgalteriya hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Bu hujjat hisobvaraq bo’lib, u ikki qismdan iborat bo’ladi: chap tomoni “debet”, o’ng tomoni esa “kredit” deb nomlanadi. Har bir hisobvaraqning kun boshiga bo’lgan boshlang’ich qoldig’i (saldo) bo’lib, operatsiyalar o’tkazilgandan so’ng debet va krediy aylanmalarni hisobga olgan holda kun oxiriga bo’lgan qo’ldig’i chiqariladi.
Barcha hisobvaraqlar o’z mazmuniga ko’ra aktiv yoki passiv bo’lishi mumkin. Bankning o’z mablag’larini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar aktiv hisobvaraqlar bo’lib hisoblanadi. Bank mablag’larining manbaini hisobga olishda ishlatiladigan hisobvaraqlar esa passiv hisobvaraqlar bo’lib hisoblanadi. Aktiv hisobvaraqlarga bankdagi naqd pullar, bankning vakillik hisobvaraqdagi mablag’lar, turli muddatlarga banklarga, hukumatga, korxona tashkilotlarga berilgan ssudalar, asosiy vositalari, bank xarajatlari kiradi. Passiv hisobvaraqlarga esa, turli depozitlardagi mablag’lar budjet mablag’lari, bank kapitali, daromadlari va hakozo kiradi.
Aktiv hisobvaraqlarning qoldig’i uning “debet” qismida bo’lib, mablag’larning ko’payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag’larning kamayishi esa hisobvaraqning kreditida ko’rsatiladi. Passiv hisobvaraqlar bo’yicha aksincha, qoldiq hisobvaraqning kredit tomonidan kamayishi ya’ni chiqib ketishi debetida o’z ifodasini topadi.
Download 36.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling