Aholi keng qatlamlariga viloyatimizda qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo’yicha seminar va davra suhbatlari tashkil etildi
Download 0.52 Mb.
|
tadbirkorlik faoliyatini moliya kredit mexanizmi orqali tizimi orqali rag\'batlantirish ppt
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik fuqarolar bandligini ta’minlashning muhim sharti hamda aholi daromadining barqaror manbai bo’lib bormoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekistonda kichik biznesning ulushi yalpi ijtimoiy mahsulotning bor-yo’g’i 1,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilda ushbu raqam 31, 2012 yil yakunida esa 52,5 foizga ko’tarildi. 2013 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi evaziga 500 mingga yaqin yangi ish joylari tashkil etildi. 2013 yilda yalpi ichki mahsulotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 55,8 foizga yetkaziladi va 2014 yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o'sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. 2015 yilda bu ko’rsatkich 77,9 foiz, 2016 yilda 78,1 foizga oshgan bo’lsa, 2017 yilning birinchi choragida 77,7 foizga yetganini kuzatishimiz mumkin
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga kirib borishi jarayonidagi turli mulk va xo’jalik yuritish shakllarining keng taraqqiyoti ular moliyaviy faoliyatini ishlab chiqarish samaradorligini rag’batlantirish maqsadlarida takomillashtirishning muhim, dolzarb muammo ekanligini isbotlamoqda. Yurtimizning istiqboli bozor xizmat tarmoqlarini shakllantirish bilan, kelgusida mulkni davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish, yakkahokimlikka qarshi tadbirlarni amalga oshirish, raqobat muhitini vujudga keltirish bilan uzviy bog’liqdirki, bozor munosabatlarini shakllantirish yuzasidan iqtisodiy islohotlar mazkur vazifalarining ijobiy hal etilishi korxonalar moliyaviy faoliyatini tashkil etishning bozor talablariga javob beruvchi holatidan ham kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kichik biznes va turli tadbirkorlik shakllarining taraqqiyotida ular moliyaviy faoliyatini tashkil etish xususiyatlari, vazifalari, tarkibi va rivojlanish asoslarini o’rganish muhimdir.
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling