- Aholi o'rtasida kurashga bo'lgan qiziqishning uyg'onishi ko'plab professional kurashchilarning yuzaga chiqishiga sabab bo'lgan. Ular cirklarda va yarmarkalarda o'z sanatlarini namoyish qilardilar. Muvaffaqiyatlar shunga yordam berdiki, shaharlarda alohida kurashchilar guruhlari paydo bo'la boshladi.
- Natijada professional kurashchilar o'rtasida shaxsiy birinchiliklar, Franciya shaharlararo musobaqasi, keyinchalik esa jahon chempionatlari o'tkazila boshlandi. CHempionatlarning yaxshi tashkil etilishi, ularning keng targ'ib qilinishi professional kurashga katta muvaffaqiyat keltirdi. Asta-sekin francuzlar kurashi boshqa Evropa davlatlariga kirib bordi. Kurash keng ommaviylikka erishib borishi va geografik jihatdan kengayi bilan bir vaqtda texnik tomondan ham boyib bordi. Qo'pol kurashchilarning bellashuvlari tomoshabinlar mehrini qozona olmadi, texnika, chaqqonlik va go'zallik yanada qadrlandi.
- XIX asr o'rtasida Parijda birinchi ixtisoslashgan kurash maydonlari ochildi. Aynan shuning uchun 1848 yil Franciyada professional kurash rivojlanishining boshlanishi hisoblanadi. Bu erga turli davlatlardan - Germaniya, Turkiya, Italiya, Rossiya, SHveciyadan turli turnirlar va chempionatlarda qatnashish uchun kurashchilar kelganlar. SHu tariqa bu sport turi xalqaro maydonda tanildi. Bu kurash turi Evropaning hamma davlatlarida “francuzcha kurash” nomi bilan keng tarqaldi. Kurashning qadimgi Yunoniston, qadimgi Rimda rivojlanganligini hisobga olgan holda francuzcha kurashga “yunon-rum” kurashi nomi berildi. Bizda uzoq vaqt “klassik kurash” deb atab kelingan.
- 1896 yildagi birinchi zamonaviy Olimpiya o'yinlari dasturiga kurash ham kiritilgan. 1898 yildan boshlab Evropa chempionati, 1904 yildan esa jahon chempionatlari o'tkazib kelinadi. 1912 yilda havaskorlar o'rtasida kurash musobaqalarini kuzatish va o'tkazish bo'yicha Xalqaro qo'mita tuzildi. Ushbu qo'mita erkin va yunon-rum kurashi uchun tuzilgan va faoliyatini boshlagan.
- 1921 yilda mazkur qo'mita Xalqaro havaskorlar kurash federaciyasiga (FILA) aylantirildi. U 2014 yildan UWW, yani inglizcha talaffuzda (Yunayted Vord Vresling)ga aylantirildi va hozirda shu nom ostida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. UWW jahondagi eng yirik va tasir doirasi katta sport tashkiloti hisoblanadi.
- O'zbek kurash maktabi tarbiyalanuvchilari xalqaro maydonda katta yutuqlarga erishganlar. Rustam Kazakov 1972 yildagi Olimpiya o'yinlari va 1969 yildagi jahon chempionatida g'alaba qozongan. Kamil Fatkulin jahon chempionatlarining ko'p marta sovrindori bo'lgan. Mustaqillik yillarida Aleksandr Doktorashvili 2004 yilda Olimpiya o'yinlari chempionligini qo'lga kiritgan. Dilshod Aripov 1999 yilda jahon chempioni hamda dunyoning eng yaxshi yunon-rim kurashchisi bo'lgan. Elmurat Tasmuradov Rio-2016 Olimpiadasida bronza medalini qo'lga kiritgan. U besh karra Osiyo chempioni, shuningdek jahon chempionatlari sovrindori hamdir. Rustam Assakalov Osiyo o'yinlari g'olibi, Osiyo chempioni bo'lgan. Yuriy Vitt, Bahodir Qurbonovlarni eslashimiz mumkin. Bu kabi yunon-rim kurashchilarimiz ko'p. Biz alohida mustaqillik yillarida o'zbekistonlik yunon-rim kurashchilar erishgan yutuqlarga to'xtalishni maqsad qilganmiz.
- Erkin kurash - (inglizcha: Freestyle wrestling, fransuzcha: Lutte libre) yakkakurash sport turlaridan biri. Ikki sportchining bir nechta sport usullari orqali bajaradigan harakatlari orqali bahslashiladi. Yunon-rum kurashidan farqli oʻlaroq bu sport turida sportchini oyoqlaridan ushlab usul qoʻllash mumkun. Erkin kurash zamonaviy Olimpiada Oʻyinlari start olgan 1896-yildan buyon dasturda boʻlib kelgan. Erkin kurash — sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida gʻoliblik uchun olishuvi. Erkin kurash musobaqalari diametri 9 m (yoki oʻlchami 12x12 m) sport maydonida oʻtkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 9999 va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 minutdan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sekunddan.
- Erkin kurashda siltab tortish, qayirib va aylantirib tashlashga, oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5 (sof gʻalaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3, 1 ochko bilan baholanadi. Gʻolib toʻplagan ochkolariga koʻra aniqlanadi. Agar kurashchilardan biri 5 ochkoga mos usul bajarsa, 1, 2-davrada ketmaket gʻolib deb topilsa, raqibidan 6 ochko farq bilan oʻzib ketsa, shuningdek, hakamlar, murabbiylar va shifokorlar qaroriga koʻra ham olishuv muddatidan oldin toʻxtatiladi.
- Qadimdan koʻplab xalqlarning milliy kurash turlarida hozirgi Erkin kurashda qoʻllaniladigan usullar boʻlgan (qarang:Kurash). Yunonistonda oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari dasturiga miloddan avvalgi 708 yildan boshlab Erkin kurashga oʻxshash kurash musobaqasi kiritilgan. Erkin kurashning zamonaviy qoidalari 19-asrning 2-yarmida Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan. 1894-yilda AQShning SentLuis shahrida ilk yirik musobaqa tashkil qilingan. Erkin kurash musobaqalari 1904-yildan zamonaviy olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan. oʻyinlari va yunonrum kurashi turlarini rivojlantirish maqsadida 1912-yilda Xalqaro havaskor kurashchilar assotsiatsiyasi (FINA) tuzilgan, unga 154 davlat (Oʻzbekiston 1992-yildan) aʼzo. Erkin kurash boʻyicha 1951-yildan erkaklar, 1995-yildan ayollar oʻrtasida jahon chempionatlari oʻtkazib kelinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |