Aholi roʻyxatlari


Download 54.5 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2023
Hajmi54.5 Kb.
#1415213
  1   2   3
Bog'liq
Aholi


Aholi roʻyxatlari — Mamlakat yoki muayyan hududda maʼlum vaqt yoki davrda yashayotgan aholining demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarining jarayoni toʻplami. Baʼzan aholi roʻyxati tushunchasiga, shuningdek ushbu maʼlumotlarni yigʻish, ishlash va nashr etishni ham qoʻshadilar. Aholi roʻyxatlari ilmiy talablarga hamda amaliyot ehtiyojlariga javob berish, aholi soni, tarkibi va joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish maqsadida oʻtkaziladi. Aholi roʻyxatlari oʻtkazilganda uyma-uy yurib, har bir yashovchi haqida maʼlumot yigʻiladi.
Aholi roʻyxatlarini oʻtkazish boʻyicha bir qancha ilmiy tamoyillar mavjud. Ularning ichida jami voqea va hodisalarni qamrab olish tamoyili eng muhimi hisoblanib, roʻyxat oʻtkazilayotganda muayyan joydagi jami aholi qamrab olinishi shart. Faqat shundagina aholi roʻyxatlari oʻtkazilayotgan hududdagi demografik jarayonlar toʻgʻrisida toʻlaqonli maʼlumot olish mumkin. Aholi roʻyxatiga demografiya belgilari (jinsi, yoshi, oilaviy holati), iqtisodiy belgilari (mashgʻuloti, iqtisodiy faoliyat sohasi yoki turi), maʼlumoti (savodliligi, maktabga borishi), etnik alomatlari (millati, tili, baʼzan dini) va hokazo maʼlumotlar olinadi. Ayrim aholi guruxlari uchun nikohga kirgan oy-kuni, tugʻilgan bolalari soni ham olinadi. Ar.da koʻpincha oila (uy sohibaligi), kim oila boshligʻi ekanligi hisobga olinadi. Ushbu maʼlumotlar vaqt va hudud doirasida taqqoslashga yarokli boʻlishligi uchun, jami aholiga bir xil mazmundagi savollar takdim qilinishi kerak, yaʼni mamlakat miqyosida aholi roʻyxatlari yagona dastur asosida oʻtkazilishi shart. Bunda BMT tomonidan berilgan tavsiyalarga tayaniladi. Aholiga tegishli maʼlumotlar aniq boʻlishligi uchun ularni har bir kishidan shaxsan olinadi. Roʻyxat odamlarning oʻz joyida muqim yashab turgan davrida, yaʼni asosan qishda qisqa muddatda, bir necha kun yoki hafta mobaynida oʻtkaziladi, lekin barcha maʼlumotlar kritik (jiddiy) lahzasi (odatda roʻyxatga olishning birinchi kuni) da olinadi — shungacha oʻlganlar va tugʻilganlar koʻrsatilmaydi. Javoblar roʻyxat varakalariga yagona nusxada yoziladi.
Aholi roʻyxati aholi soni va tarkibi haqidagi maʼlumotlarni maʼlum bir sanaga moʻljallab berishi lozim. Shartni bajarish uchun roʻyxat oʻtkazish boʻyicha sana va hatto vaqti aniq koʻrsatilishi kerak. Mazkur vaqt roʻyxatning kritik lahzasi deyiladi. Qadimdan aholini hisobga olishning xilma-xil usullari mavjud boʻlgan. Yunoniston, Bobil (Mesopotamiya), Misr, Rim, Xitoy va Yaponiyada aholi hisobga olinganligi tarixiy manbalardan maʼlum. Ular asosan fiskal (soliq olish) va harbiy maqsadlarni koʻzlagan holda oʻtkazilib, odatda faqat erkaklarni, yaʼni harbiy harakatlarda ishtirok etish hamda soliq toʻlash imkoniyati bor shaxslarni qamrab olgan. Qadimgi Rimda oʻtkazilgan hamda podsho Serviy Tulliy (miloddan avvalgi 6-asr) nomi bilan bogʻliq boʻlgan fuqarolar hisobi (senzi) maʼlum. Mil. av. 510 yildan 30 yilgacha boʻlgan davrda senzlar har 5 yilda oʻtkazilib turgan. Jami A. soni va tarkibi haqidagi roʻyxat birinchi marta 1790-yilda AQSh da oʻtkazilgan. 1801-yilda Buyuk Britaniya, Fransiya, Daniya va Norvegiyada oʻtkazilgan.
19-asrning oʻrtalariga kelib Yevropa mamlakatlarida maxsus statistik tashkilotlar barpo qilinganligi Aholi roʻyxatlari ni sifatli oʻtkazishning muhim omili boʻldi. Dunyo mamlakatlarida 1870 −79 yillarda 48 ta, 1880 — 89 yillarda 54 ta, 1890-99 yillarda 57 ta, 20-asrning dastlabki oʻn yilligida 74 ta Ar. oʻtkazildi. Ar. 20-asrning boshida yer yuzi jami aholisining 64 % ni qamrab oldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Aholi roʻyxatlari oʻtkazish yana ham keng tusc oldi. Aholi roʻyxatlari 1945-54 yillarda 168 mamlakatda, 1969 −74 yillarda 179 mamlakatda oʻtkazildi. Hozirgi vaqtda aholi roʻyxatlari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida oʻtkazilmoqsa.
Iqtisodiy jihatdan qoloq hamda Aholi roʻyxatlari ni oʻtkazish imkoniyatlariga ega boʻlmagan mamlakatlar istisno hisoblanadi. Sobiq Ittifoqsa 1920, 1923, 1926, 1937, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989-yillarda aholi roʻyxatlari oʻtkazilgan.

Download 54.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling