«Aholi statistikasi» fanini nimani o’rganadi? «Aholi statistikasi»


,18.Aholining kelajakdagi sonini prognozlash qanday amalga oshiriladi?


Download 71.76 Kb.
bet5/11
Sana20.10.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1713813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Aholi statistikasi

17,18.Aholining kelajakdagi sonini prognozlash qanday amalga oshiriladi? Aholi sonini prognozlash ning qanday usullarini bilasiz?

Makroiqtisodiyotning bo’lajak istiqbolini oldindan rejalashtirish, eng avvalo, aholining kelgusida o’zgarishini istiqbolini aniqlashdan boshlanadi. Aholining istiqbolda ko’payishini begilash: kelgusida shakillanadigan demografik tarkibiy o’zgarishlarni aniqlash; hududiy miqyosida aholining tabiiy ko’payishi va migratsiya ko’lamini tahmin qilish; mehnat tarkibiy o’zgarishini oldindan athlil qilishdan iboratdir. Aholining istiqboldagi sonini hisoblash global va yoshini siljitish usullari yordamida hisoblash mumkin. Global usulda hisoblashda aholining yil boshidagi sonini (A0), tabiiy o’zgarishi (Kto’) yoki umumiy o’zgarishi koeffitsentlari boshlang’ich ma’lumot vazifasini bajaradi. Buni quyidagi formula yordamida aniqlanadi. A1=A0*(1+(Kto’/(1-(1/2)*Kto’) A2lar ham xuddi shu formula yordamida hisoblanadi. bu yerda A1 va A0-aholining joriy yil oxiridagi va keyingi yil boshidagi soni; Kto'-tabiiy o’zgarish (yoki umumiy o’zgarish) koeffitsiyentlari;


Aholinig istiqboldagi sonining quydagi formula bilan ham aniqlash mumkin
Ab+t=Ab*(1+ )^t
19.Aholi statistikasining ob’ekti va vazifalari nimalardan iborat?
Aholi statistikasining o`rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi 
odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug’ilishi va vafot etishi hisobiga o`zini-o`zi 
tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy xo`jaliklari 
bo`lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo`lib, 
odamlarning xar xil to`plamlari bo`lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki 
doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (mexnatga layoqatli aholi
ishsizlar, nafaqaho`rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), 
yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug’lar, yil davomida tug’ilganlar (yoki boshqa 
davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi 
tadqiqot maqsadiga bog’liq holda tanlanadi. 
Aholini statistik o`rganish natijalari asosida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy 
masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat: 
- aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash; 
- aholini mamlakatning ayrim hududlari bo`yicha joylanishini (zichligini) 
tahlil qilish; 
- aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, bandligi 
va h.k.) o`rganish; 
- aholini takror paydo bo`lishi (tug’ilish, vafot etish, tabiiy o`sish, 
nikohdan o`tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o`rganish; 
- aholi migratsiyasi (ko`chib kelishi, ko`chib ketishi) jarayonlarini 
o`rganish; 
- aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k. 


  1. Download 71.76 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling