Aholi statistikasi
Download 257.6 Kb.
|
AHOLI STATISTIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-jadval 1980 - 201 8 yillarda O’zb ekiston R esp ublikasida n ikoh va ajralishlar so n i
- I. Aholining umumiy tug’ilish
2-jadval
1980-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasida tug’ilish, o’lish va aholining tabiiy o’sishi
3-jadval 1980-2018 yillarda O’zbekiston Respublikasida nikoh va ajralishlar soni
Yuqorida ifodalangan barcha aholini 1000 kishiga nisbatan hisoblangan ko’rsatkichlar umumiy koeffistientlar sanaladi. Aholini yanada mukammalroq tavsiflash uchun xususiy (maxsus) koeffistientlar ham anniqlanadi. Bu xususiy koiffistientlarda umumiy koeffistientlardan farqli o’laroq aholining yoshi, jinsi, kasbi yoki guruhlarning boshqa ko’rsatkichlari bo’yicha ham hisoblanadi. Demak, tug’ilishni o’rganishda maxsus tug’ilish koeffistienti (ba’zan bu fertil ko’rsatkich ham deyiladi)dan keng foydalaniladi. Bu tug’ilishlar sonining 15 yoshdan 49 yoshgacha bo’lgan ayollarning o’rtacha soniga nisbati ko’rinishida hisoblanadi. Aholi statistikasida quyidagi maxsus koeffistientlar ham hisoblanadi: a) ayollarning alohida yoshlari bo’yicha guruhlari uchun tug’ilish koeffistienti; b ) Kmaxs.tug’(Tx1000)/S15-49 yosh ayollar Bu erda T – tug’ilgan bolalar soni; - 15-49 yoshgacha bo’lgan ayollarning o’rtacha yillik soni; v) vafot etish koeffistienti; g) tabiiy o’sish koeffistienti; d) nikox ko’rsh va ajralish koeffistienti; 59 e) xayotiylik koeffistienti. Aholi soni o’zgarmasdan doimiy bir xil bo’lib qolmaydi. Aholi soni tug’ilish, vafot etish hisobiga o’zgarib turadi. Tabiiy harakatni ifodalovchi ko’rsatkichlar bu tug’ilish, vafot etish va tabiiy o’sish koeffistientlaridir. I. Aholining umumiy tug’ilish koeffistienti. Bir yilda tug’ilganlar sonini 1000 ga ko’paytiriladi. Щosila aholining o’rtacha yillik soniga nisbatiga teng bo’ladi, ya’ni: Ktug’lish(T*1000)/ Bu erda T – tug’ilgan bolalar soni; - aholining o’rtacha yillik umumiy soni. 2. Vafot etish koeffistienti. Vafot etish koeffistienti yil davomida vafot etganlar sonini 1000 ga ko’paytirilgach, olingan natija aholini yillik o’rtacha soni nisbatiga teng: Kvafot(V*1000)/ . Bu erda V – vafot etganlar soni. 3. Tabiiy o’sish koeffistienti. Ktab.usKtug’-Kvafot 4. Nikox qurish koeffistienti: Knikox(N*1000)/ N – nikoh ko’rganlar soni. 5. tug’ilish va vafot etish orasidagi nisbat hayotiylik koeffistientini hisoblaydi. 6. Ajralish koeffistienti: Kajralish(A*1000)/ Bu erda A – ajrashganlar soni. Alohida aholi punktlari, hududlari aholining soni faqat tabiiy xarakat natijasida o’zgarmasdan, balki mexanik xarakat natijasida yoki alohida shaxslarning xududiy ko’chishi natijasida, ya’ni aholi migrastiyasi ham o’zgaradi. Aholining mamlakat ichkarisida u erdan bu erga ko’chishi ichki migrastiya, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko’chishi esa tashqi migrastiya deb ataladi. Ichki va tashqi migrastiya har xil sabablardan kelib chiqishi mumkin: masalan, ish qidirish sababli. Sobiq Ittifoq tarqab ketganidan so’ng uning tarkibidagi ittifoqdosh respublikalarda migrastiya jarayonlavri ancha kuchaydi. Щozirgi vaqtda statistikada aholi migrastiyasining quyidagi sabablari ajratib ko’rsatiladi: o’qishni davom ettirish, ish joyini o’zgartirish, ishga joylashishi imkoniyatlarining yo’qligi, shuningdek qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanish, tadbirkorlik yoki individual mehnat faoliyati, ekologik sharoitlardan qoniqmaslik, qishloq (shahar) joylarida yashashni istamaslik va boshqa sabablar. Щar bir aholi punkti va umuman mamlakat uchun aholi migrastiyasining asosiy ko’rchsatkichlari qu yidagilar hisoblanadi: kirib kelganlar soni, chiqib ketganlar soni va ularning koeffistientlari. Kirib kelish koeffistienti quyidagicha hisoblanadi: Kkirib kelishq(kirib kelganlar soni/ )*1000 Chiqib ketish koeffistienti quyidagicha hisoblanadi: Kchikib ketishq(chikib ketganlar soni/ )*1000 Kmex.usq(kirib kelganlar soni – chikib ketganlar soni)/ *1000 Kirib kelganlar va chiqib ketganlar soni mamlakat bo’yicha hisoblanadi, shuningdek, u jinsi, yoshi migrastiyasi sabablari bo’yicha taqsimlanadi. Migrastiya haqidagi ma’lumotlarning tahlili aholining davlatning qaeriga va qaeridan, qanday miqdorda ko’chishi yuz berayotganligini ko’rsatadi, bu esa o’z navbatdagi ko’plab xo’jalik va boshqa tadbirlarni rejalashtirishda muhim hisoblanadi. Aholini takror barpo qilish jarayonini tavsiflash uchun statistika darsliklarida rus zemstvo statistigi V.N.Pokrovskiy nomi bilan bog’liq bo’lgan "qayotiylik koeffistienti"ni qisoblash tavsiya etilgan. Hayotiylik koeffistienti tug’ilganlar sonini o’lganlar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi: KxqT/U Bu ko’rsatkich tug’ilish koeffistientini o’lish koeffistientiga bo’lish yo’li bilan qam aniqlanishi mum-kin. Agar bu nisbat natijasi 1 dan katta bo’lsa, mazkur regionda aholining kamayishi sodir bo’tgan. Demak qayotiylik koeffistientining o’sishi aholi sonining oshishiga olib keladi va aksincha. Download 257.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling