Aholining uy-joy sharoitlarini tavsiflashda xalqaro statistika birinchi o’rinda uy-joy egalarini ajratib ko’rsatadi. Bu maqsadda jami uy-joy fondi xususiy (undan o’z egasi foydalangan holda), ijaraga olingan va davlatga tegishli turlarga bo’linadi. Ayrim oilalar bir nechta uy-joyga ega bo’lganliklari sababli (ba’zan boshqa shahar va davlatlarda) statistikada birlamchi rezidentsiya (egasi o’z vaqtini ko’proq o’tkazuvchi joy) va ikkilamchi rezidentsiya ajratib ko’rsatiladi. - Aholining uy-joy sharoitlarini tavsiflashda xalqaro statistika birinchi o’rinda uy-joy egalarini ajratib ko’rsatadi. Bu maqsadda jami uy-joy fondi xususiy (undan o’z egasi foydalangan holda), ijaraga olingan va davlatga tegishli turlarga bo’linadi. Ayrim oilalar bir nechta uy-joyga ega bo’lganliklari sababli (ba’zan boshqa shahar va davlatlarda) statistikada birlamchi rezidentsiya (egasi o’z vaqtini ko’proq o’tkazuvchi joy) va ikkilamchi rezidentsiya ajratib ko’rsatiladi.
- Uy-joy sifatini o’rganishda uyning qavatlari, devorlarning materiali, shiftning balandligi, maishiy-kommunal qulayliklar (elektr toki, gaz, suv, vannaxona, telefon va hokazo) bilan ta’minlanganlik darajasiga asosan guruhlashdan
foydalaniladi. Xususiy uy-joy uchun unga tegishli bo’lgan yer maydoni ko’rsatiladi. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligini umumlashtirib, tavsiflash uchun belgilangan standart talablariga javob bermaydigan uy-joylarda yashovchilar soni va ularning aholi umumiy sonidagi salmog’i hamda har bir uy uchun to’g’ri keluvchi xonalar soni ko’rsatkichlari ham qo’llaniladi. Farb mamlakatlarining uy-joy bilan ta’minlash standartida bu holda har bir yashovchiga bitta xona va yana qo’shimcha ravishda umumiy xona to’g’ri kelishi ko’zda tutilgan. - foydalaniladi. Xususiy uy-joy uchun unga tegishli bo’lgan yer maydoni ko’rsatiladi. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligini umumlashtirib, tavsiflash uchun belgilangan standart talablariga javob bermaydigan uy-joylarda yashovchilar soni va ularning aholi umumiy sonidagi salmog’i hamda har bir uy uchun to’g’ri keluvchi xonalar soni ko’rsatkichlari ham qo’llaniladi. Farb mamlakatlarining uy-joy bilan ta’minlash standartida bu holda har bir yashovchiga bitta xona va yana qo’shimcha ravishda umumiy xona to’g’ri kelishi ko’zda tutilgan.
- Aholining uzoq muddat xizmat qiluvchi turli jihozlar bilan ta’minlanishiga kelganda esa, xalqaro statistikada bunday jihozlarning har 100 ta oilaga yoki har 1000 kishiga to’g’ri kelishi hisobga olinadi. Bu avtomobil, muzlatgich, sovutgich, televizor, telefon, kir yuvish mashinasi, changyutgich va hokazolarga tegishlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |