Aholi turmush darajasi statistikasi


Turmush qiymati va uning indeksini aniqlash


Download 148.97 Kb.
bet8/13
Sana24.12.2022
Hajmi148.97 Kb.
#1050481
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
22-Mavzu.Aholi turmush darajasi statistikasi

Turmush qiymati va uning indeksini aniqlash

Ishlab chiqarishning sotsial samarasi kishilar farovonligida, ya’ni turmush darajasi va qiymatida namoyon bo’ladi. Ma’lumki, turmush darajasi kishilar ehtiyojlarining qondirilish me’yori bilan belgilanadi. Uning muhim jihati noz – ne’matlar iste’moli va qiymati hisoblanadi. Turmush darajasi uchun iste’mol o’z-o’zidan emas, balki ehtiyojni qondira olish jihatidan muhim. Iste’molning miqdori va tarkibi oqilona bo’lib, kishilarning sog’lom bo’lishi, uzoq umr ko’rishi, ularning shaxs sifatida kamol topishini ta’minlagandagina maqsadga muvofiq hisoblanadi.


U yoki bu mahsulotning haddan tashqari ko’p iste’mol etilishi yuqori turmush darajasini bildirmaydi, chunki bu yerda miqdordan tashqari iste’molning sifati va qiymati omili ham bor. Bu omil iste’molning miqdori va tarkibi o’rtasida ma’lum me’yorda nisbat bo’lishini taqozo etadi. Masalan, oziq - ovqat iste’moli shunday miqdorda tarkibida bo’lishi zarurki, u kishi organizmini barcha kerakli ozuqalar, xususan, oqsil, yog’ va vitaminlar bilan ta’minlashi, insonning sog’lom, baquvvat, tetik bo’lishini, hayotda faollik ko’rsatishini ta’minlashi zarur. Ko’p miqdordagi, lekin balanslanmagan oziq - ovqat iste’moli foyda o’rniga zarar keltiradi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, go’sht va undan olingan mahsulotlarning optimal iste’moli jon bshiga yiliga o’rtacha 80 kg bo’lishi zarur. Bundan (1,5-2 baravar) ortiq iste’mol qilingan go’sht haddan tashqari zararli deb hisoblanadi.
O’zbekistonda aholi jon boshiga 190 - 200 kg non va un mahsulotlari iste’mol etiladi. Bu ham keragidan ortiqcha hisoblanadi. Boshqa mahsulotlar (masalan, go’sht, sut, tuxum, meva, sabzavot) kam iste’mol etilgandan ularning o’rni non bilan qoplanadi. Bu ham balanslanmagan ovqatlanish natijasidir.
Nooziq - ovqat mahsulotlari va ko’rsatilgan xizmatlarga ham xuddi shu nuqtai nazardan yondoshish mumkin. Ana shularni inobatga olgan holda turmush qiymati indeksini quyidagicha hisoblash mumkin:

yoki


Bu yerda: HI0 va HI1 – bazis va joriy davrlarda jon boshiga to’g’ri kelgan haqiqiy iste’mol qiymati; OI0 va OI1 – bazis va joriy davrlarda jon boshiga to’g’ri kelgan optimal iste’mol qiymati.


Bu indeksni quyidagicha hisoblash ham mumkin:




Bu yerda: q0 – bazis davrdagi iste’mol buyumlar majmuasi; q0 – bazis davrda optimal darajadagi iste’mol buyumlar majmuasi; R0 va R1 – iste’mol buyumlarining bazis va joriy davrlardagi bahosi. q0 ning o’ziga xos xususiyati shundaki, uning tarkibiga bazis davrdagi (q0) iste’mol buyumlari majmuasi bilan bir qatorda oldin sotib olish imkoniyati bo’lmagan, ammo yangi baho darajasida (R1) shu imkoniyatga ega bo’lgan iste’mol buyumlari ham kiradi.


Jtq<1 bo’lishi turmush qiymatining, shuningdek xalq farovonligining pasayganligidan dalolat beradi. Va aksincha.

Download 148.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling