Aholi turmush darajasi statistikasi


Aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish, ma’rifiy - ma’naviy va sotsial darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar


Download 148.97 Kb.
bet9/13
Sana24.12.2022
Hajmi148.97 Kb.
#1050481
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
22-Mavzu.Aholi turmush darajasi statistikasi

16.3 Aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish, ma’rifiy - ma’naviy va sotsial darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar


Aholining moddiy ehtiyojini qondirish darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar

Inson tirik ekan uning ehtiyoji ham bo’ladi. Ehtiyojlar xilma – xildir. Shu nuqtai nazardan ular quyidagi turlarga bo’linadi:

  • moddiy ehtiyojlar;

  • ma’rifiy va ma’naviy ehtiyojlar;

  • sotsial ehtiyojlar;



Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Ular eng zarur va hayotiy ehtiyojlar bo’lib:



  • oziq - ovqat;

  • kiyim - kechak;

  • turar - joy;

  • transport;

  • aloqa;

  • gigiena;

  • elektr quvvati;

  • gaz;

  • barcha maishiy xizmatlar kabi ehtiyojlardan iborat bo’ladi.

Aholi jon boshiga necha kilogramm go’sht, non, un, guruch, shakar, meva, sabzavot, poliz mahsulotlari, sariyog’, o’simlik moyi, necha litr sut, spirtli yoki spirtsiz ichimlik iste’mol etilishi, har kishiga necha juft poyavzal, necha metr gazlama, bitta oilaga o’rtacha avtomashina, televizor, magnitafon, muzlatgich, gilam, videoapparatura kabilarning to’g’ri kelishini ifodalovchi ko’rsatkichlar aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalovchi miqdoriy ko’rsatkichlardir.
Jon boshiga hisoblangan mahsulot turi quyidagicha aniqlanadi:




Bu yerda: ∑qi – bir yil davomida iste’mol qilingan i mahsulot, jami; A – aholining yoki ayrim olingan ijtimoiy guruhlarning o’rtacha soni.


Iste’molga shunday qonuniyat xoski, dastlab unda miqdoriy, so’ngra esa sifat o’zgarishlari yuz beradi. Avval, umuman, tovarlar va xizmatlar iste’moli o’sgani holda, so’ngra ularni sifatlisini tanlab iste’mol etishga kirishiladi. Bu bozorning to’yinishiga bog’liq. Ishlab chiqarish qancha rivojlangan bo’lsa, sifatli iste’mol shunchalik o’sadi.



Download 148.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling