Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning mohiyati
Download 20.5 Kb.
|
Aholini ijtimoiy
Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning mohiyati Iqtisodiyot fanida “ijtimoiy himoya” kategoriyasi bozor islohotlarining boshlanishi va ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimiga o‘tish bilan qo‘llanila boshlandi. Birinchi marta bu atama 1935- yilda AQSHda kuchga kiritilgan “Qarilik, o‘lim, nogironlik bo‘yicha majburiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun matnida qo‘llanilgan. U iqtisodchilarga ma’qul tushdi, nazariyotchilar va amaliyotchilar tomonidan keng qo‘llanila boshlandi. Dastavval uning mohiyati aholining nochor qatlamini qo‘llab-quvvatlash tarzida talqin etilgan. O‘tgan davr ichida mazkur kategoriyaning doirasi birmuncha kengaydi. Bu ijtimoiy-iqtisodiy amaliyot (rivojlangan mamlakatlarda kambag‘allikni bartaraf etish, aholi turmush darajasini oshirish, inson kapitaliga investitsiya kiritish zaruratini anglash) bilan, shuningdek, ijtimoiy himoya, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy yordam va boshqa nazariy muammolar ishlab chiqilishi bilan izohlanadi. “Ijtimoiy himoya” tushunchasiga bo‘lgan talab 1993- yilda ilmiy adabiyotlarda sezila boshlagan. “Ijtimoiy himoya” atamasining qo‘llanilishi mamlakatning “qayta qurish” nomi bilan mashhur bo‘lgan tarixiy davr bilan bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish (1991-1992- yillar) dasturlari qabul qilinganidan so‘ng ushbu tushuncha davlat ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishi va ustunligi sifatida tavsiflangan. Endi avval “ijtimoiy” so‘zining ma’nosini aniqlashtirib olsak. “Ijtimoiy” so‘zi arabcha “jam’” so‘zidan olingan bo‘lib, “ko‘pchilik”, “to‘planish” degan ma’nolarni anglatadi. Shunday ekan, “ijtimoiy muhofaza” tushunchasi “ko‘pchilikni muhofaza qilish” ma’nosini bildiradi. “Aholini ijtimoiy muhofaza qilishi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini aniqlashda Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va Xalqaro Mehnat Byurosi (XMB) mutaxassislarining alohida nuqtayi nazari mavjudligini ta’kidlash joiz. O‘z tajribasida ular ijtimoiy himoya masalasini hal qilishda ikki asosiy yo‘ldan boradilar. “Keng ma’nodagi, ya’ni inson hayoti va faoliyatining deyarli barcha sohalarini qamrab oluvchi (ijtimoiy himoya predmeti) hamda tor ma’nodagi, ya’ni ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy yordamni (ijtimoiy himoya mexanizmi sifatidagi) nazarda tutuvchi XMT tomonidan asoslab berilgan xususiyatlarni inobatga oladigan bo‘lsak, ijtimoiy himoya tarkibini aniqlashda bu anchagina keng ko‘lam kasb etadi”. XMT mutaxassislari tor doiradagi ijtimoiy himoya qatoriga ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy yordam choralarini kiritadilar. Ayni damda ijtimoiy himoyaning bu ikki turi o‘rtasida aniq farq kuzatilmaydi. Iqtisodiy adabiyotlar tahlili “ijtimoiy himoya” kategoriyasini “xavf-xatar omillari” kabi ta’riflar bilan to‘ldirishga moyillik mavjudligini ko‘rsatadi. Shu nuqtayi nazardan yondashganda, “xodimlarning ijtimoiy himoyasi – bu mehnat hissasi, iqtisodiy mustaqillik va tadbirkorlik evaziga shaxsiy va ijtimoiy farovonlikni ta’minlovchi, ijtimoiy xavf-xatar omillarini yumshatuvchi ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy kafolatlar tizimidir” Ta’kidlash joizki, ijtimoiy himoya ijtimoiy xavf-xatarni keltirib chiqaradigan sabablarni aniqlash, ularga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini baholash, iqtisodiy rivojlanishning mazkur bosqichida o‘rinli bo‘lgan xavf-xatar darajasidagi ijtimoiy kafolatlar tizimini shakllantirish va tatbiq etishga xizmat qiladi. Aholini ijtimoiy himoya qilish – davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ixtisoslashtirilgan muassasalar, ish beruvchilar va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan, aholining ijtimoiy zaifligining oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy chora-tadbirlar va kafolatlar tizimidir. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishni tizim ko‘rinishida tasavvur etish o‘rganilayotgan ob’yektning ko‘p qismli, bir-biri bilan o‘zaro aloqadorlikda ekanligini ko‘rish imkonini beradi Download 20.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling