Aholining barcha toifalarinifavqulodda vaziyatlar sharoitida harakatlanishga o`qitish bo`yicha maqsadli dastur


Download 26.57 Kb.
Sana06.03.2020
Hajmi26.57 Kb.

AHOLINING BARCHA TOIFALARINIFAVQULODDA VAZIYATLAR SHAROITIDA HARAKATLANISHGA O`QITISH BO`YICHA MAQSADLI DASTUR

30.05.2007 18:31

http://old.marifat.uz/uzbl/yangiliklar/aholining_barcha_toifalarinifavqulodda_vaziyatlar_sharoitida_harakatlanishga_oqitish_boyicha_maqsadli_dastur.mgr



...Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun respublikada tabiiy va texnogen tahdidlardan himoyalanishda har bir kishining huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi  qonunchilik bazasi amal qiladi...

AHOLINING BARCHA TOIFALARINIFAVQULODDA VAZIYATLAR SHAROITIDA HARAKATLANISHGA O`QITISH BO`YICHA MAQSADLI DASTUR



KIRISh

Zamonaviy hayot tarzi, ishlab chiqarish va yuqori darajada mexanizatsiyalashgan turmush sharoitida tabiiy ofatlar oqibatida ko‘p hollarda jarohatlar, qurbonlar, sezilarli darajadagi moddiy yo‘qotishlar va atrof-muhitning talofat ko‘rishiga sabab bo‘luvchi turli xususiyatdagi fav­qulodda vaziyatlar yuzaga keladi.

O‘zbekiston Respublikasida aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi bo‘lib, huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatining istiqbolli rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi.  

Vaqt va moddiy-texnik vositalar cheklangan sharoitda aholining barcha qatlamlarini (maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, o‘rta umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari va ularning jamoalari, ish bilan band va ishlamaydigan aholi) o‘zini va atrofni himoya qilishga, faoliyat xavfsizligini ta’minlashga o‘rgatish tizimini tashkil etish birinchi o‘ringa chiqadi.

Shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun respublikada tabiiy va texnogen tahdidlardan himoyalanishda har bir kishining huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi  qonunchilik bazasi amal qiladi.

Aholining barcha toifalarini o‘qitish bo‘yicha maqsadli dastur (keyingi o‘rinlarda — dastur) o‘z-o‘zini himoya qilish va jamiyatning har bir a’zosi, aholining barcha qatlamlari fao­liyati xavfsizligini ta’minlash sohasida zarur bilim va ko‘nikmalarni berishni nazarda tutadi. 

Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 yanvardagi ko‘rsatmasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-fevraldagi 38-F sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari mutaxassislari tomonidan tayyorlangan.



DASTURNING DOLZARBLIGI, MAQSADI VA VAZIFALARI

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, tabiiy va texnogen fav­qulodda vaziyatlarning  oldini olish va ular sodir bo‘lganda oqibatlarini tezkor bartaraf etish, murakkab sharoitlarda muvofiq qaror qabul qila olish va harakatlanishning uddasidan chiqish aholi va hududni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning birmuncha samarali chora-tadbirlari bo‘lib hisoblanadi.

Shu munosabat bilan aholining barcha guruhlarini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sharoitida o‘z xavfsizligini ta’minlashga o‘rgatish va tayyorlash muammosining dolzarbligi shubhasizdir.

DASTURNING ASOSIY MAQSADLARI QUYIDAGILAR:

— ehtimoli mavjud tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarga nisbatan aholining barcha qatlamlari xavfsizligini oshirish;

— jamiyatdagi har bir kishi hayot faoliyatining xavfsiz sharoitini ta’minlash;

— aholini favqulodda vaziyatlar sharoitida to‘g‘ri qaror qabul qilish va harakatlanishga o‘rgatish hamda ko‘nikmalarini singdirish. 



DASTURNING ASOSIY VAZIFALARI QUYIDAGILAR:

— aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga tayyorlash tizimini takomillashtirish;

— mavjud vaziyatni baholay olish va yuzaga kelgan xavf-xatar chog‘ida to‘g‘ri harakatlana olish ko‘nikmasini shakllantirish uchun sharoit yaratish;

— o‘z-o‘zini himoya qilish hamda zarar ko‘rganlarga yordam bera olish va hokazo.

Bunda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashning asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:

— qonuniylik;

— shaxs, jamiyat va davlatning hayotiy muhim manfaatlari mutanosibligiga rioya etish;

— o‘zaro javobgarlik va o‘zaro yordam.



I. TABIIY VA TEXNOGEN XUSUSIYaTLI FAVQULODDA VAZIYATLAR

O‘zbekiston Respublikasi hududida yuqori darajali tabiiy va texnogen xususiyatli fav­qulodda vaziyatlar ehtimoli saqlanib qolmoqda. Bu, o‘z navbatida ularni bashorat qilish, monitoringini olib borish, ogohlantirish va bartaraf etish uchun katta kuch va moddiy xarajatlarni talab qiladi.  

1. YUZAGA KELISHI MUMKIN BO‘LGAN TABIIY XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLAR

O‘zbekiston Respublikasi hududining geologik-geografik o‘ziga xosligi tabiiy xususiyatdagi turli favqulodda vaziyatlarning ro‘y berish ehtimolini yuzaga keltiradi. Xavfli tabiiy jarayonlar (zilzila, Er cho‘kishi, sellar, o‘pirilish, geologik Emirilish (karst), Er osti suvlarining ko‘tarilishi, suv sizib chiqishi (suffoziya va hokazo) respublika hududida faol rivojlanayapti. Ularning aholi punktlari, sanoat-fuqaro ob’ektlari, dam olish hududlari, avtoyo‘llar va kanallarning alohida qismlari yaqinida tobora ko‘proq yuzaga kelishi katta moddiy zarar Etkazmoqda.

Respublikaning 15 milliondan ortiq kishi istiqomat qiluvchi kattagina qismi seysmik faol hududda joylashgan. Ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatdiki, Respublikaning tog‘li va tog‘oldi tumanlarida 150 ming ga. maydonni egallovchi 34 ta Er cho‘kishi xavfi mavjud bo‘lgan hududlar bor. Bu Erlarda 250 dan ortiq aholi punktlari joylashgan. Sel xavfi bo‘lgan kattagina hudud tarkibiga yirik va kichik daryolarga tutash joylar kiradi; qor ko‘chkilari xavfi bor katta maydonlar Chotqol-Qurama hududida va Hisor tog‘ tizmasi janubi-g‘arbiy qismida qayd etilgan.

1.1. ZILZILA

Zilzilalar o‘zining vayronkor oqibatlari va qurbonlar soni bo‘yicha tabiiy ofatlar orasida dastlabki o‘rinlardan birini egallaydi. Ularning oqibatlari bir necha yil davomida sezilib turishi va davlat byudjetining katta qismiga zarar Etkazishi mumkin. O‘zbekistonning 80 foiz hududi 7-9 ball kuchlanishdagi zilzilalar ehtimoli mavjud seysmik xavfli Er hisoblanadi.

Kuchli zilzila oqibatida turar joy va sanoat majmualarida bino va inshootlarning bevosita vayron bo‘lishi bilan birga, favqulodda vaziyatlar xavfini sezilarli darajada oshiradigan boshqa omillarni ham yuzaga keltiradi. Tabiiy xavflar (er o‘pirilishi, tog‘ ko‘llarining o‘zanidan chiqib ketishi oqibatidagi sel oqimlari, suv omborlar to‘g‘onlari buzilishi bilan bog‘liq katta hududlarning suv ostida qolishi, Er qatlamining cho‘kishi va hokazo) va texnogen (yong‘inlar, asosiy transport yo‘llari buzilishi, kommunal-energiya tarmoqlarining ishdan chiqishi, kimyoviy xavfli ob’ektlardagi avariya va hokazo) xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar shular jumlasidandir.

Olib borilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, respublikada 92 ta o‘quv muassasasi ob’ektlari (maktablar, kollejlar va boshqalar), 11 ta bolalar bog‘chalari binosi va 39 ta shifoxona va ambulatoriya avariya holatida hamda belgilangan seysmik mustahkamlik talablariga javob bermaydi.

1.2. SUV SATHINING KO‘TARILIShI VA TOSHQINLAR

Suv sathining ko‘tarilishi va toshqinlarning shakllanishi keng daryo tarmog‘i, yirik kanallar va ishlab turgan suv omborlariga bog‘liq. Gidrotexnik inshootlardagi avariya, shuningdek, daryo va kanallarning yuqori toshqin davrida ishlash qobiliyatining Etarli emasligi daryooldi hududlaridagi aholi punktlariga xavf tug‘diradi. Bunday sharoitda shoshilinch, birinchi galda maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, shuningdek, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalarining evakuatsiyasi talab etiladi.

1.3. XAVFLI GIDROMETEOROLOGIK HODISALAR VA 


XAVFLI GEOLOGIK JARAYONLAR

Jala yoki baland tog‘ ko‘llari (shu jumladan, transchegara hududlarida ham) toshqini oqibatida yuzaga keluvchi sel oqimlari, shuningdek, o‘pirilish hodisalari jiddiy xavfni keltirib chiqaradi.

O‘nlab maktablar va tibbiy muassasa binolariga, asosan tog‘oldi va tog‘li hududlarga mazkur xavfli hodisalar tahdid solib turadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometereologiya xizmati markazi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi xizmatlari ko‘rsatmasiga binoan har yili maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, kasalxonalar va tibbiy yordam punktlari vaqtincha yopiladi va xavfsiz Erga evakuatsiya qilinadi.

1.4. TIBBIY-BIOLOGIK TAH­DIDLAR



Epidemiyalar. Ko‘zga ko‘rinmas mikroorganizmlar insondagi ayrim kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Bemorlardagi yuqumli kasalliklar havo, suv, oziq-ovqat mahsulotlari va ayniqsa, o‘zaro aloqalar orqali sog‘lom odamlarga o‘tadi.

Ma’lum bir hududda ko‘p miqdordagi yuqumli kasallikning paydo bo‘lishi aholi o‘rtasida kasallikning keskin va qisqa vaqt ichida ko‘payishiga epidemiya deyi­ladi. Epidemiya, ayniqsa, bolalarda og‘ir kechadi. Ommaviy kasalliklar darajasini kamaytirish uchun shaxsiy gigiena qoidalari va imkon darajasida profilaktik chora-tadbirlarga amal qilish zarur. Kattalar shaxsiy namuna ko‘rsatib, bolalar va yoshlarga tibbiy bilimlar va sog‘­lom turmush tarzi asoslarini singdirishi kerak.

Epizootiyalar. Yuqumli kasallikning bir vaqtda bir yoki bir necha turdagi hayvonlar o‘rtasida tarqalishi epizootiya deb ataladi.

Xonakilashtirilgan va yovvoyi hayvonlar, qushlar va baliqlardan quturish, oqsil, sil, brutsellyoz, parranda grippi va ko‘plab boshqa kasalliklar odamlarga yuqishi mumkin.

Shu sababli it yoki mushukni boqishga olish holatida ularni veterinar ro‘yxatidan o‘tkazish, o‘z vaqtida emlatish va ularni kuzatib borish, jonivorning o‘zini tutishida keskin o‘zgarishlar (tushkunlik, ishtahaning yo‘qligi, so‘lakning ko‘p ajralishi va boshqalar) aniqlanganda zudlik bilan veterinar shifokorga murojaat etish lozim. Qarovsiz itlar, mushuklar yoki boshqa jonivorlarni o‘ynatish tavsiya etilmaydi. Negaki, ulardan quturish va boshqa yuqumli kasallikni yuqtirib olish mumkin. Shuningdek, hayvonlarni parvarishlashda shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish kerak.

Epifitotiyalar. Ma’lum vaqt ichida katta hududda o‘simliklar va qishloq xo‘jaligi ekinlari yuqumli kasalliklarining keng tarqalishi epifitotiya deyiladi. O‘simliklar va qishloq xo‘jaligi ekinlari epifitotiyasi davlat va tabiatga katta iqtisodiy zarar keltiradi. Chunki bug‘doy, paxta, guruch kabi qishloq xo‘jaligi ekinlarining nobud bo‘lishi bilan tabiiy ravishda non va non mahsulotlari, paxta yog‘i, guruch va boshqa mahsulotlar miqdori kamayadi, yaproqli daraxtlarning nobud bo‘lishi bilan esa, atmosferadagi kislorod miqdori kamayib ketadi, zero, daraxtlar “sayyoramizning o‘pkasi” hisoblanadi. O‘simliklarning zaharli xususiyatlarini bilmaslik ommaviy zaharlanishga olib keladi va aksariyat hollarda bolalar va o‘smirlar ziyon ko‘radi.

2. TEXNOGEN XUSUSIYATDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR

Kimyoviy va energetik qurilmalarning katta hajmdagi re­surs­larini ishlab chiqarish, neft-gaz mahsulotlari, transport tizimi, gidrotexnik inshootlarning eskirishi va hokazolar bilan bog‘liq vaziyatlar tushuniladi. Bu esa hozirgi kunning eng muhim dolzarb vazifasi hisoblanadi.

2.1. KIMYOVIY ZAHARLANISH XAVFI

Respublikada bir qator iqtisodiy ob’ektlar xavfli kimyoviy moddalar zahirasiga ega va ularning avariya hollarida havoga tarqalishi atrof-muhitni zaharlaydi. Buning insonga ta’siri kuchli bo‘lib, surunkali kasalliklarga va hatto o‘limga olib kelishi mumkin.

Ishlab chiqarish va transport avariyalari, tabiiy ofatlar oqibatida xavfli kimyoviy moddalar atrof-muhitga tarqalishi mumkin.

Kimyoviy xavfli hisoblangan ob’ektlarda favqulodda vaziyat yuzaga kelganda avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazish tashkil etiladi.

Kimyoviy zaharlanish hududida bo‘lgan aholining turli guruhlari aloqa va xabar berish tizimi signallarini bilishi, individual himoya vositalaridan foydalana olishi, evakuatsiya tadbiri tartiblaridan xabardor bo‘lishi kerak.

2.2. YONG‘INLAR

Yong‘inlarning asosiy zarar Etkazuvchi omillari jumlasiga olovning bevosita ta’siri (yonish), yuqori harorat va issiq tarqalishi, gaz muhiti; bino ichki qismining va hududlarning zaharli yonuvchi mahsulotlar orqali tutun bilan qoplanishi va gazga to‘lishini kiritish mumkin. Yonish zonasidagi odamlar, odatda, ko‘proq ochiq olov va uchqunlar, atrof-muhitning yuqori harorati, zaharli yonuvchi mahsulotlar, tutun, kislorodning past kontsentratsiyasi, qurilish inshootlari, agregatlar va qurilmalarning qulashi mumkin bo‘lgan qismlaridan aziyat chekadilar.



Yong‘inning kelib chiqish sabablari. Turar joy va jamoatchilik binolarida asosan elektr tarmog‘i va elektr asboblari nosozligi, gaz chiqishi, yuqori kuchlanish ostida qarovsiz qoldirilgan elektr asboblarining yonib ketishi, bolalarning olov bilan ehtiyotsiz munosabati va sho‘xligi, ochiq holda to‘siq va daxliz lyuklarida qoldirilgan nosoz va qo‘lbola isitish qurilmalaridan foydalanish, tutun bilan qoplanmaydigan zinapoyalarning havo zonasi teshiklarini yopib qo‘yish oqibatida yong‘in kelib chiqadi.

Shu sababli yong‘in avtomatikasi vositalari sozligini doimiy nazoratda tutish, yong‘in xabarini beruvchi moslamalar, tutun chiqarish tizimi, yong‘in o‘chirish vositalarini soz holda saqlash zarur. Jamoat korxonalarida yong‘in kelib chiqishiga asosan quyidagilar sabab bo‘ladi: bino va inshoot loyihalashtirilishi va qurilishida yo‘l qo‘yilgan nosozlik, ishlab chiqarish xodimlari tomonidan oddiy xavfsizilik me’yorlariga rioya etilmasligi va olov bilan ehtiyotsiz munosabatda bo‘lish; sanoat korxonasidagi ish jarayonida texnologik xususiyatga ega yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi (masalan, payvandlash ishlarini olib borishda), shuningdek, elektr jihozlari va elektr qurilmalaridan foydalanish chog‘ida; ishlab chiqarish jarayonida nosoz uskunalarning ishlatilishi.  

2005 yil davomida respublikada sodir bo‘lgan 15 mingdan ortiq yong‘in oqibatida 931 kishi jarohatlangan va 175 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ular orasida bolalar ham bo‘lgan.

Ko‘p hollarda yong‘in kelib chiqishiga bolalar sho‘xligi sabab bo‘ladi. Shu sababli kichik yoshdagi bolalarni qarovsiz qoldirmaslik, ularga gugurt bilan o‘ynashni man etish, elektr isitish uskunalari va gazni yoqishga ruxsat bermaslik lozim.

Bolalar va o‘smirlar yong‘in paytida to‘g‘ri harakat qilish yuzasidan asosiy qoidalarni bilishi kerak.

2.3. TRANSPORT HODISASI

Eng dolzarb muammolardan biri sifatida umume’tirof etilgan transportda harakatlanish xavfsizligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri inson omiliga bog‘liq va transport hodisasi sabablari orasida bu omil 90 foiz yoki undan ham ko‘proq ko‘rsatkichni tashkil etadi.

Shunday qilib, avtomobil transporti hodisasi ko‘plab mamlakatlarda kuchli ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biridir.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yo‘llarda dunyo bo‘yicha har 30 soniyada odamlar halok bo‘ladi. Ana shu tarzda, har yili 1,2 million kishi yo‘l-transport hodisasi qurboniga aylanadi va yana 20-50 million kishi halokatlar chog‘ida og‘ir jarohat oladi.

Yo‘l-transport hodisasi tufayli jarohatlanganlarning aksariyat qismini yo‘lovchilar, ya’ni transport vositasi ichida bo‘lgan shaxslar va bolalar tashkil etadi.

Bolalarni ommaviy tarzda olib yurish (ekskursiya, dam olish zonalariga borish va hokazo) alohida nazoratni talab etadi.

Aniqlanishicha, barcha baxtsiz hodisalarning yarmidan ko‘prog‘i inson omili tufayli sodir bo‘ladi. Haydovchi va piyodalarning yo‘l harakati qoidalarini ongli ravishda pisand qilmasliklarida namoyon bo‘luvchi intizomsizliklari  avtomobil transporti hodisasining asosiy sababi bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p hollarda bundan bolalar aziyat chekadi. Yo‘l harakati qoidalarining ommaviy tarzda buzilishi bugungi kunda yo‘l harakati ishtirokchilarida yo‘l-transport madaniyatining pastligi, ularga davlat va ijtimoiy ta’sirning samarasi kamligidan dalolat beradi.   

Chunonchi, 2005 yil mobaynida 2247 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan va oqibatda 2023 kishi jarohatlangan, 320 nafar bola hayotdan ko‘z yumgan.

Avtobuslar qatnovi tarmog‘ining rivojlanganligini inobatga olgan holda, bolalar va o‘smirlar ongiga avtobus (tramvay, trolleybus), shuningdek, metropolitendan foydalanish qoidalarini hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etishni singdirish zarur.

2.4. KOMMUNAL-MAISHIY TAH­DIDLAR

Respublikada aholining aksariyat qismi ro‘zg‘or-uy shart-sharoitlarida elektr jihozlari, gaz ta’minoti, suv quvurlari moslamalari va kanalizatsiyadan foydalanadilar.

Mazkur maishiy qulay moslamalardan foydalanishda ehtiyotsizlik, birlamchi qoidalarning qo‘pol ravishda buzilishi og‘ir jarohatlarga olib kelishi mumkin. Ota-onalar, pedagoglar va barcha katta yoshdagi aholi bolalar va o‘smirlarga uskunalardan foydalanish qoidalari va jabr­langanlarga birinchi yordam ko‘rsatishni singdirishi kerak.

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning aytib o‘tilgan va boshqa sabablarining oldini olish maqsadida aholining turli guruhlari uchun hayot xavfsizligi asoslari sohasida tadbirlarni amalga oshirish ishlari boshlangan va davom ettiriladi.



II. AHOLINI XAVF-XATAR VA FAVQULODDA VAZIYATLAR ShAROITIDA HARAKATLANISHGA O‘QITISH TIZIMI

MAZKUR MAQSADLI DASTUR QUYIDAGILARNI NAZARDA TUTADI:

1. Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish.

2. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida va oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish.

3. Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari va tibbiyot kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini o‘qitish.

4. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini o‘qitish.

5. Ish bilan band bo‘lmagan aholini o‘qitish.

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va ko‘rgazmali materiallar ishlab chiqish va nashr etish ko‘zda tutilgan.

1. MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI UChUN

Amaldagi o‘quv dasturlari, fanlari va mashg‘ulotlariga uy­g‘unlashtirilgan “Hayot xavfsizligi asoslari” (HXA) o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va nashr etish rejalashtirilmoqda.

2006 yil sentyabr holatiga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufida 17 mingga yaqin (16796) o‘quv muassasalari, jumladan, 9773 ta umumta’lim maktablari, 6420 ta maktabgacha ta’lim muassasalari, 570 ta maktabdan tashqari muassasalar, 5 ta pedagogik institut va 28 ta Mehribonlik uylari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va 13 ta xalq ta’limi boshqarmalari, 200 ta tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlari, 15 ta ta’lim markazi, 15 ta PXQTMO institutlari, 50 dan ortiq respublika miqyosidagi tashkilotlar (RTM, pedagogika fanlari ITI, O‘KHYPP Tashxis markazi, “O‘quv ta’lim-ta’minot” kabi) faoliyat ko‘rsatadi.

1.1. MAKTABGAChA TA’LIM MUASSASALARI UChUN “HXA” BO‘YIChA O‘QUV DASTURI ASOSIY QOIDALARI:

Maqsadlar: muvofiq aqliy rivojlanish, bolaning u yashayotgan va rivojlanayotgan jamiyat, shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimiga moslashishi.

Bu o‘quv dasturi bog‘cha tarbiyalanuvchilari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va ota-onalar uchun mo‘ljallangan.

Respublikamizda 70 foiz bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmaganini hisobga olib quyidagilarni taklif etamiz:

1. dasturga bolalarning uydagi xavfsizligini kiritish;

2. begona kishilarning tahdidi, yolg‘onidan o‘zini himoya qila olishiga e’tibor berish;

3. turli sharoitlarda bolalarning o‘z-o‘zlarini himoya qila olishiga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar;

4. bolalarning o‘z-o‘ziga yordam berishi;

5. maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar bilan ish olib borish yuzasidan mahalla markazlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikdagi ishlarini yoritib berish.

Vazifalar: bolalarga uyda, ko‘chada, bog‘chada, maktabda qanday qilib o‘z hayotini muhofaza qilishni o‘rgatish; ota-onalar va pedagoglar kitobda aks ettirilgan bolalar xatti-harakatini tahlil etib, ularni hayot va sog‘liq uchun xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra olish va to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatishi zarur.

Bolaning moslashishi ko‘p jihatdan unga o‘rganish va rivojlanish, shuningdek, zarur hajmdagi ma’lumotlarni, muvaffaqiyatga eltuvchi bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘maklashuvchi ota-ona va pedagoglarga bog‘liq. 

Taqdim etilgan materiallar kattalarga bolaning yoshini hisobga olgan holda, uning real hayot haqidagi bilimlari hajmini kengaytirish, unda insoniyat tomonidan o‘zlashtirilgan tajribalar haqida tasavvur hosil qilish  imkonini beradi. 

Mashg‘ulotlar mavzusi rang-barang: an’analar va bayramlar, tabiat va mehnat, hayot uchun xavfsiz sharoit yaratish, qarindosh va yaqin kishilarga yordam berish.

Moslashtirilgan mashg‘ulotlarda bolalar turli-tuman ma’lumotlarga ega bo‘ladi, so‘z boyligini kengaytiradi, mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi, sabab-oqibat aloqasini aniqlashni o‘rganadi. Ko‘plab moslashtirilgan  aloqalar, metodikaning rang-barangligi har bir katta yoshli odamga (pedagog yoki ota-onaga) mashg‘ulot o‘tish uchun o‘ziga mos variantni topish imkonini beradi.

O‘quv dasturiga ilova tarzida kattalarning bolalar bilan o‘tkazadigan, ularga turli hayotiy vaziyatlarga moslashishda yordam beradigan amaliy mashg‘ulotlar uchun ish daftari ham beriladi.

Mavzular, asosan, “Atrofimizdagi olam” mashg‘ulotlarida uyg‘unlashtiriladi.



UYG‘UNLASHTIRILGAN MASHG‘ULOTLAR MAVZUSI:

Tabiat hodisalari. Ekologiya. Inson hayoti va barcha tirik mavjudotlarni muhofaza qilish.

Zilzila. Suv toshqini. Yong‘in. O‘simliklar. Hayvonlar. Qurg‘oqchilik. Hayot. Inson.

Inson va uning mehnati.

Tasviriy san’at, adabiy asar, qo‘l mehnati.

Rasm. Hikoyalar, she’rlar. Bolalar yasagan narsalar, suratlar, plakatlar, yorliqlar, obraz va tasavvur vositasida jamoaviy tayyorlangan kollajlar.

Har bir mashg‘ulotga hikoyalar, she’rlar, suratlardan namunalar, qo‘l mehnati bo‘yicha chizmalar ilova qilinadi. Mazkur barcha ilovalar kattalarga og‘zaki va vizual materialni muvofiqlashtirishga ko‘maklashadi.

1.2. MAVZULARI AMALDAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARINING O‘QUV DASTURLARI VA FANLARIGA UYG‘UNLAShTIRILGAN “HAYoT XAVFSIZLIGI ASOSLARI” O‘QUV DASTURINING ASOSIY QOIDALARI

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-9-sinflari uchun “Hayot xavfsizligi asoslari” (“HXA”) o‘quv dasturi tavsiya etilgan.

MAZKUR DASTURNING TARKIBI QUYIDAGI QISMLARDAN IBORAT:

I bo‘lim . Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlarda insonlar muhofazasi.

II bo‘lim . Tibbiy bilim asoslari va birinchi yordam.

III bo‘lim. Sog‘lom turmush tarzi.

HAYoT XAVFSIZLIGI ASOSLARI” DASTURI DOIRASIDA O‘QUVChILAR QUYIDAGI KO‘NIKMALARNI HOSIL QILADILAR:

— ko‘cha va yo‘llarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;

— yong‘indan muhofazalanish va yong‘in sodir bo‘lganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;

— turar joydagi favqulodda vaziyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, xavfsizlik qoidalari;

— jinoyatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda o‘zini tutish qoidalari;

— ekologik muvozanatning buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda, hududlarda o‘zini tutish qoidalari;

— yuqumli infektsion kasalliklar, ularning oldini olish;

— shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va bosh­qalar.

HAYOT XAVFSIZLIGI ASOSLARI” DASTURINING MAQSADI VA VAZIFASI:

Dasturning maqsadi: o‘quvchilarda o‘zlari va atrofdagilarning xavfsizligiga nisbatan ong­li ravishda va mas’uliyat bilan yondashish hissini shakllantirish;

o‘z hayotlari va salomatliklarini saqlab qolish, shikastlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmasini hosil qilish.

“Hayot xavfsizligi asoslari” dasturining vazifalari —umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilariga hayot xavfsizligi bo‘yicha nazariy bilimlar berish hamda shu asosda olingan ko‘nikma va malakalarga tayanib, ekstrimal vaziyatlarda tez va aniq harakat qilishga o‘rgatish.

DASTURNI TO‘LIQ O‘ZLASHTIRGAN O‘QUVCHILAR:

— ko‘cha va yo‘llarda xavfsiz harakat qilish qoidalari;

— jamoat transportida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish qoidalari;

— turar joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari va xavfsizlik qoidalari;

— yong‘indan muhofazalanish qoidalari;

— jinoyatchilik bilan bog‘liq bo‘lgan turdagi hodisalarda o‘zini tuta bilish;

— yashash joylaridagi ekologik muvozanat buzilganda xavfsizlikni ta’minlash;

— suv bilan bog‘liq xavfsizlik choralari;

— tabiatda yolg‘iz qolishga to‘g‘ri kelganda o‘zini qanday tutish;

— o‘zlari yashab turgan joyda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar yuz bergan hollarda xabar berish vositalari, to‘g‘ri harakat qilish qoidalarini hamda surunkali infektsion kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish yo‘llarini bilish, o‘t o‘chirish vositalari, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kabi bilimlarga ega bo‘lishlari lozim.



“Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv dasturi mavzulari 1-9-sinflarning o‘quv dasturlari va fanlariga (odobnoma, o‘qish, yo‘l harakati qoidalari, jismoniy madaniyat, atrofimizdagi olam, salomatlik darslari, tabiatshunoslik, geografiya, biologiya, kimyo, fizika, milliy istiqlol g‘oyasi) uyg‘unlashtirib o‘qitilishi lozim.



Download 26.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling